Laboratoriya ishi №7 termoparani darajalash va termoelektr yurituvchi kuchini aniqlash
Download 213.43 Kb.
|
1 2
Bog'liq7.LAB
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kerakli asbob va materiallar
LABORATORIYA ISHI № 7 TERMOPARANI DARAJALASH VA TERMOELEKTR YURITUVCHI KUCHINI ANIQLASH Ishning maqsadi: Qattiq jismlarda va beruvchi kontakt hodisalarini termopara yordamida va termoelektr yurituvchi kuchlarni aniqlash asosida o’rganish. Kerakli asbob va materiallar: tayyor termopara, sezgirligi yuqori bo’lgan gal’vonometr, termostat yoki isitgichli kalorimetr. I. Qisqacha nazariy tushunchalar. Ikki hil metal uchlari kavsharlanganda ularning haroratiga va moddalarning ximiyaviy tabiyatiga bog’liq holda erkin elektronlarlarining diffuziyalanishi sababli , o’tkazgichlarning uchlarida hosil bo’lgan potentsiallar farqiga kontakt potentsiallar farqi deb ataladi. Bu hodisani birinchi marta 1797 yili Italiya fizigi A.Vol’ta tajribada tekshirib, o’zining quyidagi ikkita qonunini kashf qildi. Voltaning birinchi qonuni. Ikki har xil metal- o’tkazgichlar tutashtirilganda, ular ichlaridagi hosil bo’lagan kontakt potensiallar farqi ularning fizik-ximyaviy hususiyatlariga va haroratiga bog’liqdir. Voltaning ikkinchi qonuni. O’zaro ketma-ket ulanganda bir qancha metall o’tkazgichlar uchlarida hosil bo’lgan kontakt potensiallar farqi o’zgarmas haroratda faqat eng chekka o’tkazgichlarning fizik-ximyaviy hususiyatlariga bog’liq emas. Кontakt haroratlari bir xil bo’lganda, yopiq zanjirda kontakt potensiallari farqi hosil bo’lmaydi. TERMOELEKTR HODISASI. Kontakt haroratlari turlicha bo’lgan yopiq zanjir noldan farqli bo’lgan termoelektr kuch yuzaga keladi. Agar ikki metaldan yopiq zanjir tuzib payvandlangan uchlaridan biriga T1 haroratgacha sovitilib ikkinchisi T2 haroratgacha isitilsa, zanjirda termoelektr yurituvchi kuch hosil bo’ladi. (1-rasm) 1-rasm. Har xil o’tkazgichlardan tuzilgan yopiq zanjirda termo EYuK ning hosil bo’lish effektiga TERMOELEKTR HODISASI deyiladi. Temoelektr hodisasidan texnikada haroratni aniqlashda foydalaniladi. Bu maqsad ikkita ikki hil metaldan yoki qotishmadan iborat termoelement-termopara o’lchashda foydalanish uchun uni termomoment yordamida darajalanib, TEYuK ning haroratga bog’lanish grafigi olinadi. Termoparaning sezgirligi juda katta bo’ladi. Masalan, temir-konstantan materiallaridan tayorlangan termopara 800 K gacha, platina va 10% li radiy elementi qo’shilgan platinaq qotishmasidan tayorlangan termopara 1800-2100 K gacha haroratni o’lchash mumkin. 2-rasm 2-rasmda tasvirlangan ikkita ikki hil o’tkazgichdan hosil bo’lgan termopara-termoelementda hosil bo’lgan TEYuK, uning kontaktlardagi va kontakt potentsiallar farqlarining yig’indisiga teng: (1) bunda (2) bu erda C= har bir juft o’tkazgich sistemasi uchun o’zgarmas kattalik bo’lib, unga solishtirma termoelektr yurituvchi kuch deyiladi. (1) termoparaning asosiy harakteristikasi C solishtirma TEYuK quyidagiga teng bo’ladi: (3) Solishturma elektrtermo-yurituvchi kuch deb, termopara kontaktlarida temperatura farqi 1K ga teng bo’lganda, hosil bo’lgan TEYuK teng bo’lgan kattalikka aytiladi. Quyidagi jadvalda ba’zi bir termoparalar uchun C ning qiymatlari keltirilgan.
Download 213.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling