Laboratoriya ishi integral universal reversiv hisoblagichlarni tadqiq
Download 162.59 Kb. Pdf ko'rish
|
10-лаб
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uslubiy ko‘rsatmalar
- Hisobot tarkibi
10-LABORATORIYA ISHI INTEGRAL UNIVERSAL REVERSIV HISOBLAGICHLARNI TADQIQ ETISH Ishning maqsadi: Integral universal reversiv hisoblagichlarni tadqiq etish, ishlash prinsipi va mantiqiy sxemasini o‘rganish.
Hisoblagichlar ketma-ket qurilma bo‘lib, kirish yo‘liga berilgan impulslar sonini hisoblash va ularni saqlash uchun xizmat qiladi. Hisoblagichlar quyidagi belgilar bo‘yicha tasniflanadi: Hisob yo‘nalishi bo‘yicha: yig‘iluvchi; ayiruvchi; reversiv. O‘tish sxemalarini tashkil etish yo‘li bo‘yicha: ketma-ket o‘tuvchi hisoblagichlar; to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘tuvchi hisoblagichlar; parallel o‘tuvchi hisoblagichlar; kombinatsiyalashgan o‘tuvchi hisoblagichlar. O‘tish koeffisiyenti bo‘yicha: ikkilik; ikkilik-o‘nlik; ixtiyoriy doimiy qayta hisoblash koeffitsiyenti; hisobning o‘zgaruvchan koeffitsiyenti hisoblagichlari va h.k. Hisoblagichning sinxronizatsiya asosida holatini o‘zgartirishi bo‘yicha: asinxron, sinxron hisoblagichlar. Aytaylik, F n = 0 bo‘lganda reversiv hisoblagich yig‘uvchi sifatida va F n = 1
bo‘lganda ayiruvchi sifatida ishlaydigan bo‘lsin. U holda kommutatsiya
sxemasining ishlash tartibi quyidagicha bo‘lishi kerak: bu yerda: T i -signal(T kirish yo‘lida) Lekin F boshqaruv signali qiymatining o‘zgarishi kirish signali berilishi bilan hisoblagich holatining o‘zgarishiga olib kelishi mumkin. Noto‘g‘ri o‘tishlarning oldini olish maqsadida F signal faqat α = 0 bo‘lganda uning o‘zgarishini va shu asosda kommutatsiya sxemasining ishlash tartibida quyidagi o‘zgartirishni qabul qilish mumkin:
Bu tartib quyidagi uyg‘onish funksiyasini aniqlaydi: Unga 10.1-jadval mos keladi. Bu jadvaldan quyidagini hosil qilamiz:
Uch razryadli ketma-ket o‘tuvchi reversiv hisoblagichning sxemasi 10.1-rasmdagi ko‘rinishga ega bo‘ladi. jadval 10.1. 10.1-rasm. Uch razryadli reversiv hisoblagich Hisobot tarkibi 1. Laboratoriya ishining nomi va uni bajarishdan maqsad. 2. O‘lchash prinsipial sxemasi. 3. Har bir bajarilgan ish va natijalar (jadval, xarakteristika va parametrlar). 4. Xulosa.
1. Hisoblagichlar qanday tasniflarga bo‘linadi va ularni izohlab bering. 2. Sinxron va asinxron hisoblagichlar farqini tushuntirib bering. 3. O‘tish koeffisienti bo‘yicha hisoblagichlar qanday turlarga bo‘linadi. 4. Reversiv hisoblagichning ishlash prinsipini tushuntirib bering. Download 162.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling