Laboratoriya ishi 4 Mavzu: Internet tarmogʻida ma’lumotlarni izlash va saqlash. Elektron pochta xizmatidan foydalanish


Download 485.11 Kb.
Sana16.04.2023
Hajmi485.11 Kb.
#1360129
Bog'liq
Internet tarmogʻida ma’lumotlarni izlash va saqlash. Elektron pochta xizmatidan foydalanish.


LABORATORIYA ISHI 4
Mavzu: Internet tarmogʻida ma’lumotlarni izlash va saqlash. Elektron pochta xizmatidan foydalanish.

Laboratoriya jihozlari: Kompyuter, Internet tarmogi, brauzer dasturi.


Mavzu: Internet tarmogida malumotlarni izlash va saqlash. Elektron pochta xizmatidan foydalanish.
Ishning maqsadi: Internet tarmog’ida malumotlarni izlash va saqlash boyicha konikmalar hosil qilish.
Nazariy qism: Qidiruv tizimi — asosan kompyuterda,  kompyuter tarmogida yoki butunjahon web tarmogida  World Wide Web saqlanayotgan malumotlarni qidirishga mo’ljallangan dasturdir. Internet qidiruv tizimi Information Retrieval systemdan kelib chiqqan. Bu sistema ma’lumotlar bazasi uchun kalit-so’zlar indeksini yaratib, natijada ushbu kalit-so’z qatnashgan qidiruv so’rovnomasiga javob sifatida natijalar ro’yxatini ko’rsatish imkoni paydo bo’ladi. Qidiruv tizimining afzalliklaridan biri bu kerakli ma’lumot yoki axborotni qisqa vaqt ichida kompyuter xotirasidan topib uni foydalanuvchiga yetkazishdir. Qidiruv tizimining asosiy vazifalari, hamda tarkibiy qismlari quyidagilardir:

  • Indeks yaratish va yangilab turish (hujjatlardagi ma’lumotlar strukturasi)

  • Qidiruv so’rovnomalarini bajarish

  • Qidiruv natijasini imkon qadar mazmunli, ya’ni tushunarli shaklda ko’rsatish

Elektron pochta – kompyuter tarmoqlari bo‘ylab elektron xatlar bilan almashish (qabul qilish va yuborish) imkonini beruvchi texnologiyadir. Elektron pochta tuzilishi va ishlash prinsipi jihati tomonidan oddiy (qog‘ozli) pochta tizimiga o‘xshab ketadi. Undagi terminlar (xat, konvert, banderol («посылка»), pochta quti, etkazib berish), unga xos bo‘lgan jihatlar – qulayliklar, xabarlarni jo‘natishdagi kechikishlar, yetarli darajadagi ishonchlilik va shu bilan birga etkazib berishning kafolatlanmasligi kabi xususiyatlar elektron pochtaga ham xos.
Elektron pochtaning afzalliklari:
*manzillar nomining eslab qolishga qulayligi
* matndan tashqari istalgan formatdagi fayllarni jo‘natish imkoniyati;
*xabarlarning yetarli darajada tez va ishonchli yetkazib berilishi;
*foydalanishning osonligi va hokazo.
Elektron pochtaning kamchiliklari:
*spam (reklama va viruslarning ommaviy ravishda tarqatilishi);
* xabar ba’zan bir necha kungacha kechikib yetkazib berilishi ehtimoli;
*xabar hajmining chegaralanganligi, pochta qutisiga begona odam kirib olsa,
undan g‘arazli maqsadlarda foydalish imkoniyati va hokazolar.
Hozirgi kunda kompyuterda ozmi-ko‘pmi ishlay oladigan har qanday odam o‘ziga bepul elektron pochta qutisi ochib olib, undan bemalol foydalanishi mumkin. Buning uchun elektron pochta xizmatini taqdim etuvchi portallarning birida ro‘yxatdan o‘tish kifoya. Ro‘yxatdan o‘tgach, internet tarmog‘iga ulangan har qanday kompyuter orqali elektron pochta istagancha foydalanish mumkin. Bunday portallar juda ko‘p. Ularning eng mashhurlari quyidagilar:

  • http://mail.google.com

  • http://mail.yahoo.com

  • http://www.mail.ru

  • http://mail.yandex.ru

  • http://mail.rambler.ru

Topshiriqlar.
1.Google.co.uz qidiruv tizimini ishga tushirdim.

2.Bizga kerakli ma`lumotni kiritdim

3.Ma`lumotning pdf shaklini komputerga saqlab oldim

4. umail.uz milliy elektron pochta tarmog’iga kirdim.



4.Pochtada Yozish tugmasini bosdim
Ppp
5. Kerakli elektron pochta manzilini yozdim va jo`natish tugmasini bosdim.

Xulosa: 1-laboratoriya mashg’ulotini bajarish orqali qanday qilib internet tarmog’ida ma’lumotni qidirishni, topib saqlashni o’rganib oldim.Va internetda qaysi ma`lumotlar to`g`ri yoki noto`g`ri ekanligini ham bilib oldim. Elektron pochta tarmog’iga ulanib, elektron pochta orqali ma’lumot jo’natishni va qabul qilishni o’rgandim.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

  1. Informatika 8-sinf.Boltayev B,Azamatov A (2015)

  2. S.S.G’ulomov va boshqalar. Axborot tizimlari va texnologiyalari. Darslik. T, “Sharq” 2000-yil.

  3. Informatika asoslari M Aripov,A.Haydarov

  4. www.Dasturchi.uz

  5. www.ziyonet.uz –Ziyonet axborot ta’lim portali

Download 485.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling