Laboratoriya ishi №2 mavzu: konstruksion materiallarning mexanik xossalarini (siqilishga mustahkamligini tekshirish) aniqlash. Ishdan maqsad


Download 106 Kb.
bet2/3
Sana30.04.2023
Hajmi106 Kb.
#1413757
1   2   3
Bog'liq
LABORATORIYA ISHI №2

l0=5 d0

l0=10d0

l

D

D1

h1

h2

α

1

25

125

250

l0+(0,5+2)d0

45

30

25

25

l+2(h1+ h2)

2

20

100

200

36

24

20

20

3

15

75

150

28

18

15

15

4

10

50

100

20

12

10

10

5

8

40

80

16

10

8

8

6

6

30

60

13

8

6

6

7

5

25

50

11

7

5

5

Quyida kam uglerodli pо‘lat namunalari chо‘zilishga sinashda deformatsiya egri chizig‘i keltirilgan (2-rasm).





2-rasm. Kam uglerodli pо‘lat namunalarning chо‘zilishdagi
deformatsiyalanish diagrammasi.

Diagrammadan kо‘rinib turibdiki namuna sinashning boshlang‘ich davrida (O-A qismida) ularning absolyut uzayishi (L) qо‘yilgan kuchga proparsional ravishda ortib boradi. Bunday proparsionallik qonuni bilan uzayishdagi kuchlanish ushbu formuladan aniqlanadi.


σch =E·ε
bu yerda: σch - chо‘zish vaqtidagi normal kuchlanish; ε - namunaning nisbiy uzayishi; E - proporsionallik koeffitsenti (elastiklik moduli).
Ma’lumki, yuqoridagi formuladan:
bо‘ladi.
Demak, metallning elastiklik moduli uning chiziqli deformatsiyalanishida elastiklik xossalarining fizikaviy xarakteristikasidir.
Namunaning proporsionallik qonuni bilan uzayish buzilish chegarasidagi kuchlanish shu metallning proporsionallik chegarasi deb ataladi va quyidagi formuladan aniqlanadi:

bunda: σp.ch.- metallning proporsionallik chegarasidagi kuchlanishi (kg/ mm2), Ra - A nuqtaga tо‘g‘ri keluvchi kuch, kg yoki N; Fo - namunaning sinashdan avvalgi kо‘ndalang kesim yuzi, mm2.
Agar namunani sinash davom ettirilib, kuch qiymati diagrammadagi A nuqtaga to’g’ri kelganda Pa kuchdan oshirib borilsa, kuch bilan namunaning uzayishi orasidagi proporsional bog‘lanish buziladi, ya’ni namunanig uzayishi kuchga nisbatan bir oz tezlashadi. Lekin sinalayotgan namunadan tashqi kuch ta’siri olinsa, u о‘zining dastlabki holatiga qaytib qoldiq deformatsiya hosil qilmaydi. Shuning uchun bu xildagi deformatsiya elastik deformatsiya deyiladi.
Agar namunaning B nuqtasiga to’g’ri keluvchi Pv kuchdan kattaroq kuch bilan chо‘zilsa uzayish tezlashib, metall plastik deformatsiyalana boshlaydi (diagrammadagi BC qism). Demak, namunani sinashda aniqlangan Рv kuch metallning elastik deformatsiyasidan plastik deformatsiyasiga о‘tishdagi chegara kuchi bо‘ladi. Metallarni chо‘zilishda mustahkamligini sinashda qoldiq deformatsiya (uzayish) bermaydigan eng katta chegara kuch (Pv) ning namunaning sinashdan avvalgi kо‘ndalang kesim (Fo) ga nisbati metallning shartli elastik kuchlanishi (σe) deb ataladi va quyidagicha aniqlanadi:

Diagrammadagi A va B nuqtalar bir-biriga juda yaqinligi sababli σe ni σp.ch.ga teng deb hisoblanadi.
Metallning «oquvchanlik» chegarasiga tо‘g‘ri keluvchi kuch (РС) ning namuna dastlabki kо‘ndalang kesim yuzi Fo ga nisbati metallning oquvchanlik chegara kuchlanishi deb ataladi va ushbu formuladan aniqlanadi:

Metallning о‘z shaklini о‘zgartirib, kuch ta’siri olingandan keyin ham shu shaklini saqlab qolish xususiyati uning plastiklik xossasi deyiladi.
Metallning plastik deformatsiyalanishi, ya’ni nisbiy uzayishi δ harfi bilan belgilanadi va quyidagi formuladan % hisobida aniqlanadi:

bunda: lo-namunaning deformatsiyalanishdan oldingi uzunligi, mm.
l - namunaning deformatsiyadan keyingi uzunligi, mm.

Namuna chо‘zilganda kо‘ndalang kesimining nisbiy kichrayishi greКЧa «Ksi» ψ harfi bilan belgilanadi va quyidagi formula bilan aniqlanadi:



bunda: Fo- namunaning sinashdan avvalgi kо‘ndalang kesimi yuzasi, mm2;
F - namunaning chо‘zilgandan keyingi kо‘ndalang kesimi yuzasi, mm2.
Namunani chо‘zilishdagi mustahkamligini sinash 3-rasmda tasvirlangan R-5 rusumidagi mashina yordamida bajariladi.

3-rasm. Metallning chо‘zilishdagi mustahkamligini aniqlash uchun


R-5 rusumidagi mashinaning umumiy ko’rinishi

Namunani sinash vaqtida uzilmay bardosh bergan maksimal kuch (Рd) ning shu namuna kо‘ndalang kesimi yuzasi (Fo) ga nisbati metallning chо‘zilishdagi mustahkamlik chegarasi deb ataladi va quyidagi formuladan aniqlanadi:



bunda: Рd sinashdagi maksimal kuch, kg yoki N; Fo –namunaning sinashdan avvalgi kо‘ndalang yuzi mm2.
Metallarni sinashda namuna PD kuch ta’sirida butun uzunasi bо‘ylab bir tekisda chо‘ziladi. Kuch PD qiymatga yetgandan keyin namunaning shu bо‘shroq joyi chо‘zila boshlaydi va u yerda «bо‘yin» hosil bо‘ladi, pirovardida kuchning shu qiymatida uziladi.



Download 106 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling