Laboratoriya ishi №5 Mavzu: Taqdimot slaydlarida ob’yektlardan foydalanish (rasm, diagramma, jadval, tovush va videoklip). Animatsiya effektlari Ishning maqsadi
Download 0.61 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Laboratoriya jihozlari: Tarqatma topshiriqlar, kompyuterlar.
Laboratoriya ishi №5 Mavzu: Taqdimot slaydlarida ob’yektlardan foydalanish (rasm, diagramma, jadval, tovush va videoklip). Animatsiya effektlari Ishning maqsadi: O‘quv jarayoni uchun o‘rgatuvchi taqdimotlar yaratishni o`rgatish va amaliy ko`nikmalar hosil qilish. Kutilayotgan natija: Talabalarda o‘quv jarayoni uchun o‘rgatuvchi taqdimotlar yaratish haqida nazariy va amaliy ko’nikmalar hosil qilinadi.Laboratoriya jihozlari: Tarqatma topshiriqlar, kompyuterlar.Ish rejasi:1. Microsoft Power Point dasturi haqida ma’lumot. 2. «Слайд» (slayd) va «Презентация» (taqdimot) tushunchalari. 3. «Создание презентации» (taqdimot yaratish) orqali taqdimotdan foydalanish. 4. «Новая презентация» (yangi bo‘sh taqdimot) yoki «Пустую презентацию» (bo‘sh taqdimot) orqali taqdimot yaratish. 5. «Шаблон оформления» (rasmiylashtirish qolipi) orqali taqdimot yaratish. 6. «Мастер автосодержания» (avtomundarija ustasi) orqali taqdimot yaratish. Nazariy ma’lumotlar: 1. Microsoft Power Point dasturiga kirish ketma-ketligi. [Пуск][Программы][Microsoft Power Point] 2. «Слайд» (salyd) va «Презентация» (taqdimot) tushunchalari. «Слайд» (salyd) – ma’lum bir o‘lchamga ega bo‘lgan muloqot varaqlari hisoblanadi. Unda biror maqsad bilan yaratilayotgan namoyish elеmеntlari joylanadi, ya’ni «Презентация» (taqdimot)ni alohida kadri bo‘lib, matnni, sarlavhalarni, grafik va diagrammalarni o‘z ichiga oladi. «Презентация» (taqdimot) – bu slaydlar va maxsus effektlar to‘plami bo‘lib, ularni ekranda ko‘rsatish, namoyish etish uchun tarqatiladigan material, ma’ruza matni shaklida bitta faylda saqlanadi. 3. «Создание презентации» (taqdimot yaratish) orqali taqdimotdan foyda-lanish. Bu muloqot darchasi orqali taqdimot yaratish turini tanlab olish mumkin bo‘ladi. U quyidagi 4 ta asosiy bo‘limdan iborat: «Новая презентация» (yangi bo‘sh taqdimot) yoki «Пустую презентацию» (bo‘sh taqdimot), «Шаблон оформления» (rasmiylashtirish qolipi), «Мастер автосодержания» (avtomundarija ustasi), «Открыт презентацию» (taqdimotlarni ochish). 4. «Новая презентация» (yangi bo‘sh taqdimot) yoki «Пустую презентацию» (bo‘sh taqdimot) orqali taqdimot yaratish. «Новая презентация» (yangi taqdimot) yoki «Пустую презентацию» (bo‘sh taqdimot) — bu bo‘sh taqdimot orqali mustaqil ravishda yangi taqdimot yaratish imkonini bеradi. 5. «Шаблон оформления» (rasmiylashtirish qolipi) orqali taqdimot yaratish. «Шаблон оформления» (rasmiylashtirish qolipi) — bu taqdimotni ma’lum bir qolip asosida, tashqi ko‘rinishini (rangli jihozlanishini) tanlash orqali, ularda ish olib boorish, taqdimot yaratish imkonini bеradi. 6. «Мастер автосодержания» (avtomundarija ustasi) orqali taqdimot yaratish. «Мастер автосодержания» (avtomundarija ustasi) — bu ma’ruzachi ismi, familiyasi, mavzu nomi, taqdimot turi, uslubi, rangli chizmasini tanlab, bir nеcha slayddan iborat bo‘lgan tayyor taqdimotni chiqaradi. Topshiriqlar variantlari (masala, misol, keyslar): Tarjimai holingiz ifodalangan yangi matnli slayd yarating. O‘zingizni manzilingiz aks etgan slayd yarating. Fanlaringiz aks etgan dars jadvali slaydini yarating. Barcha yaratilgan slaydlarga animatsiya joylashtiring. Laboratoriya ishlarini o’tkazish qoidalari va xavfsizlik choralari: Berilgan nazariy ma’lumot bilan tanishib chiqiladi va topshiriqlar variantlari ketma-ket bajariladi va natijalar olinadi. Kompyuter xonasida xavfsizlik texnikasi qoidalari va sanitariya – gigiyena talablariga amal qilinadi. Nazorat savollari: Slayd nima? «Слайды» rejimida ekranda nimalar akslantiriladi? Yangi slayd qo‘yish qanday amalga oshiriladi? Slaydga qanday animatsiya beriladi? Prezentatsiya nima? Adabiyotlar ro’yxati: M.T.Azimjanova, Muradova, M.Pazilova, Informatika va axborot texnologiyalari, O’quv qo’llanma, Toshkent, 2013. M.Aripov, A.Madraximov, Informatika, informasion texnologiyalar, Informatika, informasion texnologiyalar, Toshkent, 2004. Ф.Зокирова и др. Информатика и ИТ .Мет.пос. Ташкент, 2007. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling