Laboratoriya ishi №2 №483-000 yuk havotaqsimlagichini vazifasi, tuzilishi, ishlashi va sinovi ishdan maqsad


Download 1.83 Mb.
bet1/2
Sana07.05.2023
Hajmi1.83 Mb.
#1439631
  1   2
Bog'liq
№2 лаб 483 юк хавотаксимлагич (2)


LABORATORIYA ISHI №2
483-000 YUK HAVOTAQSIMLAGICHINI VAZIFASI, TUZILISHI, ISHLASHI VA SINOVI
Ishdan maqsad: №483-000 yuk havotaqsimlagichini vazifasi, tuzilishi, ishlashi va sinovi tormoz uskunalari, havotaqsimlagich, magistral va bosh qismi, vagon, kompressor, bosh rezervuar, g‘amlama rezervuar, tormoz silindri, pnevmatik, qisimlari haqida umumiy malumotlarga ega bo’lishi.
483-000 havotaqsimlagichi.
Yuk vagonlari va lokomotivlari shartli №483 havotaqsimlagichlari bilan jihozlangan bo‘lib, № M-320 havotaqsimlagichi 1953 yildan, shartli № 135-1959 yildan ishlab chiqarilishi to‘xtatilgan va ular shartli №483-000 havotaqsimlagichiga takomillashtirilgan. Havo­taqsimlagichlar har bir harakatli tarkib birligiga o‘rnatiladi.
Magistraldagi normal zaryad bosimi yuk poezdida og‘irligi va ishlatish sharoitlariga ko‘ra 0,53-0,55 yoki 0,60-0,62 MPa tashkil qiladi.
Havotaqsimlagich ishlash qobiliyatini zaryadli bosim 0,3 dan 0,8 MPa gacha bo‘lganda ham saqlaydi. Yuk turidagi havo-taqsimlagichlar yuklanishiga bog‘liq holda uchta bosqichga ega: yuklanganda maksimal bosim 0,39-0,45 MPa, o‘rtachada - 0,28-0,32 MPa, yuksizda - 0,14-0,18 MPa. Maxsus stendlarda 90% maksi­mal bosimgacha tormoz silindrlarini to‘lishi vaqti tez to‘xtatishda yuklangan bosqichda 16-20 soniyani tashkil qiladi.
Yuk turidagi havotaqsimlagichlar tormoz silindrlarini sekinlashgan jarayonda bajargani bois, tormoz kolodkalarini g‘ildirakka tez boshlang‘ich siqilishini ta’minlovchi 0,04-0,08 MPa sakrashli boshlang‘ich bosimni beradi.
Tormozlarni tekis bosqichda to‘la qo‘yib yuborishi tormoz magistralidagi bosimni 0,015-0,030 MPa oshirgandan so‘ng, tez to‘xtatishda tormozni chiqarishi 0,30-0,35 MPa dan yuqori bo‘lsa amalga oshiriladi, bu esa tormozlarni ma’lum bosqichida, xatto qiyalikda to‘xtaganidan keyin ham kamaymasligini ta’minlaydi. Tepalikdagi bosqichda to‘la chiqarishni havotaqsimlagichlar magistralda tormozlashdan avvalgi bosimii tiklagandan so‘ng beradilar.
№ 483-000 havotaqsimlagichlari 1968 - 77 yillarda chiqarilgan va hozirgi vaqtda yuk harakatli tarkibida keng tarqalgandir.
Havotaqsimlagich komplektiga (rasm-7.1.) magistralli 3, bosh 1 qismlari va ikki kamerali rezervuar 2 (№295-001) vagon ramasiga mahkamlangan yuk bosqichlariga qayta ulagichi bilan kiradi.

Rasm-1 №483-000 havotaqsimlagichi.
Magistralli qismi (rasm-7.2) uchta asosiy bo‘limdan tashkil topgan: korpusi 6, qopqog‘i 11, diafragma 10 komlektidan.
Korpusga ikkita rezinali xalqasimon prokladkalari bilan zichlangan jezli egar burab kiritilgan; egarga 48-58 N kuch bilan prujina orqali qo‘shimcha razryadka 5 klalani siqilgan.
Rezinali diafragma ichki perimetrga rezbada birlashtirilgan ikkita shayba 8 va 9 (alyumin qotishmali) siqilgan. Shayba 8 egar 4 teshigiga kiruvchi friksion xalqa 3 bo‘lgan dum qismiga va plunjer 1 klapani uchun egarga ega. Dum qismi ichida itargich 2 o‘rnashgan. Plunjerga 50 N yaqin kuchli prujina ta’sir qiladi. Friksion xalqa diafragma siljishiga 10-15 N qo‘shnimcha qarshilik hosil qiladi, bu havotaqsimlagich harakatiga yumshoqlikni ta’minlaydi va perekrisha holatini mustahkamligini yaxshilaydi, lekin shuning bilan birga tormoz to‘lqini tarqalish tezligiga salbiy ta’sir kiladi. Tashqi perimetri bo‘yicha dia­fragma korpus va qopqog‘i orasida siqilgan, ham ularni birlashgan joylarini zichlashtiradi.

Rasm-2 № 483-000 000 magistral qismi.
Salnikdagi 16 zichlashgan manjeta teshikchalari bilan plunjer 1 silindrli qismi zolotnik vazifasini bajaradi. Yon tomonidagi diametri 0,75 mm bo‘lgan teshikchalari 22 ishchi IK va zolotnikli ZK kameralarini tormoz magistralidan bo‘shliq MK orqali havoni ta’minlanishini va yumshoklik tempi bilan undan havoni chiqarilishiga mo‘ljallangan; 0,3 mm diametrli teshikcha 17 doim tormoz magistralini zolotnikli kamera bilan aloqalaydi; 18, 20, 21 teshikchalari 0,8 mm diametrli bo‘lib, chiqarishda magistralni ishchi va zolotnikli kameralari bilan aloqalaydi.
Modernizatsiyalash jarayonida plunjerda 0,8 mm diametrli bo‘lib, 18 - teshikchaga nisbatan plunjer klapani yon tomonidan katta masofada joylashgan qo‘shimcha teshikcha 19 kiritilgan. Bu poezddagi tormozlar harakatining mustahkamligini oshiradi. 1976 yildan chiqarilgan magistral qismi 20 - teshikchaga ega emas, uni vazifasini 19 - teshikcha bajaradi.
Qopqoqda salnik 16 plunjer va egar zichlangan ikkita manje­ta bilan burab kiritilgan, unga bosqichlarni qayta ulagichi (R-tekislikda va G - tog‘likda) rezinali diafragmasi 12 siqilgan plastmassali qopqoqchasiga 13 ta’sir qiluvchi prujina siqilgan. Prujinani siqilish kuchi bosqichli uporka 15 buralishi bilan o‘zgaradi.
Bosh qismi qopqog‘i 5 bilan korpusga 6 yig‘ilgan (rasm-3).

Rasm-3. №483-000 bosh qismi.


Korpusga bosh porshen shtokini vtulkasi 17 va g‘amlama rezervuarni havo bilan ta’minlovchi orqaga qaytarish klapanini egari 9 presslab o‘rnatilgan. Bosh porshen 4 ikkita yoki bitta kuchlangan rezinali manjeta bilan zichlashtirilgan va erkin xolatida 200 N ga yaqin kuchga ega bo‘lgan prujina 19 bilan yuklangan.
Jezli shtokda rezinali manjeta kiritilgan bo‘lib, u bosh por­shen siljiganda tegishli vtulkadagi 17 kanallarni bekitadi, ya’ni shtok huddi dumaloq zolotnik kabi harakatlanadi. SHtok ichkarisida shtok yoniga burab kiritilgan, egarga siqilgan havo bosimi va prujina bilan siquvchi klapan 16 joylashgan.
Korpus o‘ng qismida tenglashtiruvchi porshen 10 o‘rnatilgan bo‘lib, u o‘qi bo‘ylab atmosferali nippeli bo‘lgan va rezinali man­jeta bilan zichlashtirilgan, nippelni yon qismi klapan uchun ikkiichi egar vazifasini bajaradi.
Tartibli uporka 14 rezbada korpusga burab kiritilgan va stoporli vint 13 bilan maxkamlangan. Uni ichkarisiga uporka 15 o‘r­natilgan. Uporkalar 14, 15 va tenglashtiruvchi porshen 10 orasiga tartibli prujinalar 11 va 12 o‘rnatilgan. Prujina 11 doim ta’sir qiladi, prujina 12 yuklangan va o‘rta tartibdagi tormozlash jarayonida ishga tushiriladi.
G‘amlama rezervuarni orqaga qaytarishda havo bilan ta’minlash klapani, yuqoridan prujina bilan yuklangan va zaglushka 7 bilan bekitilgan.
To‘rtta bolt bilan korpusiga mahksamlanuvchi qopqog‘ida 5 chiqarish klapani o‘rnatilgan va u prujinadan egarga 2 siqilgan. Klapan sterjen yordamida qo‘l bilan ta’sir qilganda ochiladi va havotaqsimlagichni ishchi kamerasini IK atmosfera bilan aloqalanishi uchun hizmat qiladi.
Zaryadkada siqilgan havo tormoz magistralida M filtr 22 orqali magistralli MK bo‘shlig‘iga keladi va salnikka 18 shayba bilan tayanguncha diafragmani 19 siljitadi. Bunda plunjer 15, 16', 16 teshikchalar 11 bo‘shliqqa rezinali manjetalar 14 ortiga chiqadi. MK bo‘shlig‘idan havo zolotnikli kameraga ZK diametri 0,75 mm teshikcha 12, teshikcha 15, bo‘shliq 11 va 16, 16', 17 teshikchalari orqali keladi. Havo bilan ta’minlash shuningdek 0,3 mm diametrli teshikcha 13 orqali ham sodir bo‘ladi, u orqali magist­ral bo‘shlig‘i va zolotnikli kamera doimo aloqalanadi.
ZK kamerasidan siqilgan havo 0,5 mm diametrli, bosh porshen 31 manjeti qirrasidan prujina 2 ta’siri ostida ochiluvchi te­shikcha 1 orqali ishchi IK kamerasiga, so‘ng diametri 0,6 mm bo‘lgan teshikchadan 9 orqali tekis va tog‘li tartibini qayta ulagichi orqali diafragma 10 ostida keladi. Tog‘li tartibida bo‘shliq 11 rezinali qayta ulagich diafragmasi 10 bilan bekitilgan va ZK hamda IK kameralarini havo bilan ta’minlanishi ulardagi bosimni magistraldagi bosim kabi bo‘lganga qadar davom etadi.
Tekis tartibida IK kameradagi bosim 0,28-0,32 mPa bo‘lguncha ko‘tarilgandan keyin, diafragma 10 egiladi va bu kamerani havo bilan ta’minlash ikknnchi yo‘lini - teshikcha 9 orqali 11 bo‘shliqdan - ochadi. Unda ZK kameradagi bosimni oshish tempi sekinlashadi. G‘amlama rezervuar G‘R orqaga qaytarish klapani 4 orqali tormoz magistralidan doimo siqilgan havo bilan to‘ldiriladi.
Zaryadka jarayonida bosh porshen 31 va tenglashtiruvchi porshen 23 uz prujinalariii eng chetki holatlari ta’siri ostida bo‘ladi. Bunda tormoz silindri TS tenglashtiruvchi porshen nippeli 24 orqali atmosfera At bilan aloqalanadi, manjeta 26 esa qirrasi bilan vtulkadagi teshikchani 5 ochadi, ular orqali esa qo‘shimcha havodan bo‘shatish kanali tormoz silindri bilan aloqalanadi.
Sekin - asta havodan bo‘shatish tormoz magastralida (1 daqiqada 0,02 mPa temp bilan) siqilgan havoni zolotnikli va ishchi kamerasidan magistralga o‘tishini keltirib chiqaradi.

Download 1.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling