LABORATORIYA ISHI № 6. ALGORITMLASH VA DASTURLASH TILLARI. OBYEKTGA MO’LJALLANGAN DASTURLASH TILLARIDA ILOVALAR YARATISH
vazifa. Oddiy Windows-dasturini tuzish
Ishning maqsadi: Oddiy oyna, rang va dastur sarlavxavsiga ega boʻlgan Windows-dasturini tuzish
Yaratilayotgan dastur loyixa fayllari uchun papka yaratish
Delphi dasturlash tilini ishga tushirish
Forma oynasi sarlavxa nomini Form1 da Salom ga oʻzgatirish: obyektlar inispektori (inspektora obyektov - Object Inspector) oynasida Caption xossasi ga Salom soʻzini kiriting
Forma rangini standart rangdan boshqasiga oʻzgartiring: obyektlar inspektori oynasida Color xossasini toping va uni clAqua kattaligiga oʻzgartiring.
Dasturni ishga tushirib koʻrish:
Dasturni ishga tushirish uchun - menyuda Run boʻlimiga kiring yoki F9 tugmasini bosing yoki uchkunalar panelidan Run tugmasini ishga tushiring.
Oyna oʻlchamini oʻzgartiring.
Standart maksimizatsiya va minimizatsiya tugmalar yordamida oyna oʻlchamini oʻzgartirishni sinab koʻring.
Dasturi ishini tugating va oynani yoping.
6. Xosil boʻlgan loyixani oʻz papkangizga saqlang:
Buning uchun File menyusidan, Save All ni tanlang va xosil boʻlgan oynadan oldin yaratilgan papkani tanlang (1 boʻli), loyixa nomini 8-1-lab deb nomlang.
vazifa. Mening birinchi dasturim
Ishni maqsadi: “Mening birinchi dasturim” matni va matn shriftini oʻlchami va matni xarakatlantirish imkoniga ega boʻlgan tugmadan iborat dastur tuzish.
Form1 oynasida Label obyektini joylashtiring:
Label1 obektini formaning oʻzingizga mos boʻgan joyiga.
Label1 obyekti xossasini oʻzgartirish:
Object Inspector oynasida quyidagi kattaliklar xossasini jadval boʻyicha oʻzgartiring:
Do'stlaringiz bilan baham: |