Laboratoriya ishi 2 Mavzu: moddalarni tozalash usullari ishning nazariy asosi


Download 183.46 Kb.
bet3/4
Sana03.02.2023
Hajmi183.46 Kb.
#1149761
1   2   3   4
Bog'liq
2-laboratoriya ishi

I shning bajarish tartibi
Qattiq moddalarni tozalashda qayta kristallash usulidan keng foydalaniladi. Kaliy bixromatni tozalash. Eruvchanlik jadvalidan foydalanib (2-ilovadagi jadvalga qarab), 60oS da 50 ml suv uchun kaliy bixromatnin to‘yingan eritmasini tayyorlash uchun kerak bo‘lgan tuzning miqdorini hisoblang. Texno-kimyoviy tarozida, havonchada maydalangan kaliy bixromat tuzidan hisoblangan miqdorini tortib oling. Tuzning o‘lchangan miqdorini kimyoviy stakanga soling va unga o‘lchov silindrida o‘lchangan 50 ml distillangan suv quying. Stakanni ichidagi moddasi bilan asbest to‘ri o‘rnatilgan shtativga qo‘ying va gaz gorelkasida shisha tayoqcha bilan aralashtirib turib, deyarli qaynaguncha qizdiring. Nima uchun eritma qariyib qaynaguncha qizdiriladi va keyin filtrlanadi? (Xuddi shunday usul bilan kaliy nitrat, kaliy va natriy sulfatni, alyumo-kaliyli achchiqtoshlarni qo‘shimchalardan tozalash mumkin). Issiq eritmani erimay qolgan qo‘shimchalardan tozalash uchun, eritma burama filtrda issiq filtrlash voronkasi orqali boshqa stakanga filtrlanadi. Uzluksiz aralashtirilib turgan holda filtrat avval uy haroratigacha, keyin esa muzli hammomda to 0C gacha sovutiladi. Nima uchun eritma rangining intensivligi o‘zgaradi? Cho‘kmaga tushgan kristallar Byuxner varonkasida filtrlanadi. Qo‘r eritmada nima bor? Qo‘r eritmada kaliy sulfat aralashmasi bor yo‘qligini tekshirib ko‘riladi. Buning uchun 2-3 ml qo‘r eritma 5-10 ml distillangan suvda suyultiriladi va 1-2 tomchi konsentrlangan xlorid kislotasi hamda bariy xlorid eritmasi tomiziladi. Shunday usul bilan ajratib olingan qattiq kaliy bixromatda ham kaliy sulfat aralashmasi bor yoki yo‘qligi aniqlanadi. Olingan natijalar solishtiriladi. Kaliy bixromat chinni kosachaga solinadi va 30-40 min quritish shkafida (1000C) quritiladi. Sovutilgandan keyin texno-kimyoviy tarozida tortiladi. Dastlabki ulishga nisbatan olingan mahsulot foyizlarda ifodalanadi.


TAJRIBA – 5. Gazlarni tozalash



Download 183.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling