Laboratoriya ishi ishlab chiqarish korxonalarida va inshootlarida
Download 72.79 Kb. Pdf ko'rish
|
2-tajriba ishi. Ishlab chiqarish korxonalarida va inshootlarida tabiiy yoritilganlikni aniqlash. — копия
Ishni bajarish tartibi
Ish joylarini tabiiy yoritishni aniqlash 1. Fotoradiometrni ish mohiyatini o‘rganish. 2. Fotoradiometrni ishga tayyorlash: Uskunani gorizontal holatga 80 sm yoki 1 m balandlikdagi stol ustiga qo‘yib, yning fotoelementi to‘g‘ri ulanganligini tekshirish kerak. Agarda fotoelement to‘g‘ri ulangan bo‘lsa, AUTO tugmasini bosib yoqish kerak. Bunda uskuna yonish jarayonida o‘z-o‘zini kalibrovka (yani ulangan foto elementni) qilib so‘ngra ishga tayyor holatga keladi. Bunda uning ko‘rsatkichlari va o‘lchov birligi Lux degan yozuvni ko‘rsatib turgan bo‘lishi kerak. Bu o‘lchov 2 xil usulda amalga oshiriladi. 1) Fotoradiometrning fotoelementidagi qoplamani chiqarib olamiz va xonaning 5 ta nuqtasidan o‘lchov olinib. Olingan 5 ta natija qo‘shilib o‘rtacha arifmetik amal bajarilib, o‘rtacha qiymatni aniqlaymiz. 2) Derazadan devorgacha bo‘lgan masofani har bir metridan natija olinadi va olingan natijalar qiymatlari qo‘shilib o‘rtacha qiymat aniqlanadi. Formula (2) asosida ichkarini E ichki tashqariga E tashqi nisbatan yoritilganlik foizi aniqlanadi. Tabiiy va aralash yoritilganlik har biri uchun bir marta o‘lchab chiqiladi. Bularni hisoblab chiqqan natijadan ya’ni aralash yoritilganlik qiymatidandan tabiiy yoritilganlik qiymatini ayiramiz. Natijada sun’iy yoritilganlik kelib chiqadi (kunduzi). Odatda sun’iy yoritilganlikni qorong‘u xonada yoki kechqurun xona chiroqlari yoqilgan holda aniqlagan yaxshiroq. 1. Xona derazasidan har 1 m. uzoqlikdagi masofada yoritilganlikni Fotoradiometr yordamida aniqlang. Ish joyi yoritilganligining derazagacha bo‘lgan masofaga bog‘liqligi grafigini tuzing va xulosalang. 2. Xona tashqarisidagi yoritilganlikni fotoradiometr yordamida o lchang. 3. Tabiiy yoritilganlik ko‘rsatkichini aniqlang. Ushbu koeffitsient normaga to‘g‘ri kelishini aniqlab, xulosalang. 4. Ish xonasi uchun quyidagi formula yordamida yorug‘lik koeffitsientini aniqlang: Ish xonasi uchun quyidagi formula yordamida yorug‘lik koeffitsiyentini aniqlang: 𝑒 𝑟 = 𝑆 0 𝑛 𝑆 𝑥 (1) bu yerda; е r - hisobiy yorug‘lik koeffitsiyenti: yashash xonalari uchun – е r =0,1-0,25; ishlab chiqarish xonalari uchun е r =0,25-0,5; S 0 - bitta derazaning yuzasi, м 2 ; n - derazalar soni; S х - xonaning yuzasi, м 2 ; Tabiiy yoritilganlik koeffitsiyenti quyidagi formula orqali aniqlanadi: 7 𝑒 𝑡𝑎𝑏𝑖𝑖𝑦 = 𝐸 𝑖𝑐ℎ𝑘𝑖 𝐸 𝑡𝑎𝑠ℎ𝑞𝑖 ∙ 100% (2) Bu erda e tabiiy - tabiiy yoritilganlik koeffitsienti E ichki - Xona ichidagi yoritilganlik, Lk E tashqi - Xona tashqarisidagi, Lk Sanaot korxonalarini va o‘quv xonalarini tabiiy yorug‘lik bilan yoritish yon tomondan maxsus qoldirilgan oynalar orqali amalga oshiriladi. Tabiiy yoritilganlikni me’yorlovchi kattalik sifatida, nisbiy kattalik bо‘lmish tabiiy yoritilganlik koeffitsiyenti qabul qilingan. Bu ishlab chiqarish xonasi ichidagi yoritilganlikni “E ichki ”, shu vaqtning о‘zida tashqarida gorizontal yuzada ulangan yoritilganlikka “E tashqi ” nisbati bilan foizlarda о‘lchanadigan kattalikdir. Tabiiy yoritilganlik koeffitsiyenti eksperimental о‘lchovlar asosida hisoblanadi. Buning uchun lyuksmetr asbobi yordamida xonaning ichki “E ichki ” va tashqi “E tashqi ” yoritilganligi gorizontal tekislikda о‘lchanadi. Tashqaridagi yoritilganlik о‘lchanganda Fotoradiometrga fotoelementiga atrofdagi bino va inshootlarning soyasi tushmasligiga ahamiyat berish kerak. Download 72.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling