Laboratoriya ishi №4. Chaqiq tosh, shagʻaldan asos va qoplamalar qurishda sifat nazorati. - Laboratoriya ishi №4. Chaqiq tosh, shagʻaldan asos va qoplamalar qurishda sifat nazorati.
- Materiallarning siqilishdagi mustahkamlik chegarasini aniqlash
- Materiallarning siqilishdagi mustahkamlik chegarasi gidravlik presslarda aniqlanadi. Tosh materiallarning siqilish kuchining ta’sirida bo‘lishi, siqiluvchi zo‘riqishni va siqilish deformatsiyasini hosil qiladi.
- Kerakli o‘lchov vositalari va qo‘shimcha jihozlar: gidravlik press, tosh kesadigan dasgoh, silliqlash doirasi, shtangenserkul, uch burchak.
- Ish tartibi
- 1. 4-5 ta namunaga raqam qo‘yib quritiladi.
- 2. Namunalarni gidravlik pressning pastki plitasining aniq o‘rtasiga o‘rnatiladi.
- 3. Namunani gidravlik pressning tepasidagi plitasi bilan siqiladi.
- 4. Bosim o‘lchagichni nolga keltirib, nasosning elektron matori yurgiziladi, bunda bosim sekundiga 1,2-1,5 MPa chegarasida ortib borishi kerak.
5. Birinchi yoriq paydo bo‘lishi bilan hamda namuna buzila boshlashi bilan monometrning ko‘rsatkichi yozib olinadi. - 5. Birinchi yoriq paydo bo‘lishi bilan hamda namuna buzila boshlashi bilan monometrning ko‘rsatkichi yozib olinadi.
- 6. Namunaning buzilish vaqtidagi kuchlanishni uning maydoniga bo‘lgan nisbati siqilishdagi mustahkamlik chegarasi deyiladi va quyidagi formula bilan ifodalanadi:
- Bu yerda: Р-namunani buzilish vaqtidagi kuchlanishi, (N),
- S-namunaning ko‘ndalang kesim yuzasida.
- 1. Chaqiqtosh (shag‘al)ning haqiqiy zichligini aniqlash
- Chaqiq tosh – qattiq tog‘ jinsining yirik bo‘laklarini chaqib maydalash yo‘li bilan olinadigan materialdir. Chaqiq tosh maxsus elaklardan o‘tkazilib o‘lchami bo‘yicha ajratiladi.
- Shag‘al – pishiq tog‘ jinslarining tabiiy ravishda yemirilishi natijasida vujudga kelgan va donalari dumaloq materialdir.
- Chaqiq tosh (shag‘al) ning fizik-mexanik xossalari Davlatlararo standart GOST 8269.0-97 bo‘yicha aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |