Laboratoriya ishi №6. Gips asosida bog`lovchi mahsulotlar olish. Ishdan maqsad
Download 71.17 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tajriba utkazish uchun kerakli buyumlar, jihozlar va reaktivlar.
- Ishni bajarish tartibi .
Laboratoriya ishi №6. GIPS ASOSIDA BOG`LOVCHI MAHSULOTLAR OLISH . Ishdan maqsad: Mineral o`g`itlar chiqindisi bo`lgan fosfogipsdan bog`lovchi mahsulotlar olish texnologiyasi jarayonini o`rganish. Tajriba utkazish uchun kerakli buyumlar, jihozlar va reaktivlar. 1. Quritish shkafi. 2. Chinni xovoncha. 3. №008 elak. 4. Qozoncha yoki tovacha. 5. Qumli laboratoriya xammomi. 6. Elektr plitkasi yoki gaz gorelkasi. 7. Metall gil`zali termometr. Ishni bajarish tartibi. Laboratoriya sharoitida mineral o`g`itlar chiqindisi bo`lgan fosfogipsdan bog`lovchi mahsulot – qurilish gipsi olish uchun oldindan quritish shkafida biroz quritib olingan fosfogipsni laboratoriya tegirmonida yoki chinni xovonchada GOST 125- 70 talablariga mos keladigan darajagacha maydalanadi. Sungra № 008 elakdan 15% qoldiq qolguncha o`tkaziladi. So`ngra quritish shkafiga joylashtirilib 50-95 0 S haroratda 2-3 soat davomida muntazam aralashtirilib turgan holda quritiladi. Quritish vazni doimiy holga kelguncha davom ettiriladi. Quritish natijasida fosfogips gigroskopik namlikdan quritiladi va bog`langan suv miqdorini aniqlaymiz. Nazariy jixatdan, bog`langan suv 20,93% ni tashkil qiladi, bu esa o`z navbatida ikki molekula suvga to`g`ri keladi. Amalda turli aralashmalar mavjud bo`lganligi sababli bog`langan bog`langan suv miqdori nisbatan kam bo`ladi. Yaxshilab maydalangan va quritilgan fosfogips gaz yoki elektr plitkasi yordamida qizdiriladigan qozoncha (tovacha)ga, solib qumli laboratoriya hammomiga joylashtiriladi va asta sekin qizdirib pishiriladi. Pishirish davomida fosfogips kukuni xarorati termometr yordamida o`lchab turiladi. Termometr metall gil`zaga o`rnatilib, uning yordamida fosfogips tez-tez aralashtirib turiladi. Shunday qilib gil`zadagi termometr bir vaqtda aralashtiruvchi va haroratni o`lchovchi vazifasini bajaradi. Pishirish davrida harorat 150-160 0 S dan oshib ketmasligiga e`tibor berish kerak. Buning uchun gorelka alangasini o`zgartirib turiladi yoki elektr plitkasi vaqti – vaqti bilan o`chirib – yoqilib turiladi (harorat avtotransformator yordamida elektr plitkaga tegishli kuchlanish berish bilan boshqarib turilsa ham bo`ladi ). Pishirish 2 soat davom etadi. So`ngra bog`langan (gidrat) suvni aniqlanadi. Nazariy jihatdan bog`langan suv 6,21% bo`lishi kerak. Olingan natijalar jadvalda qayd qilinadi. Pishirish vaqtining davomiyligi 30 min 60 min 90 min 120 min Mahsulotning og`irligi Hisobot tuzish. 1. Ishni bajarish uchun topshiriq. 2. Tajribaning qisqacha bayoni. 3. Tadqiqot ishlarining natijalari hisobi. 4. Tadqiqot natijalaridan chiqqan xulosalar. Adabiyotlar. 1. Ю. М. Бутт, В.В. Тимашев и другие «Практикум по химической технологии вяжущих материалов». 2. Т.А Отакузиев , Е.Т Отакузиев «Боғловчи моддалар». Тошкент-2002 й. Download 71.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling