Muhammad al-Xorazmiy nomidagi tatu huzuridagi pkqt va umo tarmoq markazi


Download 18 Kb.
Sana06.05.2023
Hajmi18 Kb.
#1433985
Bog'liq
Taqriz-Matyakubov

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU huzuridagi PKQT va UMO tarmoq markazi “Axbоrоt tizimlari va texnоlоgiyalari(tarmoqlar va sohalar bo’yicha)” yo’nalishi tinglovchisi Matyakubov Marks Yaxshimurodovichning “Ma’lumotlar bazasini administratsiyalash va xavfsizligini ta’minlash” mavzusini zamonaviy axborot texnologiyalar asosida o’qitish mavzusidagi bitiruv ishiga


TAQRIZ

Bugungi kunda ta’lim sohasida fan va texnikaning so’nggi yutuqlari asosida ishlab chiqilgan audiovideo, telekommunikatsiya va informatsion texnika va zamonaviy axborot texnologiyalari imkoniyatlarining qo’llanilishi katta ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun ularning didaktik imkoniyatlari bilan tanishib chiqish va mashg’ulotlarda ularni qo’llashni o’rganish o’qituvchilar uchun, ularning kelajak faoliyatida katta yordam beradi. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» ta’lim tizimi oldiga yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va ularni o’quv-tarbiya jarayoniga qo’llash masalalarini rejalashtirib, uzluksiz ta’lim bosqichlarida o’quv jarayonini axborot texnologiyalari bilan ta’minlashni yuksaltirish kabi dolzarb muammolarni hal qilish vazifalarini ko’ndalang qilib qo’ymoqda. Binobarin, zamonaviy kompyuterlardan amaliy ish faoliyatida keng foydalana oladigan etuk mutaxassislar, jumladan, muhandislar hamda iqtisodchilar tayyorlash kechiktirib bo’lmaydigan omillardan biridir.


Tinglovchi M.Matyakubovning ushbu bitiruv ishida texnika oliy o‘quv yurtlarining talabalarini “Ma’lumotlar bazasini administratsiyalash va xavfsizligini ta’minlash” mavzusini zamonaviy axborot texnologiyalar asosida o’qitish muammosi ko‘tarilgan.
Bitiruv ishida “Ma’lumotlar bazasini administartsiyalash va xavfsizligini ta’minlash” mavzusi bo’yicha elektron didaktik materiallarni yaratish vositalari, usullari va materiallardan auditoriya va mustaqil ta’lim jarayonida foydalanish usullari bo’yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Professor-o’qituvchilarga texnik fanlardan dars berishda qulayliklar yaratishda hamda o’quv-tarbiya jarayonlari ilmiy-pedagogik samarasini oshirishga hizmat qiladi.
Bitiruv ishining 1-bobida amaliy mashg‘ulot uchun zarur bo‘lgan nazariy ma’lumotlar va tayanch tushunchalar keltirilgan bo‘lsa, 2-bobida batafsil dars ishlanmasi ishlab chiqilgan.
Xulosa va takliflar qismida esa “Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi” fanidan “Ma’lumotlar bazasini administratsiyalash va xafvsizligini ta’minlash” mavzusi bo’yicha elektron didaktik materiallarni yaratish va qo’llash metodikasi, elektron didaktik materiallarni rivojlanlantirish bo’yicha amaliy xulosa, tavsiyalar ishlab chiqish maqsad qilib olingan.
Lekin ushbu qismda muallif talabalarga dasturlashning tayanch boshlang‘ich qismini o‘rgatishda intensiv pedagogik texnologiyalar kam samarali degan xulosaga kelgan. Ushbu fikrning sababi to‘laroq yoritilsa maqsadga muvofiq bo‘lar edi.
M.Matyakubovning mazkur ishi malaka oshirish kurslari bitiruvchilarining bitiruv ishlariga qo‘yiladigan talablarga to‘la javob beradi va u himoyaga qo‘yilishi mumkin.


Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU huzuridagi PKQT va UMO tarmoq markazi dotsenti, p.f.f.d., (PhD) Pozilova Sh.X.


Download 18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling