Laboratoriya ishi №4. Metallarning mol massa ekvivalentini aniqlash


Download 244.19 Kb.
bet2/2
Sana06.11.2023
Hajmi244.19 Kb.
#1750816
1   2
Bog'liq
2 Laboratoriya

Tajriba natijalarini hisoblash.

  1. V(H2) = V(oxir.) - V(bosh.), - formuladan foydalanib ajralgan vodorod hajmi ni hisoblang.

  2. P(H2)=P(atm) – P(H2O) - formuladan foydalanib vodorod parsial bosimini toping.

  3. PoVo/To= r(H2)V(H2)/T => Vo=[P(H2) = To/ PoT] = V(H2) – formuladan foydalanib vodorod hajmi ni normal sharoitga keltiring.

  4. Quyidagi tenglama bo‘yicha : m(H2) = M(H2)=Vo(H2)/Vm ajralgan vodorodning massasini hisoblang.

  5. Ekvivalent qonuniga asoslanib metall ekvivalentining molyar massasini aniqlang:

a) m(Me) / m(H2)=Me(Me) /Me (H);
vodorod massasi bo‘yicha Me (metall)= m(Me) * Me (H)/ m(H2)
b) m(Me) / Vo(H2 = MeMe)/ Ve(H);
vodorod hajmi bo‘yicha Me (metall)= m(Me) * Ve (H)/Vo(H2).
Jadval-1
Suv bug‘i bosimining turli haroratdagi qiymati

kPa

mm.sim.ust

0C

0C

5,6

42,18

34

35

5,3

39,90

34




5,0

37,73

33




4,7

35,66

32




4,5

33,70

31




4,2

31,82




30

4,0

30,04

29




3,8

28,35

28




3,6

26,74

27




3,4

25,21

26




3,2

23,76




25

3,0

22,38

24




2,8

21,07

23




2,6

19,83

22




2,5

18,65

21




2,3

17,54




20

2,2

16,48

19




2,1

15,48

18




1,8

14,53

17




1,7

13,63

16




1,6

12,76




15

Nazorat savollari.

  1. 0,0434 g metall kislota tarkibidan n.sh. da 40 ml vodorodni siqib chiqargan. Shu metall ekvivalentining molyar massasini toping.

  2. 0,1325 g soda bilan kalsiy gidroksid ekvivalentining molyar massasi 37 ga teng bo‘lganda reaksiyaga kirishadi. Soda ekvivalentining molyar massasini toping.

  3. 4,3 g metall oksidi 17oC va 113,2 kPa bosimda qizdirilganda 580 ml kislorod ajralgan. Metall ekvivalentining molyar massasini aniqlang.

  4. 9,8 g fosfat kislotani neytrallash uchun ekvivalentining molyar massasini 56 ga teng bulgan 10% li o‘yuvchi kaliy eritmasidan 1,68 g sarflangan. Fosfat kislota ekvivalentining molyar massasini toping.

  5. 20 g 7,3 % li xlorid kislotada 20 g kalsiy karbonat eriydi. CaCO3 ning ekvivalentining molyar massasini hisoblang.



LABORATORIYA ISHI №5.

KIMYOVIY MODDALARNI TARKIBINI HISOBLASH VA SINTEZ QILISH, FORMULASINI KELTIRIB CHIQARISH, BIRIKMALAR TARKIBIDAGI KRISTALLIZASION SUVNI MIQDORINI TURLI USULLAR BILAN ANIQLAB, FORMULASINI CHIQARISH.


Ishning maqsadi: Mis kuporosi tarkibidagi kristallizasiya suvini aniqlash.
Kerakli jihoz va reaktivlar: Mufel pechi, elektr plita, elektron tarozi, termometr, mis kuporosi, chinni tigel, eksikator, qisqich, distillangan suv, shtativ.
Ishni bajarish uchun mufel pechi kerak bo’lib, u 1200oC haroratgacha qizdirib bera oladi. Mufel pechini (21-rasm) 220—240° atrofida ushlab turiladi.
Ushbu ishning maqsadi mis kuporosi molekulasidagi suv molekulalari sonini aniqlashdir.
Tarkibida kristallanish suvi bo’lgan moddalar kristallogidratlardir. Barcha kristallogidratlar muayyan temperaturada qizdirilganda kristallizatsiya suvini yo’qotadi. Parchalanish ancha yuqori temperaturada sodir bo’ladi.
Masalan, mis kuporosi 220° temperaturada tarkibidagi kristallizatsiya suvini butunlay yo’qotib, suvsiz tuzga aylanadi. Suvsiz mis sulfat esa 653°C da parchalana boshlaydi. ZnSO4∙7H2O esa o’zidan 320-350oC da suv ajralib chiqa boshlaydi.




Mufel pechi tashqi ko’rinishi Mufel pechi ichki ko’rinishi

Ishning bajarilishi. Avvalo, chinni tigelni qizdirib uni eksikatorda soviting, so’ngra uni texnokimyoviy tarozida 0,02 g gacha aniqlik bilan torting. Tigelga taxminan 1—1,3 g maydalangan mis kuporosidan solib, torting va uni mufel pechiga qo’yib, 220—240° temperaturada batamom suvini yo’qotguncha qizdiring. Tuz rangining o’zgarishini kuzating. Tuz butunlay oqarib ketgandan keyin qisqich yordamida tigelni mufel pechidan olib, eksikatorga qo’ying va unda butunlay soviguncha qoldiring. Nima uchun tuz solingan tigelni havoda sovitish mumkin emas?
Sovigan tigelni eksikatordan olib torting.
Tigelni qaytadan qum hammomiga qo’ying va 10—15 minut qizdiring. Shundan so’ng tigelni qaytadan eksikatorda soviting va torting.
Tigelni qizdirish va sovitishni og’irligi 0,01 g dan ko’p farq qilmaguncha takrorlash kerak.

Ma’lumotlarni yozish va hisoblash.
Tigel massasi . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . …………….. . . . ….………. . . . . . . m1
Tigelning tuz bilan birgalikdagi massasi . . . . . .. . . . . …….. ……………….…….… . . . . . . . . m2
Tuzning massasi . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . …………………….. . m3 =(m2 – m1)
Birinchi qizdirishdan so’ng tuz solingan tigelning massasi . …………..………...mI4 Ikkinchi qizdirishdan so’ng tuz solingan tigelning massasi . ……..…….…………………………….…. mII4
Tuz solingan tigelnnig o’zgarmas massasi . . . . . . . . . . ……………... . . …………... . . . . . . . . m4
Yo’qotilgan suvning massasi . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . ……………... . ……. . m5 =(m2 –m4)
Suvsiz tuzning massasi . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . ……. . . ……………... . . . . . . m6 =(m4 –m1)
Bir mol suvsiz tuzga to’g’ri keladigan suvning miqdorini hisoblang va kristallogidratning kimyoviy formulasini chiqaring.
Mustahkamlash uchun savol va masalalar.

  1. 0,65 g kristall holidagi soda qizdiridgandan so’ng suvsiz tuzning massasi 0,485 g ga teng bo’lib qoldi. Kristallogidrat formulasini chiqaring.

  2. 14,3 g kristallogidrat qizdirilganda 5,3 g suvsiz soda hosil bo’ldi. Kristallogidrat formulasini chiqaring.

  3. Tarkibida 9,8% magniy, 13% oltingugurt, 26% kislorod va 51,2% suv bo’lgan kristallogidratning formulasini chiqaring.

  4. Ma’lum tuz kristallogidrati tarkibida 18,6% natriy, 25,8% oltingugurt, 19,4% kislorod va 36,2% suv bor. Kristallogidrat formulasini chiqaring..

  5. Kalsiy xlorid kristallogidratining 7,3 grami qizdirilganda 3,62 g suv yo’qotadi. Shu kristallogidratning formulasini chiqaring.

  6. Vanadiy xlorid kristallogidratning 26,55 grami qizdirilganda 10,8 g suv yo’qotadi. Uning formulasini chiqaring.

Download 244.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling