Labоratоriya ishi №6 Yopiq silindrsimon rеduktоrlarning tuzilishini o’rganish va parmetrlarini aniqlash
Download 461.45 Kb.
|
6-LABОRATОRIYA ISHI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jihozlar va asboblar
- 1-rasm.
- Ishni bajarish tartibi
- Reduktorning nomi Gaborit o‘ lchamlari Vallarning o‘ lchamlari
- 2-jadval Nomlanishi
- Nazorat savollari
LABОRATОRIYA ISHI №6 Yopiq silindrsimon rеduktоrlarning tuzilishini o’rganish va parmetrlarini aniqlash. Ishdan maqsad: Reduktor konstruksiyasining detallari vazifasi bilan tanishish, asosiy parametrlarni o‘lchash va hisoblash yo‘li bilan aniqlash. Jihozlar va asboblar:Silindrik reduktor, asboblar jamlanmasi, lineyka, shtangensirkul. Umumiy ma’lumotlar Zamonaviy mashinasozlikda chervyakli reduktorga nisbatan silindrik tishli reduktor keng tarkalgan. Afzalliklari: Konstruksiyasining oddiyligi. FIK yuqoriligi. Kamchiliklari: Tishli g‘ildiraklarni tayerlash qiyinligi. Katta shovqin bo‘lishi. Umumiy uzatish soniga qarab reduktor 1,2,3 pog‘onali bo‘lishi mumkin. Uzatishlar soniga qarab reduktorlar quyidagi turlarga bo‘linadi. 1.Uzatishlar soni 3-10 2.Uzatishlar soni 8-68 3.Uzatishlar soni 37-315 Ular quyidagi elementlardan tuzilgan: reduktor korpusi, reduktor qopqog‘i, shesternyalar, g‘ildiraklar, etaklovchi val, etaklanuvchi val, oraliq val, dumalash podshipniklari, podshipniklarning qopqoqlari, podshipniklarning teshikli qopqoqlari, ko‘rish derazasi kulachoqlari, moy ko‘rsatkich, moy to‘kish probkasi, shtiftlar, mahkamlash boltlari, shponkalar, vtulka, moy qaytargich.[4] Reduktor korpuslari etarli darajada mustaxkam bo‘lishi kerak. Uning qismga bo‘linadigan korpus asosi va qopqog‘i, ya’ni bo‘linish tekisligi vallarning uchidan o‘tadi. Korpus qopqog‘ida ko‘tarish uchun quloqlar, ish o‘rnidagi fundamentga, fundament boltlari bilan mahkamlangan bo‘ladi. Asosiy detallari deb tishli silindrik g‘ildiraklar hisoblanadi. Ular qiya tishli va silindrik tishli bo‘lishi mumkin. Mavjud silindrik reduktorlarni kinematik sxemalari 1-rasmda ko‘rsatilgan. 1-rasm. Silindrik reduktorlarning kinematik sxemalari. Mavjud reduktorlar quyidagi turlarga bo‘linadi: Korpusda g‘ildirak va vallarning joylashuviga qarab gorizontal, vertikal va burchak ostida. Harakat uzatish turiga qarab oddiy va planetar. Pog‘onalarning soniga qarab, bir pog‘onali (a-k shakllar), ikki pog‘onali (l-sh shakllar), uch pog‘onali (1-5 shakllar) reduktorlar deyiladi. 2-rasm. Ikki pog‘onali silindrik reduktor. |
Reduktorning nomi |
Gaborit o‘lchamlari |
Vallarning o‘lchamlari |
O‘klararo masofa |
Tishli g‘ildiraklarning o‘lchamlari |
1Ц200 |
635*425*320 |
48 |
200 |
160 |
2-jadval
Nomlanishi |
Formulasi va aniklangan qiymati |
1.Uzatishlar soni 2.Ilashish moduli 3.Normal modul 4.Bo‘luvchi diametrlar 5.Tashqi diametrlar 6.Boshlang‘ich diametrlar 7.G‘ildirak eni koeffitsienti |
2,5 3,0 3,0 152 160 142 0,285 |
Nazorat savollari
1.Silindrik tishli uzatmaning tuzilishi va ishlash prinsipini ayting.
2.Silindrik uzatmaning afzalligi va kamchiliklari nimalardan iborat?
3.Silindrik uzatmalarda ishlatiladigan materiallarga nimalar kiradi?
4.Reduktorlarning vazifasi nima?
5.Silindrik g‘ildirakli reduktorlarning qanday turlari bor?
6.Reduktor korpuslari qanday materiallardan tayyorlanadi?
Download 461.45 Kb.
Do'stlaringiz bilan baham:
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling