Laboratoriya ishi №7 Mavzu: Fermentlarni yuqori temperatura ta’sirida inaktivatsiyaga uchrashi


So’lak amilazasi faolligiga aktivatorlar va ingibitorning ta’siri


Download 65.99 Kb.
bet3/4
Sana01.04.2023
Hajmi65.99 Kb.
#1316099
1   2   3   4
Bog'liq
portal.guldu.uz-Biokimyo lab

So’lak amilazasi faolligiga aktivatorlar va ingibitorning ta’siri
Ferment faolligiga aktivatorlar va ingibitorlar sezilarli ta’sir ko'rsatadi. Bular metallarning ionlari yoki organik moddalar, ba’zan esa murakkab birikmalar bo'lishi mumkin: Aktivatorlar ko'pgina mikroelementlar va suvda eruvchi vitaminlar bo'lishi mumkin.Metallar aktivator sifatida ba’zi hollarda fermentlar bilan mustahkam birikmaydi, ikkinchi hollarda metall fermentning organik strukturasi ichiga kirib, haqiqiy metalloenzimlarni hosil qilishi mumkin.
Ferment faolligini pasaytiruvchi moddalar spetsifik xarakterga ega bo'lib, ulapning ta’sir qilish mohiyati qaytar va qaytmas bo‘lishi mumkin. 0‘z navbatida qaytar ta’sir ko'rsatuvchi ingibitorlar konkurent va konkurent bo'lmagan ingibitorlarga bo‘linadi. Nokonkurent ingibitorlar substrat bilan birikib,- fermentning faollik markaziga birlashadi. Mas., malonat suksinatdegidrogenaza fermentining konkurent ingibitori hisoblanadi. EDTA va og‘ir metallar (Cu , Hg, Ag va boshqalar) konkurent bo‘lmagan ingibitorlar bo‘lib, iodasetamid, diizopropilftorfosfat (DFF) esa qaytmas ingibitor hisoblanadi.Spetsifik ingibitorlar qatoriga quyidagi birikmalar kiradi, antibiotiklar, gerbitsidlar, insektisidlar va boshqalar.
Asboblar va reaktivlar: stakanlar, probirkalar, pipetkalar, voronkalar, filtr qog'ozi, shisha tayoqcha, predmet oynachasi, 1 % li natriy xlorid, 1% li CUSO4, yodning kaliy yodiddagi eritmasi, 0,5% li kraxmal.
Ishning bajarilishi: So‘lakdagi amilaza fermentini ajratib olish quyidagicha bajariladi: og‘iz yaxshilab suv bilan chayib tashlanadi, shundan keyin 10-12 ml distillangan suv olib, 2-3 minut og'izda ushlab turiladi, stakanga solinadi va filtr qog‘ozi yordamida filtrlanadi.
Uchta probirka olib, har biriga 1 ml dan so’lak amilazasidan solinadi. Birinchi probirkaga 2 tomchi 1% li natriy xlorid, 2-probirkaga 2 tomchi 1% li mis sulfat solinadi 3-probirkaga qo'shimcha hech narsa solinmaydi. Keyin har bir probirkaga 0,5 ml dan 0,5% li kraxmal eritmasidan solinadi va xona haroratida ushlab turiladi.
Har 2-3 minut oralig‘ida uchchala probirkadan 1-2 tomchidan predmet oynachasiga tomizib, 1 tomchidan Lyugol eritmasidan tomiziladi va kraxmalning gidroliz darajasi har bir variantda qanday ketayotganligi aniqlanadi.



Download 65.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling