Laboratoriya ishi №15 Mavzu: Zamonaviy dasturlash tillari yordamida texnik ilovalar yaratish


Download 94.85 Kb.
bet2/4
Sana18.06.2023
Hajmi94.85 Kb.
#1557707
1   2   3   4
Bog'liq
15-Laboratoriya ishi (1)

using namespace std — C++ dasturlash tilida har bir o‘zgaruvchi yoki operator, ma’lum bir ismlar majmuasi saqlanadigan joyda saqlanadi. Foydalanuvchilar yaratadigan har bir o‘zgaruvchi ismsiz majmuada saqlanadi, qolgan barcha operator va funksiyalar «std» nomli ismlar majmuasi yig‘ilgan joyda saqlanadi. Agar bu qatorni koddan olib tashlasak, har safar biror operatorni ishlatish uchun «std» yodga olinishi lozim.

1
2
3
4
5
6

#include
int main()
{ std::cout<<"Hello World "; return 0;}

int main() — bu int(butun son) tipi qaytaradigan main funksiyasi, C++ dasturlash tili bir va bir qancha funksiyalardan tuzilgan bo‘lib, eng asosiy funksiya bu maindir. Kompilyator dastlab aynan shu funksiyani topib, dastur ishlashini shu yerdan boshlaydi(albatta kutubxonalarni qo‘shib bo‘lgandan so‘ng). Hullas dasturda kamida bitta funksiya(main) bo‘lishi lozim.
cout<< — bu ekranga chiqaruvchi operator hisoblanadi. iostream kutubxonasiga tegishli.
return 0 — main funksiyasi int(butun son) qaytaruvchi funksiya bo‘lgani uchun, return orqali biror son qaytarish lozim(bizning holatda 0).
{ } — bu belgilar blokka olish belgilaridir. Bu holatda funksiyani boshi va oxirini belgilab bermoqda1.
Kodlar yozib bo‘lindi va u haqida tushunchaga ega bo‘ldingiz. Endi bu kodlarni ishga tushiramiz. Buning uchun Shift+Ctrl+F9 tugmalarini bosib, natijani ekranga chiqaramiz. Ko‘rinib turganidek dastur grafik interfeysga ega bo‘lmaganligi va o‘z ishini juda tez yakunlaganligi sababli ishning natijasini ko‘rishning imkoni yo‘q. Dastur o‘z ishini biz istagan vaqtgacha (masalan Enter tugmasi bosilguncha) yakunlamasligi uchun dastur kodining so‘ngiga maxsus kod kiritiladi. Masalan getch(). Ushbu funksiya enter tugmasi bosilgandagina bajariladi. Shuning hisobiga natija chiqarilgan oyna biz xoxlagan vaqtgacha yopilmaydi. Lekin ushbu funksiyaning asl vazifasi klaviaturadan kiritilgan ma’lumotning birinchi belgisi aniqlashdan iborat. Ushbu funksiya bajarilishi uchun. conio.h bibliotekasini e’lon qilib qo‘yish lozim2.

Download 94.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling