laboratoriya ishi asinhron ikkilik razryadli hisoblagichni tadqiq etish ishdanmaqsad
Download 109.54 Kb.
|
9-лаб
9-LABORATORIYA ISHI ASINHRON IKKILIK 4 RAZRYADLI HISOBLAGICHNI TADQIQ ETISH Ishdanmaqsad. JK-triggerlardayig‘ilgan 4 razryadli hisoblagichning qurilish prinsiplarini o‘rganish. Qisqacha nazariy ma'lumotlar Hisoblagich - bu, uning kirishiga berilgan impulslar sonini qayd etuvchi qurilma hisoblanadi. Hisoblagichlarning asosiy ko‘rsatkichlari Mhis qayta hisoblash koeffisienti va tezkorligi hisoblanadi. Mhis qayta hisoblash koeffisienti yoki hisoblash moduli hisoblagich dastlabki holatga qaytadigan kirish impulslari soniga teng. Hisoblagichning asosi bir necha triggerlardan iborat. Hisoblagich bo‘lib ikkiga teng modul bilan hisoblashni amalga oshiradigan oddiy T-trigger xizmat qilishi mumkin. Agar T-triggerlarni ketma-ket zanjirga birlashtirilsa Mhis = 2n hisoblash modulli hisoblagichni olish mumkin, bu erda n-zanjirdagi T-triggerlar soni. Bunday hisoblagichlar ikkilangan hisoblagichlar deyiladi. 9.1-rasm. T-trigger asosidagi to‘rt razryadli ketma-ket qo‘shuvchi hisoblagich sxemasi Mhis=23=8 qayta hisoblash koeffisientli kirish impulslarini qo‘shish va hisoblashni amalga oshiradigan T-triggerlardagi uch razryadli hisoblagichning funksional sxemasi 9.1-rasmda keltirilgan. Hisoblash boshlanishidan oldin barcha triggerlar dastlabki holatga o‘rnatilishi kerak (Q1= Q2= Q3=Q4= 0). Buning uchun T-triggerlar sxemalarida R chiqishlar bo‘lib, ular bekor qilish impulse beriladigan “0 o‘rnatish” umumiy shinasiga ulanadi. Hisoblagichning ishlashini o‘tishlar jadvalidan ko‘rish mumkin (bu yerda m-kirish impulsining nomeri). O‘tishlar jadvali 9.1-jadval
Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, hisoblagichning kirishiga beriladigan 0 dan 7 gacha impulslar soniga triggerlarning holatlari bilan aniqlanadigan ikkilik soniga mos keladi. Masalan, beshinchi impuls kelganida triggerlarning Q4=0, Q3=1, Q2=0, Q1=1 holatlari (razryadlari) 101 soniga moskeladi. Sakkizinchi impuls bilan hisoblagich nollanadi va yangi hisoblash boshlanadi. Bunday hisoblagich qo‘shib chiquvchi hisoblagich deyiladi. M his≠2n-1i ihtiyoriy hisoblash modulli (ikkilanmagan) hihisoblagichlar ikikkilangan hisoblagichlar asosida ularning ortiqcha holatlarini yo‘qotish yo‘li bilan ishlatiladi. 9.2-rasm. JK–triggerdagi Мhis= 3 li hisoblagichning mantiqiy sxemasi. Ikkilanmagan hisoblagichlar orasida 10 ga teng modulli o‘nlik hisoblagichlar keng qo‘llaniladi. O‘nlik hisoblagichning chiqishida uning kirishiga berilgan impulslar soni 10 martaga kamayadi, ya'ni biz uchun odatiy bo‘lgan o‘nlik kodda beriladi. Bu laboratoriya ishida ikkita JK-triggerda (K555 TV6 mikrosxema) yiqilgan Мhis=23=8 qayta hisoblash modulli asinhron ikkilangan ketma-ket hisoblagichning qurilish prinsipi o‘rganiladi. K555 TV6 mikroshema chiqishlarining belgilanishi 9.3, a-rasmda, hisoblagichning mantiqiy sxemasi b-rasmda keltirilgan. Har bir triggerdagi ma'lumotlar kirishlardan chiqishga takt impulsining manfiy tushishi bo‘yicha o‘tkaziladi. Impuls yuqori sathdan pastki sathga o‘tganida J va K kirishlardagi signallar o‘zgarmasligi kerak. J va K kirishlardan ma'lumotlar kirishda yuqori sath kuchlanishi bo‘lganida triggerga yuklanishi kerak bo‘ladi. Asinxron bekor qilish kirishi pastki aktiv sathga (mantiqiy “0”) ega. Agar kirishda pastki sath kuchlanishi bo‘lsa, J va K kirishlardan signallarning o‘tishi ta'qiqlanadi. Q chiqishda pastki sath kuchlanishi paydo bo‘ladi. Shuning uchun triggerlar, ular bilan birga hisoblagich R kirishda yuqori sath kuchlanishi bo‘lganida ishlaydi. a) chiqish 5 V ta'minot; b) 7-chiqish umumiy 9.3-rasm. K555TV6 mikroshemada JK-trigger chiqishlarining belgilanishi (a), Mhis=4 qayta hisoblash koeffisientli hisoblagichning mantiqiy sxemasi (b). Mikrosxemaning , J va K kirishlari bo‘sh qoladi, ya'ni ularda “1” bo‘ladi. Bu holda har bir trigger ikkilangan hisoblagich sifatida ishlaydi. Kirish impulse birinchi triggerning-kirishiga beriladi (hisoblagichning kichik razryadi) har bir triggerning Q-chiqishidan signal keying razryadning-kirishi uchun kirish signali hisoblanadi. K555TV6 mikroshema Q chiqishida signalning paydo bo‘lishi S-kirishdagi signalning «1» > «0» manfiy tushishi bo‘yicha bo‘lib o‘tadi. Shuning uchun, agar boshlanqich holatda barcha Qi =«0» bo‘lsa, u holda birinchi impulsning tugashi bo‘yicha birinchi razryadda mantiqiy “1” o‘rnatiladi, qolgan razryadlarda mantiqiy “0” saqlanadi. Ikkinchi hisoblash impulsidan keyin birinchi razryad “0” holatga qaytadi, ikkinchi razryad “1” holatga o‘tadi, qolgan razryadlar esa “0” holatni saqlaydi va q.k.. Bayon etilgan holda hisoblagich qo‘shib chiqish rejimida ishlaydi. Agar hisoblagichning razryadlari orasidagi aloqa invers chiqishlardan amalga oshirilsa, u holda hisoblagich ayiruvchi hisoblagich sifatida ishlaydi.
Download 109.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling