Laboratoriya ishi №14 Yelimlash mustahkamligini aniqlash. Ishdan maqsad: Yelim tayyorlashni o’rganish va uning mustahkamligi xossalarini kuzatish. «Polimer yelimini tayyorlash va turli XIL materiallarni»
Download 15.7 Kb.
|
1 2
Bog'liq14-15 Laboratoriya ishlari
Nazorat savollari
1. Polimersement yelimini tayyorlash texnologiyasini gapirib bering. 2. Polimersement yelimi qanday komponentlardan tashkil topadi? 3. Polimar yelimining komponentlari va uni tayyorlash. Laboratoriya ishi № 15 Lok-bo‘yoq materiallar adgeziyasini aniqlash Ishning maqsadi: Lok-bo‘yoq materiallarni sirtga adgeziyasini aniqlash. Lok-bo‘yoq materiallar adgeziyasi ikki hil usul bilan aniqlanadi: panjarali kesish usuli, paralel kesish usuli. Panjarali kesish usuli (metod reshetchatogo nareza) ma’lum sirtga qoplangan plenkani ustidagi chizilgan panjaralaridan ko‘chib tushgan yacheykalari sonini aniqlashga asoslangan. Ikkinchi usul yopishqoq lentani qoplama surtilgan sirtdagi plenkani ko‘chirib olishga asoslangan. Reaktiv va materiallar: metall plastinkalar, PF-115 emali, solvent, uayt-spirit, polietilen lenta. Jihozlar: metall chizg‘ich, skalpel, mikrometr MK-025, ITP-1 qalinlik o‘lchovchi asbob (tolshinometr), VZ-4 viskozimetr, bo‘yoq purkagich, quritish pechi. Reshetkali kesish usuli Oldindan tayyorlab qo‘yilgan lok-bo‘yoq materiali qoplangan namunadagi qoplama qalinligi aniqlab olinadi. Ushbu namunadagi qoplama ustiga skalpel yordamida kichik o‘lchamlarda paralel chiziqlar kvadrat shaklida chizib chiqiladi. Chiziqlar tortib olinganidan so‘ng ko‘chib tushgan qoplama zarrachalari mo‘yqalam yordamida tozalab olinadi. Adgeziya ballar yordamidabaholanadi. Vazifa: olingan namunalarni quyidagi shkala bo‘yicha baholang:
Paralel kesish usuli Tekshirish uchun namunalar yuqoridagi ishdagi kabi tayyorlab olinadi. Ushbu namuna ustiga metall chizg‘ich va skalpel yordamida chiziqlar tortiladi. Ushbu namuna ustiga perpendikulyar ravishda 10x100 o‘lchamdagi polietilen lenta yopishtiriladi. Shundan so‘ng chaqqon xarakat bilan lenta qoplama ustidan ko‘chirib olinadi. Vazifa: olingan namunalarni quyidagi shkala bo‘yicha baholang:
Download 15.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling