Laboratoriya ishi №2 tishli g’ildiraklarning o'lchamlarini aniqlash va ishchi chizmasini chizish


Download 483.15 Kb.
bet1/2
Sana05.10.2023
Hajmi483.15 Kb.
#1692992
  1   2
Bog'liq
LABORATORIYA ISHI №2 (1)


LABORATORIYA ISHI №2
TISHLI G’ILDIRAKLARNING O'LCHAMLARINI ANIQLASH VA ISHCHI CHIZMASINI CHIZISH


Ishdan maqsad:
Tishli g'ildirak elementlari bilan tanishish. Uning o'lchamlarini o'lchash. Tishli g'ildirak chizmasini chizish.
Jihozlar va asboblar:
Shtangentsirkul, chizgich, sirkul.


1. UMUMIY MA'LUMOTLAR
Tishli uzatmalar (1-rasm) mashina va mexanizmlarda keng qo'llanilladi. Oddiy tishli uzatma shesternya (odatda etaklovchi) va tishli g'ildiraklardan (yetaklanuvchi) iborat bo'ladi.



1- rasm

Mashina va mexanizmlar tarkibida ishlovchi tishli g'ildiraklar tishlari ish jarayonida eyiladi, ayrim xollarda, tishlarga ta'sir etuvchi yuklanishning keskin ortishi natijasida sinishi ham mumkin. Tishlari singan yoki me'yoridan ko'p eyilgan tishli g'ildirak yangisi bilan almashtiriladi. Ishdan chiqqan tishli g'ildirak materiali va o'lchamlariga aynan mos bo'lgan tishli g'ildirak hamma vaqt ham topilavermaydi, shu sababli yangisini yasash kerak bo'ladi.


Yangi tishli g'ildirak uning ishchi chizmasi (istisno tariqsida eskizi) asosida yasaladi. Tishli g'ildirakning ishchi chizmasini bajarish uchun uning barcha geometrik va konstruktiv o'lchamlarini aniqlash hamda materialini bilish kerak bo'ladi.
Ishdan chiqqan tishli g'ildirakning ayrim o'lchamlarini o'lchov asboblari (masalan, shtangentsirkul) yordamida aiiq o'lchab olish mumkin, lekin ayrim o'lchamlarini o'lchov asboblari yordamida to'g'ridan-to'g'ri o'lchab bo'lmaydi (masalan tishlar aylanaviy qadami, ilashma moduli, tishlar qiyalik burchagi). Bunday o'lchamlarining qiymati dastlab bilvosita yo'llar bilan taxminan aniqlanadi so'ngra standart qiymat bilan taqqoslash (ilashma moduli uchun), yoki qo'shimcha hisoblar yordamida (tishlar qiyalik burchagi) aniq qiymati topiladi.
Shtangentsirkul bilan o'lchash usullari 2-rasmda ko'rsatilgan.


dichki

Download 483.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling