Laboratoriya ishi №2 Mavzu: Mavzu: Axborot texnologiyalarining texnik va dasturiy ta’minoti Ishdan maqsad
Download 32.54 Kb.
|
1 2
Bog'liq2-Laboratoriya ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazariy ma‘lumotlar
Laboratoriya ishi №2 Mavzu: Mavzu: Axborot texnologiyalarining texnik va dasturiy ta’minoti Ishdan maqsad: Shaxsiy kompyuterni asosiy hamda qo‘shimcha qurilmalarining ishlash prinsipi. Monitor ekran parametrlarini sozlash, klaviaturaning qaynoq tugmalarini vazifalarini hamda kompyuterga qanday qilib ikkita monitor ulab ishlashni ko‘nikmasini shaklantirish. Dasturiy ta’minot to‘g‘risidagi bilimlarni mustahkamlash hamda operatsion tizimlar va ularning vazifalarini o‘rganish. Nazariy ma‘lumotlar Hozirgi kunda bitta kompyuterga ikkita monitor ulash holatlari ko‘p uchrab turibdi, buning asosiy sabablaridan biri ish jarayonini qulaylashtirish va vaqtdan(unumli foydalanish) yutishdir. Ikkita monitor, bir necha oynalar bilan ishlash imkonini yengillashtirdi (bir vaqtning o‘zida juda ko‘p oynalarni ochish noqulaylik tug‘dirmaydi), dasturchilar uchun, yozilgan kod natijalarini darhol ko‘rish imkonini paydo qildi (bitta monitorda kod yoziladi, ikkinchisida natija ko‘riladi), kompyuterda o‘yin o‘ynovchilar uchun esa, o‘yinga bo‘lgan qiziqishni orttirdi. Kompyuterga ikkinchi monitorni ulash uchun, nima qilish lozim? Hozirgi kunda bitta kompyuterga ikkita monitor ulash holatlari ko‘p uchrab turibdi, buning asosiy sabablaridan biri ish jarayonini qulaylashtirish va vaqtdan yutishdir. Ikkita monitor, bir necha oynalar bilan ishlash imkonini yengillashtirdi (bir vaqtning o‘zida juda ko‘p oynalarni ochish noqulaylik tug‘dirmaydi), dasturchilar uchun, yozilgan kod natijalarini darhol ko‘rish imkonini paydo qildi (bitta monitorda kod yoziladi, ikkinchisida natija ko‘riladi), kompyuterda o‘yin o‘ynovchilar uchun esa, o‘yinga bo‘lgan qiziqishni orttirdi. Kompyuterga ikkinchi monitorni fizik ulash uchun, quyidagi ulanishlardan birini amalga oshirish lozim: Bir necha portga ega videokarta orqali (2.1-rasm). 2.1-rasm Bitta videokartada bir necha portlar mavjud bo‘lib, ular alohida-alohida ishlaydi. Bu portlar VGA,HDMI, DVI bo‘lishi mumkin(2.2-rasm): 2.2-rasm Har bir monitor bu portlardan biriga ulanadi va alohida-alohida ishlaydi. Hozirgi kunda bunday videokartalarni topish muammo emas, lekin bu videokarta ishdan chiqsa, ikkala monitor ham ko‘rsatmaydi. Ikkinchi monitorni splitter orqali ulash. Agar videokartada bir nechta port mavjud bo‘lmasa, videosignallarni ikkiga bo‘lib beruvchi splitter kabellardan foydalanish mumkin, kirish bitta chiqish ikkita. Splitterlarni har xil portlilari mavjud. Bu usul ikkita monitor ulashning eng ommabop usuli hisoblanadi. Arzon variant. (2.3-rasm) 2.3-rasm Qo‘shimcha videokarta ulagan holda. Buning uchun kompyuter platasida(материнская плата), ikkinchi monitor uchun raz‘yem bo‘lishi lozim. Alohida-alohida ikkita videokartaga monitor ulanadi. Download 32.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling