Laboratoriya ishi №5 shishani fizik xossalarini aniqlash. Shishaning sindirish ko’rsatkichini aniqlash. Ishning maqsadi


Download 102.7 Kb.
bet1/2
Sana11.03.2023
Hajmi102.7 Kb.
#1261064
  1   2
Bog'liq
5- LABORATORIYA ISHI


LABORATORIYA ISHI №5
SHISHANI FIZIK XOSSALARINI ANIQLASH.
Shishaning sindirish ko’rsatkichini aniqlash.
Ishning maqsadi: yorug’likning sinish qonuni bilan tanishish va qattiq shaffof jismlarning, sindirish ko’rsatkichlarini aniqlash.
Asbob-uskunalar
4 ta oq qog’oz, ikki yon yog’i yassi parallel bo’lgan shisha plastinka, 4 ta igna, chizg’ich, qalam, uchburchakli chizg’ich, karton varag’i.
NAZARIY TUSHUNCHA
Yorug’lik bir shaffof muhitdan ikkinchi shaffof muhitga o‘tayotganda muhitlar chegarasida o’z yo’nalishini o’zgartirishi mumkin. Bu hodisa yorug’likning sinishi deyiladi.
Birinchi muhitda tarqaluvchi va ikki muhit chegarasiga borib yetuvchi AK nur tushuvchi nur deyiladi (2.l-rasm). Ikkinchi muhitga o’tgan KK' nur singan nur deyiladi. Ikki muhit chegarasidagi nurning K tushish nuqtasiga o’tkazilgan 00' perpendikulyar bilan tushuvchi nur hosil qilgan burchak tushish burchagi deyiladi. Singan nur bilan 00' perpendikulyar hosil qilgan burchak sinish burchagi deyiladi.
Tajribalar yorug’likning sinish qonuni o’rinli ekanini tasdiqlaydi. Bu qonun ham ikki qismdan iborat: tushuvchi nur, singan nur va ikki muhit chegarasiga nurning tushish nuqtasidan o’tkazilgan perpendikulyar bir tekislikda yotadi; tushish burchagi sinusining sinish burchagi sinusiga nisbati berilgan ikki muhit uchun o’zgarmas kattalikdir va ikkinchi muhitning birinchi muhitga nisbatan n sindirish ko’rsatkichi deyiladi:
(1)
Muhitning vakuumga nisbatan sindirish ko’rsatkichi shu muhitning absolyut sindirish ko’rsatkichi deyiladi. n nisbiy sindirish ko’rsatkichi bilan birinchi va ikkinchi muhitlarning n1 va n2 absolyut sindirish ko’rsatkichlari munosabat bilan bog’langanini Gyuygens prinsipi asosida ko’rsatish mumkin. Absolut sindirish ko’rsatkichi kichik bo’lgan muhit optik jihatdan zichligi kichikroq muhit deb ataladi.
Ko’pchilik hollarda yorug’likning havo-muhit chegarasidan o’tishini ko’rib chiqishga to’g’ri keladi. Bu holda muhitning n nisbiy sindirish ko’rsatkichi uning absolut sindirish ko’rsatkichidan juda kam farq qiladi:
.
Yorug’likning yassi-parallel plastinka orqali o’tishini ko’rib chiqaylik. BA nur havodan plastinkaning 1-yog’iga burchak ostida tushayotgan bo'lsin. U K nuqtada burchak ostida sinadi (KE nur). Ta’rifga ko’ra:
(2)
bu yerda n-lastinka materialining havoga nisbatan sindirish ko’rsatkichi. Yorug’lik nun plastinkaning 2-yog’iga burchak ostida tushadi va K1 nuqtada sinib, havoga burchak ostida chiqadi (2.2-rasm). Shuning uchun:
(3)
bu yerda -havohing plastinka materialiga nisbatan sindirish ko’rsatkichi. (2) va (3) ifodalarni hadma-had ko’paytirib, = ni hosil qilamiz. Binobarin, yassi-parallel plastinka orqali o’tgan yorug’lik nuri o’z yo’nalishini o’zgartirmaydi va faqat avvalgi yo’nalishiga nisbatan siljiydi. 00' to’g’ri chiziqda KM=KP kesmalar ajratib, M va P nuqtalardan BA va KE nurlar yo’nalishiga perpendikular tushiraylik. Hosil bo’lgan KMN va KPQ uchburchaklarda:
, (4)
bunda MN=d1 , PQ=d2 (1-rasm) ni KM=KR ekanini hisobga olgan holda (1) ga qo’yib,
(5)
ni hosil qilamiz.
Bu ishda yorug’likning sinish qonunini shishaning sindirish ko’rsatkichini ignalar yordamida aniqlash yo’li bilan o’rganiladi.

Download 102.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling