Laboratoriya ishi №5 Mavzu: Shisha plastinkaning sindirish ko’rsatkichini interferensiya yo’li bilan aniqlash. Ishdan maqsad
Download 25.97 Kb. Pdf ko'rish
|
Shisha plastinkaning sindirish ko’rsatkichini interferensiya yo’li bilan aniqlash.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kerakli asbob va uskunalar.
Laboratoriya ishi № 5 Mavzu: Shisha plastinkaning sindirish ko’rsatkichini interferensiya yo’li bilan aniqlash. Ishdan maqsad: Shisha plastinkaning sindirish ko’rsatkichini interferensiya yo’li bilan aniqlashdan iborat. Kerakli asbob va uskunalar. 1. Kirralari parallel bo`lgan shisha prizmalar. 2. Ignalar. 3. Qog`ozning toza varag`i. 4. Karton varag`i. 5. Millimetrli chizg`ich. 6. Stolcha. Nazariy ma’lumotlar. To‘lqin interferensiyasi kuzatilishi sharti ularning kogerentligidadir, ya’ni bir necha tebranma va to‘lqin jarayonlarining vaqt bo‘yicha va fazoda bir–biriga muvofiq ravishda kechishidir. yorug‘lik to‘lqinlari interferensiyasini kuzatish uchun optik yo‘l farqlari kogerentlik uzunligidan kichik bo‘lishi zarur. Agarda to‘lqinlar monoxramatik bo‘lsalar, chastota spektri kengligi kichik bo‘lib, kogerentlik vaqti kog katta bo‘ladi, kog kogerentlik uzunligi esa uzun bo‘ladi. Fazoning birdan bir nuqtasida kuzatiladigan tebranishlar kogerentligi – vaqtli kogerentlik deb ataladi. Interferensiya xodisasini kuzatish imkonini beradigan ikkita yorug‘lik manba’ining o‘lchamlari va o‘zaro joylashishi fazoviy kogerentlik deb ataladi. Ikkita kogerent yorug‘lik to‘lqinlari bir-birini ustiga tushganda yorug‘lik oqimining fazoviy qayta taqsimlanishi kuzatilib, ayrim nuqtalarda to‘lqin jadalligining maksimumi, boshqa nuqtalarda minimumi kuzatiladi. Bu xodisa yorug‘lik to‘lqinining interferensiyasi deb ataladi. Demak, ikkala to‘lqin qo‘shilib, bir-birini maksimal kuchaytirishi uchun bu to‘lqinlar yo‘li farqi juft sonli yarim to‘lqin uzunligiga teng bulishi kerak, ya’ni: m m 2 2 (5.2) Xuddi shunga o‘xshash to‘lqinlar bir-birlarini susaytirish sharti toq sonli yarim to‘lqin uzunligiga teng bo‘lishi kerak, ya’ni 2 ) 1 2 ( m (5.3) bunda ... 3, 2, 1, 0, m bo‘lib, u interferensiyaning maksimumlar va minimumlar tartibi deyiladi Yorug`lik bir muhitdan 2-muhitga o`tganda o`z yo`nalishini o`zgartiradi yoki sinadi. Yorug`likning sinish qonuni 1 muhitdan ikkinchi muhitga o`tganda tarqalish tezligi o`zgarishi bilan tushuntiriladi va quyidagi qonunlarga bo`ysunadi: 1) tushuvchi va singan nurlar 2 muhit chegarasida nur tushgan nuqtadan o`tkazilgan perpendikular bilan bir tekislikda yotadi; 2) tushush burchagining sinusining sinish burchagi sinusiga nisbati berilgan 2 muhit uchun o`zgarmas kattalik. Bunga 2-muhitning birinchi muhitga nisbatan sindirish ko`rsatkichi : y n sin sin Ishni bajarish tartibi. 1. Stolga, tagiga karton qog`oz qo`yilgan toza qog`oz varag`i qo`yish kerak,qog`oz varaq ustiga shisha plastinkani qo`yib uni qalam bilan konturlarini chizing.(qirralarini) 2. SHishaning birinchi va ikkinchi tamoniga bir-biridan uzoqlashgan ikkita ignani shunday sanchingki bu ikkita igna shisha qirrasida va perpendikularlarda yotsin, perpendikularlar ustma-ust tushmasligi kerak(2 va 3 ignalar) Shishaning ikki tamoniga 1 va 4 ignalarni shunday sanchish kerakki shisha plastinadan qaraganda ignalar 1,2,3,4, bir to`g`ri chiziqda yotishi kerak. Shishasiz qaraganda esa bir to`g`ri chiziqda yotmaydi. 4. Shisha va ignalarni olib igna sanchilgan joylarni 1,2,3,4 nuqtalar bilan belgilab ular orqali shishani qirrasi bilan kesishguncha to`g`ri chiziq kesmasi o`tkazing 1-2, 2-3, 3-4 siniq chiziq hosil bo`ladi. 5. Siniq chiziqlarni shisha bilan kesishgan nuqtalariga perpendikular o`tkazing( h uzlukli chizik). 6. Ular orasidagi va y burchaklarni belgilang 7. 2-nuqtadan uzlikli chiziqda shisha qalinligi d ga teng kesma oling va undan birinchi chiziqqa a kesma o`tkazing (a kesma d ga perpendikular bo`ladi) Shisha sirtiga parallel bo`lsin. 8. Kesmalar a,d a’ larni millimetrli chizg`ich bilan o`lchang. 9. 1 1 1 / / a a n a a d a d a tgy tg n formuladan n ni hisoblab toping. 10. Tajribani kamida 3 marta takrorlang va natijalarni jadvalga yozing. Sinov savollar. 1. Geometrik optika qonunlarini bilasizmi? 2. Muhitni nisbiy sindirish ko`rsatkichi nima ? 3. Yorug`likni to`g`ri chiziq bo`ylab tarqalishini tushintiring? 4. Turli xil muhit chegarasida yorug`likni sinishini chizing? Download 25.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling