Laboratoriya ishi biosenozdagi turlar tarkibini aniqlash


Download 16.84 Kb.
Sana19.07.2023
Hajmi16.84 Kb.
#1661078
Bog'liq
6- L


6 – LABORATORIYA ISHI
BIOSENOZDAGI TURLAR TARKIBINI ANIQLASH
1. Biosenozdagi turlar tarkibini aniqlash.
2. Populyatsiyaning yosh tuzilmasi bilan tanishish.


Nazariy ma`lumotlar. Qishloq xo‘jaligida ekinlar o‘stirishda ma’lum o‘simliklar jamoasi vujudga keladi. Ularni yovvoyi fitotsenozlardan farqlash uchun agrofitotsenozlar deb ataladi. Agrotsenozlar oddiy agrotsenoz deb qaralsa, ularni birgalikda ekish yoki bir necha turlarini birgalikda ekish murakkab agrotsenozni tashkil etadi. Har qanday madaniy ekin orasida begona o‘tlar ham uchraydi. Shuning uchun ham ular ma’lum o‘simliklarning sun’iy jamoasini hosil qiladi.
Odatda, agrotsenozlarda madaniy o‘simliklar hukmron bo‘lib, ular 1 – qavatni egallaydi. Qolgan begona o‘tlar turlari har xil qavatlardan joy oladi.
Tayanch iboralar: biotsenoz, agroEkotizim, dominant turlar, yarus, agrofitotsenoz, agrotsenoz, turlar takibi, biotip, fenologik faza, begona o`t, qavat.
Ashyo va jihozlar: gerbariy papkasi, qog‘ozlar, ruletka, chizg‘ich, tesha yoki pichoq, o‘simliklar aniqlagichlari.
Ishning maqsadi: agrofitotsenozdagi turlar xilma - xilligi o‘rganish, madaniy ekin maydonlaridagi begona o‘tlarni mo‘llilik darajasini aniqlash.
Ishni bajarish tartibi. Odatda, agrofitosenozning begona o‘tlar bosish darajasi aniqlanadi. Buning uchun ko‘z bilan chamalab, sanab chiqish usullaridan foydalanish mumkin. Ko‘z bilan chamalash usulida begona o‘tlar to‘rt balli tizimda baholanadi, ya’ni 1 ball - o‘tlar yakka holda uchrasa; 2 ball - uncha ko‘p bo‘lmagan holda uchrasa; 3 ball - ko‘p uchrasa, 4 ball - begona o‘t madaniy o‘simlikdan ko‘p va uni bosib ketgan bo‘lsa beriladi.
Agrofitotsenozga qisqacha tavsifnoma berib, bunda xo‘jalikning nomi, joylashishi, egallangan maydoni (ga hisobida), relefi kabilarga e’tibor beriladi. So‘ngra ko‘z bilan chamalash usulida begona o‘tlar turini aniqlash uchun tekshirilayotgan ekin maydonida bir necha yo‘nalishda yurib, begona o‘tlar turi gerbariy uchun yig‘iladi. Madaniy ekinni ko‘z bilan chamalab, begona o‘t bosish darajasini baholashni quyidagi jadvalga qayd etiladi.
Ma`lumot uchun: paxta dalalarida qora (Solanum nigrum) va qizil ituzumlar (S. olgae), machin - yovvoyi tojixo`roz (Amaranthus retroflexus), qo`ypechak (Convolvulus arvensis), ajriq (Cynodon dactylon), bangidevona (Daturastramonium), bo`ritaroq (Hibiscus trionum), semizo`t (Portulaca oleracea), shamak (Echinochloa crus – galli) va ba`zan qamishlar (Phragmites austalis); bug`doy dalalarida yovvoyi suli (Avena fatua), qilqon arpa (Hordeumleporinum) kampirchopon (Trichodesma incanum), burgan (Artemisia annua), jag`-jag` (Capsella bursa – pastoris), chuchmo`ma (Ixiolirion tataricum), lolaqizg`aldoq (Roemeria refracta), tuyaqorin (Heliotropium lasiocarpum), shudgoro`t yoki gandumak (Lepyrodiclisholosteoides) kabi o`simliklar nisbatan kop` ushraydi.
1 – jadval
Madaniy ekinning begona o‘t bosish darajasini ko‘z bilan chamalab hisoblash





O`simlik turi

Biologik guruhi

Fenologik faza

Balandligi (sm hisobida)

Mo‘lligi
(ball hisobida)



1

Solanum nigrum

Bir yillik o`t

Gullash, mevalash

125 – 135

3





















BILIMNI TEKSHIRISH UCHUN SAVOLLAR



  1. Biogeotsenoz nima?

  2. Biotsenozga ta’riya bering.

  3. Agrofitotsenoz deganda nimani tushunasiz?

  4. O‘simlikning biotip va fenologik fazalari haqida tushuncha bering.

  5. Siz yashaydigan joyga yaqin joylashgan paxta yoki bug`doy ekilgan maydonlarda qanday begona o`tlar o`sishini bilasizmi?

Download 16.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling