Laboratoriya ishi arrali jin laboratoriya Qurilmasining ishlashi va tuzilishi


Download 35.74 Kb.
Sana09.01.2022
Hajmi35.74 Kb.
#258788
Bog'liq
ТМХЛ 8-LABORATORIYA


8-laboratoriya ishi

arrali jin laboratoriya Qurilmasining ishlashi va tuzilishi

4.1. Ishdan ko’zlangan maqsad.

Paxta tozalash mashinalarining asosiy uzel va elementlari bilan amalda tanishish, olingan nazariy bilimlarni chuqurlashtirish.



4.2. Laboratoriya ishining nazariy asosi.

Arrali jin aylanuvchi vali, ya’ni arrali silindrga ega bo’lganligi sababli juda xavfli mashina hisoblanadi. Hatto aylanmaydigan arrali silindr ham jarohat keltirib chiqarishi mumkin.



Arrali silindrni ishga tushirish talabalarga qat’iyan man etiladi!

Arrali jinni ishga tushirish faqat laboratoriya ishini o’tkazadigan o’qituvchiga ruxsat etiladi.

Talaba arrali jinni ko’zdan kechiradi va parametrlarini o’lchaydi. Bunda arrali jin tok manbasidan o’chirilgan bo’lishi kerak. Ishni o’qituvchi va o’quv ustasi yordamida bajariladi.

Laboratoriya ishini o’tkazish tartibi:

1. Talabalar o’qituvchi rahbarligida arrali jin qurilmasi, tuzilishi va texnologik sxemasi bilan tanishadi.

2. O’qituvchi qurilmani qisqa vaqtda ishga tushiradi va to’xtatadi.

3. O’quv ustasi ishchi kameraga malum miqdorda paxta bo’lagini joylashtiradi.

4. O’qituvchi qurilmani ishga tushiradi, talabalar esa chigitdan tola ajralishini va tolaning echib olinishini kuzatadi.

4.3. Ishning maqsadi va bajarish maqsadlari

Arrali jin qurilmasining texnologik sxemasi 1-rasmda keltirilgan

Arrali jin ishchi qismlari bilan tanishib bo’lgandan so’ng quyidagi ishlar bajariladi.

1. Qurilmaning texnologik sxemadan foydalanib, qurilmaning tuzilishi va asosiy uzellari bilan tanishiladi.

2. Qurilmaning kinematik sxemasi tuziladi.

3. Qurilmaning kinematik sxemasi xisoblanadi.

3.1. Uzatuvchi shkivlar diametrini o’lchash.

3.2. Aylanishlar soni xisoblansin.



3.2.1. Arrali silindr. np.ts



      1. Cho’tkali baraban nchb





1-rasm. Arrali jin qurilmasining texnologik sxemasi

1 ishchi kamerasi (1.1-bo’yin, 1.2-fartuk, 1.3-peshtoq brusi, 1.4-kolosnikli panjara, 1.5-chigit tarog’i, 1.4.1-osma kolosnik).

2 arrali silindr (2.1-arrali val, 2.2-jin-arrasi, 2.3-arra oralig’i qistirmasi). 3 – jin arralari tishidan tolani cho’tkali echish qurilmasi (3.1-cho’tkali baraban, 3.2-cho’tkali eruvchining korpusi, 3.3-arra orqasi moslamasi, 3.4-uruvchi moslama, 3.5-tola chiqaruvchi moslama, 3.6-ulyuk moslamasi).
Hisobot mundarijasi.

1.Arrali jin nomlanishi.

2.Qurilmaning texnologik sxemasi.

3.Qurilmaning kinematik sxemasi.

4.Arrali silindr va cho’tkali baraban aylanishlar sonini hisoblash.

5.Nomlanishi: arra orqasi moslamasi, uruvchi moslama, ulik moslamasi.



Nazorat savollari:

1.Chiquvchi chigitning toladorligi qanday rostlanadi?

2.Arra orqasi, uruvchi va ulik moslamasining nomlanishi.

3.Arrachali barabanni aylanish tezligi bilan echuvchi barabandagi cho’tkalar soni o’rtasidagi bog’liqlik.



4.Tolani echishda cho’tkali barabanning tezligining yuqoriligi.
Download 35.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling