Laboratoriya ishi aaa serverda autentifikatsiya rejimini sozlash


Download 401.83 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana11.03.2023
Hajmi401.83 Kb.
#1260191
  1   2   3
Bog'liq
Laboratoriya ishi-10



10-LABORATORIYA ISHI 
AAA SERVERDA AUTENTIFIKATSIYA REJIMINI SOZLASH
(RADIUS, TACACS+) 
Ishdan maqsad: Ma’lumot uzatish tarmoqlarida autentifikatsiya
avtorizatsiya va hisobga olish protokollarini sozlash, hamda amaliy ko’nikmaga 
ega bo’lish.
Topshiriq 
Bu ishda quyidagilar zarur: 
- 10.1-rasmda keltirilgan sxemaga muvofiq tarmoqning modelini qurish; 
10.1- rasm. Tadqiq qilinayotgan tarmoq tuzilishi 

AAA-serverni kompyuter va marshrutizatorga ulanishi ta’minlanadigan 
tarzda sozlashni o’rnatish.

Serverda ro‘yxatga olish yozuvlari qayt etilishi kerak; 

marshrutizatorlarda AAA-mijozni sozlash; 

noto‘g‘ri foydalanuvchi paroli yoki nomidan foydalanish bilan Telnet 
orqali marshrutizatorga ulana olishga urinish; 

to‘g‘ri foydalanuvchi paroli yoki nomidan foydalanish bilan Telnet 
orqali marshrutizatorga ulana olishga urinish. 
 
 
 


Qisqacha nazariy ma’lumotlar 
AAA (Authentication, Authorization, Accounting) mexanizmi ulanishni 
taqdim etish jarayonini tavsiflash va uning ustidan nazorat qilish uchun ishlatiladi. 
Autentifikatsiyalash (Authentication) - bu so‘rovni xavfsizlik tizimidagi 
mavjud ro‘yxatga olish yozuvi bilan taqqoslash hisoblanadi. Bu login, parol, 
sertifikat, smart-karta va boshqalar bo‘yicha amalga oshiriladi. 
Avtorizatsiya (Authorization) (vakolatlarni, ulanish darajasini tekshirish) – 
tizimidagi mavjud ro‘yxatga olish yozuvi (autentifikatsiyalashdan o‘tgan shaxsni) 
va ma’lum vakolatlarni (yoki ulanishga ta’qiqlashni) taqqoslash hisoblanadi. 
Xisobga olish (Accounting) - bu foydalanuvchi tomonidan tizimning 
resurslaridan foydalanilishi haqida ma’lumotlarni to‘plash hisoblanadi. 
AAA ni ishlatadigan protokollaridan biri RADIUS (Remote Authentication 
Dial-In User Service) va TACACS (Terminal Access Controller Access Control 
System) protokollari hisoblanadi (10.2-rasm). 
TACACS va RADIUS tizimlari markaziy tarmog‘ida bir necha olisdan 
ulanish serverlari ishlatiladigan tashkilotlar uchun mo‘ljallangan. Bu tizimlarda 
ma’mur foydalanuvchilar identifikatorlarining bazaviy ma’lumotlarini va 
parollarini boshqarishi, ularga ulanish imtiyozlarini taqdim etishni va tizim 
resurslariga murojaatlarni hisobga olishni olib borishi mumkin. 
10.2-rasm. TACACS va RADIUS protokollarining ishlash mexanizmi 


TACACS va RADIUS protokollari alohida autentifikatsiyalash serverining 
qo‘llanilishini talab qiladi. Bu server foydalanuvchilar haqiqiyligini tekshirish va 
ularning vakolatlarini aniqlash uchun ma’lumotlar omborini ishlatadi. 
RADIUS protokoli haqiqiylikni, avtorizatsiyalashni va ro‘yxatga olishni 
tekshirishni amalga oshirish uchun ishlatiladi. 
RADIUS-mijoz (odatda olisdan ulanish server, VPN -server, simsiz 
tarmoqqa ulanish nuqtasi va h.k.) foydalanuvchining ro‘yxatga olish 
ma’lumotlarini va RADIUS xabar shaklidagi ulanish parametrlarini RADIUS -
serverga jo‘natadi. Server haqiqiylikni tekshiradi va mijozning so‘rovini 
avtorizatsiyalaydi, keyin esa teskari javob xabarini jo‘natadi. Mijozlar serverlarga 
ro‘yxatga olish xabarlarni ham jo‘natadi. Bundan tashqari, RADIUS standarti 
proksi-serverlardan foydalanishni qo‘llaydi. RADIUS ning proksi-serveri bu 
RADIUS protokolini qo‘llaydigan tugunlar orasida RADIUS -xabarlarni qayta 
uzatadigan kompyuter hisoblanadi.
RADIUS - xabarlarni uzatilishi uchun UDP (User Datagram Protocol - 
Foydalanuvchi deytagramm protokoli) protokoli ishlatiladi. RADIUS haqiqiylikni 
tekshirish xabarlari uchun 1812 UDP-port, ro‘yxatga olish xabarlari uchun 
esa 1813 UDP-port ishlatiladi. Tarmoqqa ayrim ulanish serverlari RADIUS 
haqiqiylikni tekshirish xabarlari uchun 1645 UDP-portni va RADIUS xisobga 
olish xabarlari uchun esa 1646 UDP-portni ishlatishi mumkin. 
RADIUS protokoli yo‘qotiladigan paketlar 5...10% dan kam bo‘ladigan 
tarmoqlarda samarador bo‘ladi, boshqa tarmoqlarda TASASS+ protokoli 
ishlatilishi yaxshi bo‘ladi. 
Shifrlashda RADIUS protokoli parolda faqat clear text shifrlanadi, qolgan 
butun paket «ochiq» qoladi (xavfsizlik nuqtai nazaridan xatto foydalanuvchining 
nomi juda muhim parametr bo‘lsada). 
TACASS+ protokolida paketning faqat sarlavhasi ochiq (hech qanday qimmatli 
axborotni tashimaydigan) qoladi, paketning butun tanasi esa shifrlanadi.

Download 401.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling