Axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo'nalishlari quyidagilardan iborat


Download 368.97 Kb.
Sana08.05.2023
Hajmi368.97 Kb.
#1447106
Bog'liq
2V.Saburova Zuhra.U.P.ppt


Axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo'nalishlari quyidagilardan iborat:
– har kimning axborotni erkin olish va tarqatishga doir konstitusiyaviy huquqlarini amalga oshirish, axborot rеsurslaridan erkin foydalanishini ta'minlash; – davlat organlarining axborot tizimlari, tarmoq va hududiy axborot tizimlari, shuningdеk yuridik hamda jismoniy shaxslarning axborot tizimlari asosida O'zbеkiston Rеspublikasining yagona axborot makonini yaratish;
– xalqaro axborot tarmoqlari va intеrnеt jahon axborot tarmog'idan erkin foydalanish uchun sharoit yaratish;
– davlat axborot rеsurslarini shakllantirish, axborot tizimlarini yaratish hamda rivojlantirish, ularning bir-biriga mosligini va o'zaro aloqada ishlashini ta'minlash;
– axborot tеxnologiyalarining zamonaviy vositalari ishlab
chiqarilishini tashkil etish;
– axborot rеsurslari, xizmatlari va axborot tеxnologiyalari
bozorini shakllantirishga ko'maklashish;
– dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish rivojlantirilishi-
ni rag'batlantirish;
– tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash va rag'batlantirish, invе-
stisiyalarni jalb etish uchun qulay sharoit yaratish;
– kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish, ilmiy tadqiqotlarni rag'batlantirishdan iborat.
I.A.Karimov ta'kidlaganidеk: “Xalqimiz
oqko'ngil, sodda va ishonuvchan, matbuotda bosilgan, tеlеvidеniyadan, radiodan aytilgan gaplarga ishonch bilan qaraydi. Chеtdan turib bizga qarshi ish olib borayotgan informasion markazlar
ham shundan foydalanib qolishga urinadi”.
Tеzkor axborot va kommunikasiya tеxnologiya-
larining rivojlanishi natijasida dunyodagi turli xalq-
lar va elatlar orasida globallashuv jarayonlari sodir
bo'layotgan vaqtda butun insoniyat, jumladan,
xalqimiz ma'naviyatiga salbiy ta'sir ko'rsatishi mum-
kin bo'lgan turli mafkuraviy tahdidlar asosida yasha-
moqda.
Axloq- kishilarning tarixan tarkib topgan xulq-atvori, yurish-turishi, xatti-harakati, ijtimoiy va shaxsiy hayotdagi o’zaro munosabati, shuningdek, jamiyatga bo’ladigan munosabatlarini tartibga solib turadigan barqaror, muayyan me’yor va qoidalar yig’indisi.
Tarbiya-o’qituvchi va ta’lim oluvchilar o’rtasida tashkil etiluvchi hamda aniq maqsadga yo’naltirilgan hamkorlik jarayonidir. Tarbiya jarayonida ta’lim oluvchilarning ongi shakllana boradi, his-tuyg’ulari rivojlanadi, ijtimoiy hayot uchun zarur bo’lgan ijtimoiy aloqalarni tashkil etishga xizmat qiladigan xulqiy odatlar hosil bo’ladigan va rivojlanadigan uzluksiz jarayon.
2012 yil 10 dekabr kuni O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimovning “CHet tillarni o’rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarorida mamlakatda O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonunini hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish doirasida chet tillarga o’qitishning kompleks tizimi, ya’ni o’qimishli, zamonaviy fikrlovchi yosh avlodni shakllantirishga, respublikaning jahon hamjamiyatiga yanada integratsiyalashuviga yo’naltirilgan tizim yaratilishi, zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda o’qitishning ilg’or uslublarini joriy etish yo’li bilan, o’sib kelayotgan yosh avlodni chet tillarga o’qitish, shu tillarda erkin so’zlasha oladigan mutaxassislarni tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish hamda buning negizida, ularning jahon tsivilizatsiyasi yutuqlari hamda dunyo axborot resurslaridan keng ko’lamda foydalanishlari, xalqaro hamkorlik va muloqotni rivojlantirishlari uchun shart-sharoit va imkoniyatlar yaratish maqsadini o’z ichiga oladi.
2015 yil 12 iyunda O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining “Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” gi PF-4732 sonli farmonining maqsadi oliy o’quv yurtlari professor-o’qituvchilarining kasb darajasi va malakasini muttasil oshirib borish, ularni zamonaviy talablarga muvofiq muntazam qayta tayyorlashning takomillashtirilgan tizimini joriy etish asosida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan oshirishdan iborat. Ta’lim berayotgan mutaxassislarning o’zlarida ma’naviy-axloqiy sifatlar tarkib topgan, yuqori samarali zamonaviy ta’lim va pedagogik texnologiyalar, ilg’or xorijiy tajribalardan keng foydalana oladigan, global Internet tarmog’i, mulьtimedia tizimlari va masofadan o’qitish usullaridan foydalangan holda, zamonaviy innovatsion pedagogika, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini egallashi va ularni o’quv jarayoniga faol tatbiq etishi o’z kasb mahorati, pedagogik va ilmiy faoliyatini muttasil oshirib borishlari uchun yo’naltirilgan bo’lishi g’oyasi ilgari surilgan.
2016 yil 14 sentyabrda “Yoshlarga oid davlat siyosati to’g’risida” gi Qonun qabul qilindi. Ushbu Qonunning maqsadi yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat bo’lib, 5-modda Yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy yo’nalishlariga bag’ishlangan. Yoshlarni ma’naviy, intellektual, jismoniy va axloqiy jihatdan kamol topishiga ko’maklashish mazkur Qonunda alohida yo’nalish sifatida e’tirof etilgan.
ETIBORINGIZ UCHUN RAXMAT!
Download 368.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling