Laboratoriya ishi №15 Mavzu: Web serverni o’rnatish va sozlash. Ishdan maqsad


Download 75.5 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi75.5 Kb.
#1591964
Bog'liq
15-LABORATORIYA ISHI


LABORATORIYA ISHI №15
Mavzu: Web serverni o’rnatish va sozlash.
Ishdan maqsad Web serverni o’rnatish va sozlash bo’yicha bilim va ko’nikmaga ega bo’lish.
LAMP server
.php fayllarni koʻrish uchun odatda virtual server kerak boʻladi. Windows operatsion tizimida koʻpchilik "Denver"dan foydalanishga odatlanib qolgan, chunki uning oʻzi hamma moslash jarayonini oʻzi amalga oshiradi. Linuxda ham xuddi shunday virtual server hosil qilish mumkin. U yerda "Joomla", "Drupal" va "Wordpress" kabi ochiq kodli "cms"larni ishlatib koʻrishingiz va tanishishingiz mumkin boʻladi. Buning uchun LAMP serverni oʻrnatish kerak boʻladi. LAMP qisqartma soʻz. L harfi "Linux" soʻzining bosh harfi. "A" esa "Apache" soʻzining bosh harfi. "M" esa "MySQL" maʻlumotlar bazasining birinchi harfi, "P" harfi esa "Php"ning ilk harfi hisoblanadi.
Qisqasi, LAMP serverni oʻrnatish uchun kompyuteringizda "Ubuntu" operatsion tizimi oʻrnatilgan boʻlishi va internetga ulangan boʻlishi kerak.
Birinchi navbatda MySQL`ni oʻrnatishishimiz kerak. Buning uchun terminalda quyidagi buyruqni kiritamiz:

Kerakli paketlar yuklab boʻlingandan soʻng, oʻrnatish jarayoni boshlanadi. Oʻrnatish vaqtida MySQL root maxfiy soʻzi soʻraladi. Ushbu maxfiy soʻzning OT maxfiy soʻziga aloqasi yoʻq, shuning uchun qoʻrqmasdan boshqa xohlagan maxfiy soʻzni kiritish mumkin boʻladi. Endi joriy ma`lumotlar bazasi serverini oʻchirib, yoqish kerak boʻladi:

Endi esa Apache`ni va uning har xil qoʻshimchalarini oʻrnatamiz:

Jarayonni davom ettirib, PHP tilini qoʻshimcha modullari bilan oʻrnatamiz:

Ushbu jarayon tugagandan soʻng, Apache`ni majburan oʻchirib-yoqishga toʻgʻri keladi:

Mana endi, MySQL ma`lumotlar bazasini boshqarish oson boʻlishi uchun PhpMyAdmin veb interfeysini oʻrnatamiz:




Rasmda koʻrib turganingizdek, ushbu dastur oʻzbek tiliga oʻgirilgan va foydalanishda ancha qulay boʻladi. Ushbu serverni ishlayotganligini brauzerda ham tekshirib koʻrishingiz mumkin boʻladi. Buning uchun har qanday brauzerning manzillar satriga http://localhost/. manzilini kiritishingiz kerak boʻladi. Ushbu manzil ochilishi bilan "It works" degan yozuv paydo boʻlishi kerak. Barcha saytlar aslida /var/www jildi ichida joylashadi. Ushbu jildga kirib u yerda qanday fayllar joylashganligini koʻrib, hatto ularning tarkibini oʻzgartirishingiz mumkin. Standart holat boʻyicha siz ushbu katalogda yangi fayl yaratish, oʻchirish va tahrirlash huquqiga ega boʻlmaysiz. Ushbu muammoni hal qilish uchun terminalda quyidagi buyruqni bajarishingiz kerak boʻladi: sudo chmod 777 /var/www


Ushbu buyruq /var/www katalogida har qanday foydalanuvchiga fayllarni tahrirlash va oʻzgartirish huquqini beradi. Shuning uchun ushbu buyruqni asosiy veb server boʻlgan kompyuterlarda amalga oshirishni tavsiya qilmaymiz. Faqatgina shaxsiy kompyuteringizda tanishish va foydalanishda tavsiya qilinadi.
Download 75.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling