Labоratоriya ishi №8 Chеrvyakli rеduktоrlarning tuzilishini o’rganish va parmetrlarini aniqlash 1
Download 363.1 Kb.
|
1 2
Bog'liqLab Chеrvyakli rеduktоrlarning tuzilishini o’rganish va parmetrlarini
LABОRATОRIYA ISHI №8 Chеrvyakli rеduktоrlarning tuzilishini o’rganish va parmetrlarini aniqlash 1.Ishdan maqsad: CHervyakli reduktorning tuzilishi va uning detallari bilan tanishish. Hisoblash hamda o‘lchash yo‘li bilan chervyakli uzatma asosiy tuzilma parametrlarini aniqlash. 2.Jihozlar va asboblar:CHervyakli reduktor, gayka klyuchlari to‘plami, shtangensirkul, chizg‘ich. 3.Umumiy ma’lumotlar Har qanday reduktor tugallangan mexanizm bo‘lib mashinalar yuritmalarining tarkibiga kiradi. U dvigatel va mashina ishchi organlariga turli xil muftalar, ochiq uzatmalar yoki boshka ajraluvchi qurilmalar yordamida ulanadi. YOpiq korpus ichiga joylashgan, etaklanuvchi val burchak tezligini kamaytirib, uning aylantiruvchi momentini oshiradigan uzatma reduktor deb ataladi. Uzatmani alohida yopik korpus ichiga joylashtirish yig‘ish aniqligini xamda reduktorning FIK ini oshishini, eyilishini kamayishini ta’minlaydi, chang, ifloslanish va namlikdan muhofaza qiladi. CHervyakli uzatmalar vallarning o‘qlari ayqash bo‘lgan hollarda ishlatiladi. Ayqashlik burchagining qiymati har xil bo‘lishi mumkin. Biroq u ko‘pchillik hollarda 90º bo‘ladi. Bunday uzatma alohida shaklli chervyak g‘ildiragi bilan rezbali val-chervyakdan tuziladi. CHervyakli uzatmaning ishlash prinsipi vintli juftning ishlash prinsipi kabidir. Uzatmaning afzalliklari jumlasiga quyidagilar kiradi: tuzilishi oddiy o‘zi esa ixcham bo‘lib, bir pog‘onaning o‘zida uzatish soni katta bo‘ladi; ravon va shovqinsiz ishlaydi; o‘zi to‘siqlanuvchi qilib tayyorlanishi mumkin; ishonchli ishlaydi. Kamchilliklari jumlasiga: foydali ish koeffitsientining nisbatan kichikligi; g‘ildirak tishlarining tez eyilishi; g‘ildirak uchun qimmatbaho material (bronza) ishlatilishi zarurligi kiradi. CHervyakli uzatmalar, chervyak tanasining tuzilishiga qarab, silindrik (1-rasm) va globoid (2-rasm), chervyak o‘ramlarining shakliga qarab, arximed, evolventa, konvalyuta shaklli, chervyakning g‘ildirakka nisbatan egallagan o‘rniga qarab, chervyagi pastda, yuqorida va yonida joylashgan, o‘rab turadigan korpusi bor-yo‘qligiga qarab, ochiq va yopiq, vazifasiga qarab esa kuch va shu zahot uzatiladigan yoki kinematik jihatdan foydalaniladigan turlarga bo‘linadi. Agar chervyak o‘z o‘qiga tik tekislik bilan kesilganda hosil bo‘lgan shaklning izi Arximed spiraliga o‘xshash bo‘lsa, bu chervyak Arximed chervyagi deb, agar hosil bo‘lgan iz evolventaga o‘xshash bo‘lsa, evolventa chervyak deb ataladi. Download 363.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling