- Kerakli o‘lchov vositalari va qo‘shimcha jihozlar: laboratoriya tarozisi, quritish javoni
- Sinovga tayyorgarlik va uni o‘tkazish tartibi
- 1. Chaqiq tosh (shag‘al) ning namligini aniqlash fraksiyalari o‘lchamiga qarab namunalar tortib olinadi. Namunalar massasi kamida quyidagicha bo‘lishi kerak:
- 1,0 kg — Chaqiq tosh (shag‘al) fraksiyasi o‘lchami 5 -10 mm uchun;
- 1,5 kg — shunday 10-20 mm uchun;
- 2,5 kg — » 20-40 mm uchun;
- 5,0 kg — » 40- 70 (80)mm uchun.
- 2. Chaqiq tosh (shag‘al) namunasi idishda tortib olinib, doimiy massasigacha quritiladi va yana massasi tortiladi.
2. Chaqiq tosh (shag‘al) ning g‘ovakligini aniqlash
Materialning g‘ovakligi uning hajmini bo‘shliklar, g‘ovakliklar bilan to‘ldirib turish darajasi bilan xarakterlanadi.
Chaqiq tosh (shag‘al)ning g‘ovakligi aniqlangan o‘rtacha va to‘kma zichliklari bo‘yicha hisoblab topiladi.
- 3. Chaqiq tosh (shag‘al) ning suv shimuvchanligini aniqlash
- Chaqiq tosh (shag‘al) ning suvshimuvchanligi uning suvga to‘yintirilgandan keyingi massasi bilan quritilgandan keyingi massasini solishtirish orqali aniqlanadi.
- Kerakli o‘lchov vositalari va qo‘shimcha jihozlar: raqamli stol tarozisi, quritish javoni, namunani suvda saqlash uchun idish, metall shetka.
Sinovga tayyorgarlik va uni o‘tkazishtartibi - Sinovga tayyorgarlik va uni o‘tkazishtartibi
- 1. Chaqiq toshning suv shimuvchanligini aniqlash uchun sinalayotgan namuna donalarining yiriklik darajasiga qarab, sinov uchun zarur miqdorda namuna tanlab olinadi. Tanlab olingan namuna tozalanib quritiladi. Shundan so‘ng namuna harorati uy haroratidan farq qilmaydigan suvda 48 soat ivitib qo‘yiladi. Shu muddat o‘tgandan keyin namuna suvdan olinib, yumshoq ho‘l latta bilan artiladi va darhol tarozida tortiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |