Laboratoriya ishi №18 Mavzu: Rasmlarni kiritish va joylashishini boshqarish. Ishni maqsadi
Download 1,45 Mb.
|
Laboratoriya ishi-18
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Nazariy qisim. Rasmlarni qo’shish va uni o’zgartirish
- \usepackage[argument]{graphicx}
- \includegraphics
Laboratoriya ishi №18 Mavzu: Rasmlarni kiritish va joylashishini boshqarish. Ishni maqsadi: LaTeX tizimi orqali matn tarkibiga 5 tadan mavzuga mos rasm kiritish va programmasini keltirishni o’rganish. Kerakli adabiyotlar: 1.S.M.Abduraxmonov “LaTeX ga kirish” darslik. Poligraf super servis. 2021 y., 2. Lvovskiy S.M, «Nabor i verstka v sisteme LaTeX», Sankt-Peterburg, 2003, 448 s., 3. George Grätzer, Math into TeX: A Simple Guide to Typesetting Math Using AMS-LaTex, Springer Science & Business Media, 2013, p.296. 1.Nazariy qisim. Rasmlarni qo’shish va uni o’zgartirish Quyidagi maslalarni o‘rganamiz: • rasmni LaTeX hujjatiga kiritish uchun qanday paketlar kerakligi; • rasmni hujjatga qanday kiritish kerak; • rasmni sahifaning kerakli qismiga qanday joylashtirish, imzo bilan ta’minlash va unga havola qilish. Zaruriy paketlar va sozlashlar Rasm qo‘yish uchun graphicx paketidan foydalaniladi . Paket LaTeX da belgilangan qoida bo‘yicha hujjatni deklaratsiya bo‘limida ko‘rsatiladi. Buyruqni umumiy ko‘rinishi quyidagicha: \usepackage[argument]{graphicx} Argument (majburiy bo’lmagan) parametri quyidagilar bo‘lishi mumkin :
Kelajakda biz Hujjatni kompilyatsiya qilish uchun pdfLaTeX dan foydalanamiz, shuning uchun preambulada biz quyidagilarni yozamiz:\usepackage{graphicx} Hech qanday parametrsiz. Endi grafik fayllarga yo‘lni ko‘rsatamiz. Foydalaniladigan tasvirlarni joriy katalogning pictures katalogiga joylashtiramiz \graphicspath{{pictures/}} (joriy katalog deb bizni *.tex faylimiz joylashgan katalog tushiniladi). Bundan tashqari, preambulada siz grafik sifatida talqin qilinadigan fayllar kengaytmalar ro‘yxatini belgilashingiz mumkin \DeclareGraphicsExtensions{.pdf,.png,.jpg} Endi yuqoridagi turlardan birining faylini hujjatga kiritishda uning kengaytmasi ko‘rsatilishi shart emas. Shunday qilib, Hujjatning muqaddimasiga rasmlarni kiritish uchun hujjat tarkibiga quyidagi buyruqlarni qo‘shishingiz kerak: \usepackage{graphicx} \graphicspath{{pictures/}} \DeclareGraphicsExtensions{.pdf,.png,.jpg} Grafik faylni qo‘shish Buyrug‘i Matnga grafikli fayl \includegraphics buyrug‘i bilan qo‘shiladi: Download 1,45 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling