Laboratoriya ishi №2 №483-000 yuk havotaqsimlagichini vazifasi, tuzilishi, ishlashi va sinovi ishdan maqsad


Download 1.83 Mb.
bet2/2
Sana07.05.2023
Hajmi1.83 Mb.
#1439631
1   2
Bog'liq
№2 лаб 483 юк хавотаксимлагич (2)

Yordamchi tormozlash magistraldagi bosimni mashinachi krani yordamida 0,015 - 0,020 mPa temp bilan 1 soniyada 0,05 mPa dan kam bo‘lmagan kattalikka kamaytirish bilan amalga oshiriladi. Tez to‘xtatish uchun magistral katta kesimli teshikchasi (diametri 18 mm dan kam bo‘lmagan) orqali atmosfera bilan aloqalanadi. Kamera ZK va tormoz magistrali orasida bosimni tushib ketishi sodir bo‘ladi, chunki ZK magistralga siqilgan havo ta’minlanishini drosselli teshikcha orqali ulgurmaydi va diafragma 19 plunjer bilan chapga o‘rnashadi. 15, 16', 16 teshikchalari salnikli manjetlar 14 orasidagi bo‘shliqqa kiradilar va ular bilan bekiladi, itargich 20 esa qo‘shimcha havo bo‘shatish 7 klapaniga tiraladi.

Rasm-7.4. №483-000 havotaqsimlagichi.
Diafragmadagi bosim 0,008 - 0,010 mPa ga tushib ketganda, u itargich bilan qo‘shimcha havo bo‘shatish 7 klapanini ochadi, itargich klapan egariga tiraladi va diafragmani keyingi yurishida plgunjerni yon klapanini 7 ochilishi sodir bo‘ladi.
Endi siqilgan havo tormoz magistralidan klapan 7 orqali va birdaniga ZK dan klapan 8 orqali TS ga kanal 6 bo‘ylab, shuningdek tenglashtiruvchi porshen nippeli 24 orqali atmosferaga chiqadi. Magistraldagi bosimni va ZK kameradagini 0,04-0,05 MPa ga tezda kamayishi sodir bo‘ladi. Bosh porshen o‘ngga yuradi. Klapan 25 nippelga tiraladi. Silindrdagi bosim tenglashtiruvchi porshen 23 o‘ngga siljimaguncha va klapan 25 g‘amlama rezervuarnn silindr bilan aloqalanish kanalini bekitmaguncha oshib boraveradi.
Qo‘shimcha havo bilan ta’minlashdan to‘xtashi to‘xtaganidan so‘ng, kamera ZK havodan bo‘shaydi. Magisgral va ZK kameradagi bosim kamayishi to‘xtaganidan so‘ng, diafragma 19 o‘ngga siljiydn va plunjer klapani 8 yopiladi. Siqilgan havo ZK kameradan droselli teshikchalar 13 orqali magistralga oqib o‘tadi, klapan 7 yopila­di va havoni magistraldan chiqishi to‘xtaydi.
Tez to‘xtashda bosimni juda katta tempda pasayishida va bosh porshenni tez to‘la yurishida TS katta kesim orqali kerakli bosimda to‘lishga ulgurmaydi va unda bosimni g‘amlama rezervuar orqali oshishi amalda teshikcha 3 tomonidan sodir bo‘ladi.
Bunda 0,35 MPa bosimga etkazish vaqti yukli tartibda (0,35-0,43 MPa chegarada) 13-18 s, 0,25 MPa o‘rtachada (0,28-0,32 MPa chegarada) -8-11 s, 0,13 MPa da bo‘sh bo‘lganida (0,14-0,18 MPa chegarada) - 4-6 soniyani tashkil qiladi.
CHiqarish tormoz magistralidagi bosimni oshirish bilan amalga oshiriladi. CHiqarishni boshlangich davrida tormoz magistralidagi bosim xatto uzun tarkibli poezd dum qismida ham etarlicha yuqori temp bilan - 5-7 s davomida 0,01 MPa dan yuqori ko‘tariladi.
Agar havotaqsimlagich tekisli tartibiga yoqilgan bo‘lsa, unda poezd bosh qismida siqilgai xavoni birdaniga magistraldagi ishchi kamerasidan zolotnikli kameraga oqishi sodir bo‘ladi. Pruji­na bosimni tenglashishiga bog‘liq holda bosh porshenni chiqarish holatiga siljitadi.
Poezdni dum qismidagi magistraldagi bosim sekin-asta ko‘tariladi, buni natijasida havo IK kameradan (katta bosimga ega) nafaqat ZK kameraga, balki magastralga ham boradi. Bundan IK va ZK bosim dum qismidagi havotaqsimlagichlarda tenglashadi, demak tormozni chiqishida magistralni boshlang‘ich tempi oshadi, bu­ni natijasida esa poezdni uzunligi bo‘yicha chiqarish protsessi tenglashadi.
Mashinachi krani dastakning poezdli holatidagi chiqarishi vaqti to‘la tormozlashdan so‘ng tormoz silindridagi 0,04 mPa bosimgacha yukli tekis tartibda 18 - 25 s, yuklangan tog‘li tartibida - 45 - 60 s (iidividual stendda sinalganda) bo‘ladi.
Tekisli tartibida diafragma 19 plunjeri bilan chiqarish ho­latiga joylashishi va IK kamerasini ZK kamerasi ham magistral bilan aloqalanishini sodir bo‘lishi uchun tormoz magistralidagi bosimni 0,04 - 0,05 mPa ga oshirishni o‘zi kifoyadir.
Tarkib tormoziga bog‘liq bo‘lmagan holda alohida vagon tormozini chiqarish zaruratida 3 - 5 s vaqt ichida chiqarish klapani 32 orqali IK kamerasi bo‘shlig‘ini bo‘shatadilar.
№ 483-000 havotaqsimlagichining yutug‘i uning tuzilmasini soddaligidadir. Ularda faqat rezinali zichlashtiruvchi elementlar (diafragmalar, manjetalar, klapanlar) qo‘llaniladi va metalli ishqalanuvchi detallari yo‘q (zolotniklar, xalqalar, plunjerli juftlar), shuning uchun ularni tayyorlash va tuzatish osonroq. Bunday havotaqsimlagichlar o‘zlarini 6 ming tonna og‘irlikkacha bo‘lgan yuk poezdlarini ishlatishda qoniqarli mustahkamligini ko‘rsatdilar.
SHunga qaramay № 483-000 havotaqsimlagichlarning kamchiliklari ham mavjud bo‘lib, ular qo‘yidagilar: agar bir qancha buzilgan №483-000 yoki №270-002 asboblaridan biri ham o‘z vaqtida magistralni qo‘shimcha havo bilan ta’minlashini to‘xtatmasa-perekrisha holatida poezdni o‘z-o‘zidan tormozini chiqarishi ehtimolligini mavjudligi; bu havotaqsimlagichlarda tormoz to‘lqinini tarqalish tezligi uncha yuqori emas -180 m/s yordamchi tormozlashda va 200 m/s tez to‘xtatishda - hamda harakatni yumshoqligi har bir hollarda ham qoniqarli emas; og‘irlngi 6 ming tonnadan ko‘p bo‘lgan yuk poezdlarida tez to‘xtatishda yo‘l qo‘yilmaydigan bo‘ylama kuchlar shu havotaqsimlagichlar bilan vujudga keladi.
№ 483-000 havotaqsimlagichini magistral qismini modernizatsiyalash, plunjerda qo‘shimcha 16 teshikchasini yo‘nish yo‘li bilan, tormozlash jarayoni mustahkamligi qismida tormozlarni ishlatishdagi xususiyatlarini sezilarli darajada yaxshilash, perekrisha holatida o‘z-o‘zidan chiqarishiga moyilligini yo‘qotish imkonini berdi.
№ 270-002 havotaqsimlagichi № 483-000 ga o‘xshash tuzilmali, lekin u 1968 yilgacha ishlab chiqarilgan. Ular №135 o‘rniga tavsiya etilgandi, engil edi. Lekin ularda metalli zolotnik va porsheni metalli zichlashtiruvchi xalqasi bilan edi.
№ 483-000 havotaqsimlagichi magistralli havoquvurlarida ga­zodinamik jarayonlarni va ularga tormoz asboblari orqali havo harakatlanishi jarayoni ta’sirini tekshirish asoslarida yaratilgan. №483-000 havotaqsimlagichi qo‘llanilishidan tormoz to‘lqini tarqalish tezligidan eng yuqori foydalanish imkoniga, magist­ralli havoquvurining uzunligini tormozlashda silindrlarni havo bilan to‘ldirish jarayoniiing eng kam ta’siriga erishiladi. Bu bo‘ylama - dinamik kuchlar kattaligini chegaralash va og‘irlngi 10 ming tonnagacha bo‘lgan yuk poezdlarini tormoz yo‘lini 1500 m uzunligi bilan haydash shartlari bo‘yicha imkonini ta’minlaydi.
№ 483-00 havotaqsimlagichi komplektiga № 270 havotaqsimlagichi kabi № 483-010 magistralli qismi, ikki kamerali rezervuar va bosh qismi kiradi. Ulanuvchi flansalar № 483-000 va 270 havotaqsimlagichlarinnng magistralli qismlarida bir xildir.
Magistralli qismi (rasm-7.5) korpusga 1, uni pastki qismida kondensatni yig‘ish uchun bo‘shliq ko‘zda tutilgan va qopqog‘iga 15 ega. Korpusida ikkita qism: qo‘shimcha havo chiqarish klapani va yumshoqlik klapani o‘rnatnlgan.
Qo‘shimcha havo chiqarish klapani qismiga bir biriga burab uchta egar kiritilgan: tormozlash 14 klapani - tezlatgichini egari 4, qo‘shimcha havo chiqarish 17 klapanini egari 3 va atmosferali klapani 18 egari 2.
Tormozlash tezlatgich klapani rezinali manjeta ko‘rnnnshida bajarilgan va u egarga yon qismi bilan prujina 16 orqali opravkaga siqiladi. Qo‘shimcha havo chiqarish 17 klapani atmosfera klapani 18 bilan o‘zaro harakatlanuvchi dum qismiga ega. Egarlar birlashgan joylarida rezina xalqalar va prokladkalar bilan zichlashtiriladi.
Download 1.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling