Arduino mikrokontrolleri yordamida qadamli dvigatelni boshqarish


Download 285.99 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana20.12.2022
Hajmi285.99 Kb.
#1037403
  1   2   3
Bog'liq
arduino-mikrokontrolleri-yordamida-qadamli-dvigatelni-boshqarish



Arduino mikrokontrolleri yordamida qadamli dvigatelni 
boshqarish 
 
Ra’no Teshabaevna Gazieva 
Navruzbek Muzaffar o’g’li Qurbonov 
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari 
instituti
Annotatsiya: Bu maqolada Arduino Uno mikrokontrolleridan foydalanib
28BYj-48 markali qadamli dvigatelni ishga tushirish ko’rsatilgan. Bu dvigatel ichki 
kichik qadamli reduktorga ega bo’lib,bu chiqish valining juda aniq harakatlanishiga 
imkon beradi. 
Kalit so’zlar: Arduino Uno, 28BYj-48 markali qadamli dvigateli, ULN2003, 
Stepper standart kutubxonasi 
Stepper motor control using Arduino microcontrollers 
Rano Teshabaevna Gazieva 
Navruzbek Muzaffar oglu Kurbanov 
Tashkent Institute of Irrigation and Agricultural Mechanization Engineers 
Abstract: This article shows how to start a 28BYj-48 stepper motor using an 
Arduino Uno microcontroller. This engine has an internal small step reducer, which 
allows the output shaft to move very precisely. 
Keywords: Arduino Uno, 28BYj-48 stepper motor, ULN2003, Stepper standard 
library 
Kirish. Qadamli dvigatellar yuqori aniqlik talab etiladigan sohalarda keng 
qo’llaniladi. Bu sohalarga avtomatika, elektronika, robototexnika kabilarni kiritish 
mumkin. Doimiy aylanadigan dvigatellardan farqli o’laroq, uning afzal tomonlardan 
biri “qadamlar” deb ataladigan ko’plab kichik ko’chishlardan iboratligidir. Boshqacha 
aytganda, bu dvigatel valini 90 gradusga to’liq burib, shu holatda qulflash mumkin. 
Qadamli dvigatellarni qo’llanilgan qurilmalardan biri robot manipulyator bo’lib, bunda 
dvigatel vali aniq belgilangan burchak ostida aylanadi. Shuningdek, 3D printerda chop 
etish golovkasini yuqori aniqlikda siljitish uchun, zamonaviy kameralarda mikro-
miniatyurali qadamli dvigatellar obyektivdagi linzalarni harakatga keltirish uchun 
ishlatiladi. 
"Science and Education" Scientific Journal
September 2021 / Volume 2 Issue 9
www.openscience.uz
164


Maqsadi va vazifa. 
Unipolyar qadamli 28byj-48 dvigateli. Qadamli dvigatelning 
unipolyar va bipolyar turlari mavjud. Unipolyar qadamli 28byj-48 dvigatelini 3 xil 
rejimda ishlatish mumkin. Bular: to’lqin rejimi,to’liq qadam va yarim qadam 
rejimlaridir. To’lqin rejimi holatida, dvigatelning elektromagnit katushkalari shunday 
bog’langanki, ular orasida faqat bitta yo’nalishda maydon hosil qilish mumkin [1]. 
To’liq qadam rejimi. Agar bir vaqtning o’zida ikkita qo’shni katushkalarni 
birlashtirsak, rotorga ta’sir qiladigan magnit maydon kuchliroq bo’ladi va shu bilan 
motor momentini oshiradi. Bir qutbli dvigatelning bunday ishlash rejimi to’liq 
bosqichli deyiladi (rasm 1).

Download 285.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling