Laboratoriya ishi 36 Oksredmetrik (yodni) yoki kompleksonometrik


Download 31.15 Kb.
bet2/3
Sana16.06.2023
Hajmi31.15 Kb.
#1502524
1   2   3
Bog'liq
Lab.36

Ishni bajarish tartibi
A) Galogenidlarni aniqlash
1. pH-340 qurilmasini o‘rganib chiqing (buning uchun 1-laboratoriya ishida keltirilgan yo‘riqnomani o‘qing).
Uning millivoltmetr sifatida foydalanishiga e’tibor bering. Bu holatda bufer eritma orqali sozlash ishlarini amalga oshirish shart emas.
2. Tenglashtirish xlor-kumush elektrodini va kumush indikator elektrodlarini qurilmaning orqa tarafida joylashgan ko‘zchalarga yo‘riqnomada ko‘rsatilgandek o‘rnating.
3. Indikator elektrodni aralashtirma ustida turgan AgNO3 ning 0,01M eritmasiga taqqoslash elektrodni esa KNO3 eritmasiga tushuring. Eritmalarni ko‘prik orqali bog‘lang. Qurilmani yo‘riqnomada ko‘rsatilganidek yoqing. E kattalikni o‘lchang. Kumush elektrod potensial ko‘rsatkichini hisoblang. Solishtirish elektrodining potensiallikni ilovadan toping. Aniqlangan kumush ionlari konsentratsiyasida φAg Nernest tenglamasida hisoblanganidan farq qiladimi?
4. O‘quv topshirig‘i sifatida AgNO3 eritmasi bilan KCl ning feksallangan aliqvot qismini (0,010m, 10,0 ml) titrlang. AgNO3 1 mldan qo‘ygan holda titrantning har bir AgNO3 ni qo‘shilgan porsiyasidan so‘ng 30 stabil ko‘rsatmalar hosil bo‘lguncha 30-40 s kuting, jadval tuzib unga ma’lumotlarni kiriting. Analiz natijalariga ko‘ra taxminiy titrlash cho‘qqilarini aniqlang va analizni takrorlang. Ko‘rsatkich yordamida ancha kam 0,10 ml undan uzoqda ancha yirik (2,0 ml) titrant porsiyalarni qo‘shing. Titrantning ortiqcha qismini (5-6 ml) albatta eritmaga qo‘shish kerak.
5. Millimetrli qog‘ozda E-VAgNO3 koordinatalarida olingan natijalar asosida grafik tuzing. TON ni 3-tegishli metodi bo‘yicha aniqlang. AgNO3 konsentratsiyasini hisoblang.
6. Tuzlar aralashmasini oling (sinov topshirig‘i). Bu aralashmadagi KCl ning massa ulushi 10%dan 100%gacha bo‘lishi mumkin. Aralashmaning massasini shunday olingki 1-10 titrlanganda 10-20 ml AgNO3 sarflansin. Aralashmani 100 ml li o‘lchov kolbasida eriting.
7. Eritmadan olingan alikvot qismlarni 3 martadan kam bo‘lmagan holda titrlang, E kattalik bo‘yicha TONni hohlagan usulda hisoblang. R=0,95 ko‘rinishidagi ishonchli intervalni toping va analiz uchun olingan namunadagi KCl miqdorini hisoblang. Ish joyini yig‘ishtiring. Topshiriq javobi bo‘yicha laborantga murojaat qiling. Barcha texnik natijalar grafik va hisoblashlar, hisobotda ko‘rsatilishi shart.

Download 31.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling