Laboratoriya ishi №5 shishani fizik xossalarini aniqlash. Shishaning sindirish ko’rsatkichini aniqlash. Ishning maqsadi


Download 102.7 Kb.
bet2/2
Sana11.03.2023
Hajmi102.7 Kb.
#1261064
1   2
Bog'liq
5- LABORATORIYA ISHI

Ishni bajarish tartibi

  1. Oq qog’ozni karton ustiga, shisha plastinkani qog’oz o’rtasiga qo’ying.

  2. Qog’ozga qalam bilan shisha plastinkaning sindiruvchi yoqlari bo’ylab chizing.

  3. Shisha plastinkaning bir yog’i yaqinidagi A va В nuqtalarga ignani vertikal holda qadang. Bunda A va В nuqtalarni tutashtiruvchi chiziq sindiruvchi yoqlar bilan 30°-50° burchak hosil qilsin (2.2-rasmga qarang).

  4. Shisha plastinkaning ikkinchi yog’iga C va D ignalarni vertikal holda shunday qadangki, ko’zni stol sathida tutib, shisha qalinligi orasidan С va D nuqtalardagi ignalar orqali qaralganda barcha ignalarning asoslari bir to’g’ri chiziqda turgandek tuyulsin. Shunday qilib, A va В nuqtalar orqali tushuvchi nurning shisha plastinka orqali o’tgandan keyingi CD yo’lini hosil qiling (2.2-rasmga qarang).

  5. Ignalarni olib, ularning o’rnini doirachalar bilan belgilang.

  6. A va В so’ngra С va D nuqtalar orqali to’g’ri chiziq o’tkazing va ularni 2.2-rasm shisha plastinka yoqlari bilan kesishguncha davom ettiring. Kesishish nuqtalari K va K1 ni to’g’ri chiziq bilan tutashtiring va punktir bilan qog’oz chetiga davom ettiring. Punktir chiziq tugagan nuqtani E harfi bilan belgilang.

  7. К nuqta orqali plastinka yog’iga perpendikular bo’lgan 00' punktir chiziq o’tkazing.

  8. K nuqtadan boshlab 00' to’g’ri chiziqda ixtiyoriy, lekin bir xil uzunlikdagi KM va KP kesmalarni o’lchab qo’ying.

  9. M va P nuqtalardan KB va KE nur yo’nalishlariga perpendikular tushiring.

  10. Hosil bo’lgan MN=d1 va PQ = d2 kesmalarni chizg’ich bilan o’lchang.

  11. (5) ifoda yordamida shishaning sindirish ko’rsatkichini hisoblang.

  12. Har gal oq qog’ozni o’zgartirib, tajribani 3-4 marta takrorlang.

  13. Xatolikni hisoblang.

  14. Natijalarni jadvalga yozing.

2.1-jadval



Tajriba
nomeri

,
sm

,
sm

n





1.
















2.
















3.
















O’rtacha
qiymatlar
















  1. Tajriba natijasini ko’rinishda yozing.

Nazorat savollari

  1. Yorug’lik bir muhitdan ikkinchisiga o’tganda uning qaysi parametrlari o’zgaradi?

  2. Yorug’likning sinishi nima?

  3. Yorug’likning sinishi qonunini ta’riflang.

  4. Muhitning absolyut sindirish ko’rsatkichi deb nimaga aytiladi?

  5. Bu ishda muhitning nisbiy sindirish ko’rsatkichi qanday aniqlanadi?

Download 102.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling