Laboratoriya ishi №32 Yuzalami gorizontalli tarxini tuzish. Kvadratlash ishlari kartogrammasini tuzish. Ishdan maqsad


Download 92.96 Kb.
Sana09.06.2023
Hajmi92.96 Kb.
#1471211
Bog'liq
32-lab ishi


LABORATORIYA ISHI № 32


Yuzalami gorizontalli tarxini tuzish. Kvadratlash ishlari kartogrammasini tuzish.
Ishdan maqsad: Qurilish maydonini gorizontallar bilan ifodalangan tarhini tuzishni o‘rganish. Yer ishlari kartogrammasini tuzishni, yer ishlari balansi va hajmini hisoblashni o‘rganish.

Yuzalarni nivelirlash jurnalini natijalari bo‘yicha kvadrat uchlarining balandlik belgilarini aniqlangandan keyin nivelirlangan joyning 1:1000 miqyosda, A3 formatda kvadratlar chiziladi. Kvadrat uchlarining hisoblangan balandlik belgilari santimetrgacha yaxlitlab olib, burchak uchlari yoniga yoziladi. Shu qiymatlar bo‘yicha talab qilingan kesim balandligida (h=0,25m) gorizontallar o‘tkaziladi.


Har bir kvadratning ikki uchining balandlik belgilari bo‘yicha shu nuqtalarni tutashtiruvchi chiziqda ma’lum kesim balandligidagi gorizontallar o‘tadigan nuqtalar o‘rnini aniqlash interpolyatsiya deyiladi. Gorizontallarni grafik usulda o‘tkazamiz.
Gorizontallar kesimi h=0,25m deb qabul qilinib, paletka yasaladi. Buning uchun millimetrli qog‘ozda har 1 yoki 0,5 santimetr oraliqida parallel chiziqlar o‘tkaziladi. Har bir chiziqqa balandlik belgilari nuqtalarning andozadan olingan belgilariga hamda gorizontallar kesimiga ko‘ra yoziladi (21-rasm).
Qog‘ozdan eni 2-3sm, uzunligi 15-20sm li tasma qirqib olinadi. Tasmaning qirrasi kvadratlar to‘ridagi 2 ta balandlik belgilari yozilgan nuqtalarni tutashtiruvchi chiziqga to‘g‘rilanadi. Shu nuqtalar tasmaga belgilari bilan ko‘chiriladi (21-rasm).
So‘ng tasma paletka ustiga shunday joylashtiriladiki, 1V va 2S nuqtalarning 19,39 va 20,15 belgilari tegishli gorizontallar oralig’iga to‘g‘ri kelsin. 1V-2S kesmani kesib o‘tgan 19,50; 19,75 va 20,00 chi gorizontallar o‘rni tasmada belgilanadi. Tasma kvadratlar to‘riga qaytarilib, 1V - 2S chiziqda joylashtiriladi va 19,50; 19,75 va 20,00 chi gorizontallar o‘rni unga ko‘chiriladi.

21- rasm

Shu tartibda balandlik belgilari berilgan nuqtalarning strelkalar bilan ko‘rsatilgan har jufti oralig‘ida gorizontallar o‘rni belgilanadi va ularning raqami yozib qo‘yiladi. Bir xil raqamli nuqtalar uzluksiz egri chiziqlar bilan tutashtirilib, gorizontallar hosil qilinadi va relef tarhda ifodalanadi (22- rasm).






22- rasm. Qurilish maydonini gorizontallar bilan ifodalangan tarhi.


Yer ishlari kartogrammasini tuzish.




  1. rasm. Yer ishlari kartogrammasi.

Download 92.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling