Laboratoriya ishi ios uchun swift dasturlash tilida ilovalar yaratish


Download 20.13 Kb.
bet1/2
Sana18.06.2023
Hajmi20.13 Kb.
#1579383
  1   2

6-LABORATORIYA ISHI
IOS UCHUN SWIFT DASTURLASH TILIDA ILOVALAR YARATISH


Ishdan maqsad: iOS uchun swift dasturlash tilida ilovalar yaratish. Swift dasturlash tilida ma'lumotlarni ekranga chiqarish koʻnikmalariga ega boʻlish.


Nazariy ma’lumotlar

Swift (tez, ildam) - 2014 yil Apple tomonidan ommaga taqdim etildi. Apple tizimlarida shu davrga qadar Objective C dasturlash tili native va yakka til edi. Swift yaratilgach u ham native til hisobiga kiritildi. Swift Apple dasturchi muhandislari tomonidan yaratilgan. Uning yaratilishi Apple qurilmalariga dastur yaratilishini juda keng ma'noda o'zgarish yaratdi.


Yutuqlari:

  • Soddalik;

  • Tezkorlik;

  • Barcha qurilmalar uchun yagona qo'llash uslubi;

  • Tiplash majburiy emas (ammo tip degan tushuncha mavjud va uni qo'llay olish ham);

  • Sodda integratsiya qilish (Objective C dasturchilari bemalol Swiftda qiynalmasdan code yoza oladi);

  • Cocoa frameworki Swift uchun mavjud;

  • Playground mavjudligi (ushbu tilni o'rganish uchun muhit);

  • Yagona IDE Xcode



Swift tili C tillar oilasiga mansub. Bu degani uni sintaksisi C ga juda yaqin. Shu bilan birga, Swift Objective-C'dan juda ko'p imkoniyatlar olingan bo'lib, ammo u ko'rsatkichlar bilan emas, balki turlar bilan aniqlanadi. Ularni esa o'z navbatida kompilyator ishlaydi. Huddi shu tamoyil bilan ko'plab skript tillar ishlaydi. Bu dasturlash tilining ba'zi funksiyalari boshqa tillardan ko'ra tezroq ishlaydi. Masalan, kompleks obyektlarni tartiblash Pythonga nisbatan 3.9 marta tezroq ishlaydi. Objective-C'dan esa 1.5 barobar tezroq bajarilishi kuzatilgan. Swift tili funksional va obyektga yo'naltirilgan dasturlashga mo'ljallangan
Bu dasturlash tili Apple korparatsiyasi tomonidan iOS sistemasiga dastur tuzish uchun ishlab chiqilgan va xozirda millionlab dasturchilar aynan shu dasturlash tilidan foydalanib iPhone, iPad va boshqalar uchun dasturlar tuzishyapdilar.
To'g'ri iOS uchun dasturlash uchun boshqa tillarham bor. Lekin Swift aynan iOS uchun. Agar siz Swift dasturlash asoslarini mukammal darajada o'rganib chiqsangiz, siz ham balki iOS dasturlovchisi bo'lib ketarsiz!

Bu albatta o'zingizga bog'liq. Demak boshladik, birinchi navbatda har qanday dasturlash tilida birinchi qadam bo'ladigan Hello World ya'ni salom dunyo dasturini tuzishni ko'rib chiqamiz. Keyin o'zgaruvchilar va boshqalar haqida dasturlar ko'rib chiqamiz.


Swift dasturlash tilida ma'lumotlarni ekranga chiqarish uchun print xizmatchi so'zidan foydalaniladi.


Masalan : print("Salom Dunyo")
print("Assalomu aleykum bo'lajak dasturchilar")
Endi o'zgaruvchilar bilan ishlashni ko'ramiz : 
var a = 5
var b = 10
var c = a + b
print("\(a) + \(b) = \(c)")
ekranga quyidagicha yozuvlar chiqadi : 5 + 10 = 15 
O'zgarmaslarni "let" xizmatchi so'zi bilan e'lon qilish mumkin!
For takrorlash operatori quyidagicha ko'rinishga ega bo'ladi.

for (var i = 0; i<10; i++)
{
print(i)
}

Bu for takrorlash operatorining oddiy ko'rinishi.


Swift interaktiv o'quv interfeysi iPhone va iPad sensorli ekranlari uchun optimallashtirilgan.


Har bir amaliy topshiriqdan oldin u element qanday ishlashini tushuntiradi.

Swift dasturining tuzilishi


Dastur buyruqlar to'plamidan iborat bo'lib, ularning har biri bayonot deb nomlanadi.



print("hello world!")

Odatda, har bir bayonot bitta satrga to'g'ri keladi

1
2

print("hello world!")
print("welcome to swift")

Shuni ta'kidlash kerakki, Swift umuman C ga o'xshash sintaksisga ega, ya'ni C, C ++, C #, Java kabi dasturlash tillari bilan bog'liq, ammo bitta qatorli ko'rsatmalar bilan tugamaydi nuqta-vergul. Garchi buni amalga oshirish mumkin bo'lsa ham. Ammo, masalan, bitta satrda bir nechta ko'rsatmalarni joylashtirsak:

1

print("hello world!"); print("welcome to swift")

Bunday holda, ularni vergul bilan ajratish kerak.
Boshqa C-ga o'xshash tillarda bo'lgani kabi, Swift ham strukturaviy bloklarni uslublash uchun jingalak qavslardan foydalanadi. masalan; misol uchun:

1
2
3
4
5

class Book { // klass blokini ish faoliyatini boshlaydi
func print() { // funksiya blokini ish faoliyatini boshlaydi
print("kitibni chiqaradi")
} // fuksiya blokini ish faoliyatini yakunlaydi
} // klass blokining ish faoliyatini yakunlaydi


Download 20.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling