Laboratoriya ishi №6


Download 101.09 Kb.
Sana15.02.2023
Hajmi101.09 Kb.
#1200417
Bog'liq
6 (2)

Laboratoriya ishi № 6


Mavzu: Dvigatelni, ishga tushirish sharoitlari.


Dvigatelni ishonchli ravishda ishga tushirish uchun zarur bo‘ladigan startyorning quvvati asosan ikki omilga bog‘liq: dvigatel tirsakli valining aylanishga qarshilik momenti Mq va dvigatelning ishga tushirish aylanish chastotasi nit ga, ya’ni


P = Mq * nit
9550


Qarshilik momenti. Qarshilik momenti Mq kattaligi dvigatel qismlari orasidagi ishqalanish kuchi (porshenlarni silindrlarda, tirsakli valni podshipniklarda) va silindrlarda havoni siqilishiga bo‘lgan qarshilik (dizel dvigatellarida) qiymatlari bilan belgilanadi.
Dvigatelning harakatlanuvchi qismlari orasida suyuqlikli ishqalanish bo‘lganligi va ishqalanuvchi qismlar orasi yupqa moy qatlami bilan ajralib turganligi sababli, ishqalanish qarshiligi qiymati ko‘p darajada motor moyining temperaturasiga (t 0S) va uning qovushqoqligiga ( , sSt ) bog‘liq. Moy harorati pasayishi bilan qovushqoqligi keskin ortadi (2.2 -rasm) va demak, dvigatelning qarshilik momenti ham oshadi (2.3 -rasm). Dvigatel tirsakli valining aylanishlar chastotasi oshishi bilan ishqalanuvchi yuzalar ora sidagi yupqa moy qatlamlaridagi tezlik gradientining o‘sishi, silindrdagi bosimning ortishi va podshipniklarga tushayotgan yuklamaning ko‘chayishi tufayli qarshilik momenti (ayniqsa past temperaturalarda) sezilarli darajada ortadi (2.3-rasm).
Muayyan turdagi dvigatelning qarshilik momentini eksperimental va hisoblash yo‘li bilan aniqlash mumkin. Eksperimental usul uzoq vaqt va mashaqqatli mehnat, bir qator murakkab tajribalar o‘tkazilishini talab qiladi. Turli xil dvigatellarning qarshilik momentini aniq-lash bo‘yicha o‘tkazilgan ko‘p sonli ilmiy tajribalardan olingan ma’lumotlarni tahlil qilish va ishlab chiqish natijasida qarshilik momentini analitik usul bilan hisoblash uchun bir qator empirik ifodalar olinib, ular umumiy holda quyidagi ko‘rinishga ega.


2.2-rasm.Motor moylari qovushqoqligini temperaturaga bog‘liqligi.

d

q
M k A x ny . (2.1)


Bunda k - doimiy koeffisient; A - ishqalanish yuzalarini ifodalovchi kattalik; - moyning qovushqoqligi; nd
- tirsakli valning aylanish chastotasi; x va y - dvigatel turiga bog‘liq bo‘lgan daraja ko‘rsatkich-lari.
2.3-rasm. Qarshilik momentini dvigatelning aylanishlar chastotasi va moy temperaturasiga bog‘liqligi ancha katta bo‘ladi.

Ishga tushirish aylanish chastotasi . Startyor dvigatelni ishga tushirish vaqtida, ya’ni tirsakli valni majburiy ravishda aylantirish jarayonida quyidagi qarshiliklarni engishi zarur. Avvalo, startyor dvigatel va uning qo‘shimcha mexanizmlaridagi harakatlanuvchi qismlarning ishqalanish kuchlari ta’sirida vujudga kelgan momentlarini engishi kerak. Ayniqsa, past temperaturada moyning qovushqoqligi ortib, dvigatel qismlarining ishqalanish qarshiligi kuchayganda, bu momentining qiymati. Ishga tushirish vaqtida startyor dvigatelning aylanuvchi qismlarini va asosan uning maxovigi inersiyasini engishi kerak. Bundan tashqari, silindrlarda ishchi aralashmani siqishdan hosil bo‘ladigan moment ham hisobga olinmog‘i zarur.


Demak, tirsakli valni majburiy ravishda aylantirish uchun startyor ancha katta burovchi momentga ega bo‘lishi kerak. Bu momentning qiymati, albatta, dvigatelning turiga, ishchi hajmi va silindrlar soniga bevosita bog‘liq.
Dvigatelni ishonchli ravishda ishga tushishi uchun tirsakli valni aylantirish chastotasi ma’lum belgilangan eng kichik qiymatdan kam bo‘lmasligi kerak. Benzinli dvigatelni 10 s, dizel dvigatelini 15 s davomida, ikki urinishda (urinishlar oraligidagi vaqt - 1 minut) ishga tushib ketishini ta’minlovchi aylanish chastotasi dvigatelning minimal ishga tushish aylanish chastotasi deb ataladi. Uning qiymati dvigatelning silindrlar soniga, ularning joylashishiga, temperaturaga, moyning qovushqoqligiga, yonilg‘i sifatiga bog‘liq.
Benzinli dvigatelning tirsakli vali minimal ishga tushish chastotasi bilan aylantirilganda, kiritish quvurida zarur siyraklanish hosil qilinishi va yonilg‘i- havo aralashmasini kondensasiya bo‘lmasdan, etarli tezlik bilan yonish kamerasiga kirishi ta’minlanadi. Benzinli dvigatellar uchun ishga tushirish chastotasining minimal qiymati 40-60 min-1 ni tashkil qiladi.
Dizel dvigatellarida ishga tushirish chastotasi yuqoriroq bo‘ladi, chunki silindrga purkaladigan yonilg‘i o‘z-o‘zidan o‘t olishi uchun siqish taktining oxirida havoning temperaturasi etarli darajada (600-7000С) katta bo‘lishi zarur.
Dvigatelni muvaffaqiyatli ishga tushirish uchun havoni siqish jarayoni tez sodir bo‘lishi kerak. Aks holda, havoni siqilishi natijasida ajralgan issiqlikning ko‘p qismi silindr devorlari orqali sovitish suyuqligiga (yoki havoga) o‘tib ketadi va siqilish takti oxirida havoning temperaturasi zarur qiymatga erishmaydi. Bundan tashqari, ishga tushish chastotasi yonilg‘i so‘rg‘ichi (nasosi) me’yorida ishlashini ta’minlab, yonilg‘ini purkash uchun zarur bosim hosil qilishi kerak.
Yonilg‘i bevosita yonish kamerasiga purkalanadigan dizel dvigatellarida ishga tushish chastotasining minimal qiymati 100-150 min-1 , ajratilgan yonish kamerasiga (old kamera, uyurmali kamera va hokazo) ega bo‘lgan dizel dvigatellarida esa 150-250 min-1 oralig‘ida qabul qilingan.
Dvigatelni ishonchli ishga tushirish mumkin bo‘lgandagi atrof muhitning eng past harorati, ishonchli ishga tushirishning chegaraviy temperaturasi deb ataladi. Chegaraviy temperaturaning qiymati benzinli dvigatellar uchun moyning qovushqoqligiga qarab -20....250С , dizel dvigatellari uchun esa -12....170С ni tashkil qiladi. Harorat bundan ham pasaysa, dvigatelni ishga tushirishni yengillatuvchi maxsus moslamalar qo‘llaniladi.
Download 101.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling