Laboratoriya ishi-№8 Bajarilish muddati Mavzu


Yagona portal orqali interaktiv davlat xizmatlaridan foydalanish


Download 49.5 Kb.
bet2/4
Sana09.06.2023
Hajmi49.5 Kb.
#1469438
1   2   3   4
Bog'liq
LABORATORIYA ISHI №8

Yagona portal orqali interaktiv davlat xizmatlaridan foydalanish Yagona portal, foydalanuvchilarga davlat organlari tomonidan ko'rsatiladigan bir tomonlama, ikki tomonlama va tranzaktsion shakldagi interaktiv davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini beradi.
Interaktiv davlat xizmatlari Yig'ma reestri (keyingi o'rinlarda Yig'ma reestr deb ataladi) 2013-2020 yillarda O’zbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish kompleks dasturini amalga oshirishni muvofiqlashtirish bo’yicha Respublika komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi. Yig'ma reestrga kiritilgan interaktiv davlat xizmatlari majburiy tartibda Yagona portal orqali berilishi kerak.
Yagona portalni qo`llab-quvvatlash: Ахbоrоt ta`minoti vа tuzilmаviy mа’muriyatchilik – Davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator “UZINFOCOM”
Topshiriqlar:

  1. My.gov.uz saytlari haqida ma’lumot bering

  2. Elektron pochta  haqida ma’lumot bering

  3. Ziyonet.uz da saytida ro’yxatdan o’ting.

Topshiriqlarni bajarilishi
1-topshiriqning bajarilishi.
Internetning turmushimizdan chuqur o‘rin olishi jamiyat hayotidagi ko‘plab muammolarni hal qilishning samarali va muqobil variantlarini amaliyotga joriy etish imkonini bermoqda. Lug‘atimiz yangi so‘zlar, yangi atamalar bilan boyimoqda. Xuddi shunday so‘zlardan biri — “maygovo‘z”dir. Biror murojaatingizga javob kechikayotgan yoki qaysidir muammongiz hal qilinmayotgan bo‘lsa, odamlar “ana, maygovo‘z”ga yoz. Uch kunda hal bo‘ladi”, degan gaplarni aytishmoqda. Bu so‘z orqali shu kunlarda tobora ommalashib borayotgan my.gov.uz — Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali nazarda tutiladi.
Yagona portal — foydalanuvchilarning interaktiv davlat xizmatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlardan erkin foydalanishini, shuningdek elektron shaklda davlat xizmatlari ko‘rsatishni ta’minlovchi Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portalidagi ma’lumot-axborot portalidir. U hukumat tomonidan tashkil etilgan va hukumat nazorati ostidagi dasturdir.
Portal haqida
Yagona portal foydalanuvchilar tomonidan interaktiv davlat xizmatlaridan, shu jumladan pulli asosda erkin foydalanish maqsadida tashkil etilgan. U quyidagi vazifalarni ko‘zlaydi:
a) foydalanuvchilarga davlat organlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilish uchun imkoniyat berish;
b) foydalanuvchilarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi boshqa loyihalar bilan integratsiyalash;
v) foydalanuvchilarning davlat organlari bilan o‘zaro hamkorligi samaradorligini oshirish;
g) davlat organlariga murojaat qilinganda foydalanuvchilar uchun byurokratik to‘siqlarni qisqartirish va ularni bartaraf etish;
d) «elektron hukumat»ni yanada rivojlantirish va davlat boshqaruviga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etishda ko‘maklashish.

Download 49.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling