Laboratoriya ishi №4 Nam havo tavsifini aniqlash Ishning maqsadi
Download 100.11 Kb.
|
Нам хаво еавсифини аныклаш№4
Laboratoriya ishi № 4 Nam havo tavsifini aniqlash Ishning maqsadi: 1. Tajriba o‘tkazish bo‘yicha malaka orttirish va h-d diagrammadan misollar echishda foydalanish. 2. Tajriba natijalarining tahlili. 3. Xulosalar. I. NAZARIY QISM Juda ko‘p texnologik jarayonlarda ishchi jism sifatida havo qo‘llaniladi (materiallarni quritish va namlashda, pnevmotransportda, mexanizmlarning pnevmatik uzatmalarida va hokazo). Jarayonlarning hisoboti uchun shu ishchi jismning xususiyatlari va parametrlarini bilish zarur. Atmosfera havosida har doim namlik bo‘ladi. Atmosfera havosi quruq havo va suv bug‘ining aralashmasidan iborat. O‘zining fizik xususiyatlari bo‘yicha nam havo ideal gazdan uncha farq qilmaydi. Buning sababi shundaki, havodagi namlik bug‘ holatida bo‘lib, u uncha katta bo‘lmagan parsial basi’mga ega (bir necha mm sim.ust.). Undan tashqari, nam havodagi jarayonlar ko‘pincha atmosfera basi’miga yaqin basi’mlarda kechadi. SHu sabablarga ko‘ra nam havoga ideal gaz qonunlarini qo‘llash mumkin. Havoda suv bug‘i o‘ta qizigan yoki to‘yingan bo‘lishi mumkin. Bu sharoitda havoning berilgan tempereraturaida bug‘ning holati uning parsial basi’mi bilan belgilanadi. Havoning namligi havodagi suv bug‘ining miqdori bilan ifodalanadi. Nam havo tarkibidagi suv bug‘ining massasini shu nam havo hajmiga nisbati uning mutlaq namligi b deb ataladi. Havoning nam saqlami (d) deb, nam havodagi 1 kg quruq havoga nisbatan olingan suv bug‘ining massasiga aytiladi. Nisbiy namlik () deb, to‘yingan havoning haqiqiy mutlaq namligini (b) mazkur t dagi to‘yingan havoning mutlaq namligiga ( ) nisbati aytiladi. (5.1) bu erda: Rb – suv bug‘ining parsial basi’mi; Rh – nam havodagi to‘yingan bug‘ning parsial basi’mi. Havoning nisbiy namligi ni aniqlash uchun har xil usullar va o’lshew asbablari’ qo‘llaniladi. SHu usullardan biri psixrometrik usul bo‘lib, u bir xil ikkita simobli termometrlarning ko‘rsatishlari farqiga asoslangan, bu erda bitta termometrning termoballoni suv bilan ho‘llanib turiladi. SHu asosda qurilgan asboblar – psixrometrlar deb ataladi. Havoning nisbiy namligi =0 dan (quruq havo ) = 1 (havo namlik bilan to‘yingan) oralig‘ida o‘zgarishi mumkun. O‘zgarmas basi’mda to‘yingan nam havoninng (0< sh deb ataladi. Nam havoni sovitish davom ettirilsa, undan namlik shudring yoki tuman ko‘rinishida ajrala boshlaydi. Nam havoning asosiy parametrlarini quyidagi tenglamalardan aniqlanadi: Nam havoning gaz doimiysi (5.2) bu erda: Rb = ∙R, / mm sim.ust./ Rb – nam havo tarkibidagi bug‘ning parsial basi’mi; R, – aralashma basi’mi ( nam havoning basi’mi ), /mm sim.ust./. Nam havoning zichligi: (5.3) bu erda: T – nam havoning mutlaq tempereraturai, /K/. (5.3) tenglamadan kelib chiqadiki, havoning namligi qancha ko‘p bo‘lsa, ya’ni havodagi suv bug‘ining parsial basi’mi katta bo‘lsa, havo zichligi shuncha kam bo‘ladi. Download 100.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling