Nur oqimi – f nur energiyasining quvvati sifatida aniqlanadi va u inson ko‘ziga
ta’sir qilish sezgisi sifatida baholanadi. Nur oqimining birligi sifatida lyumen (lm)
qabul qilingan.
Yorug‘lik kuchining o‘lchov birligi sifatida kandela (kd) qabul qilingan.
1 lm nur oqimi bir xilda tarqalib tushgan 1 m
2
yuzasiga tushsa, bu yoritilganlik
bo‘ladi:
Yoritilganlik bir yuzaga tushayotgan bo‘lsin, nur oqimi shu yuzadan qaytsa, bu
nur qaytarish koeffitsenti bilan belgilanadi. Nur qaytarish koeffitsenti yuzaning
rangiga bog‘liq bo‘lib, mutloq qora yuzaning nur qaytarish koeffitsenti 0 ga teng
bo‘ladi. Tabiatda mutloq qora narsa bo‘lmagani koeffitsentining 0,02 dan 0,95 gacha
bo‘lgan chegaralari hisobga olinadi. Nur qaytarish koeffitsenti 0,4 dan katta bo‘lsa,
yorug‘ fon, 0,2 dan 0,4 gacha bo‘lsa, o‘rtacha fon va 0,2 dan kichik bo‘lsa, qora fon
deb qaraladi.
Yoritishning ikki usuli mavjud: Tabiiy va sun’iy.
Tabiiy yoritish quyosh yorug‘ligi yordamida yoritish tushuniladi. Sun’iy
yoritish elektr nurlari yordamida yoritish tushuniladi.
Tabiiy yorug‘lik inson ko‘rish organlari va boshqa fiziologik jarayonlarning
borishi uchun zarur bo‘lgan ultrabinafsha nurlarga boy va bu yorug‘lik bilan
yoritilgan xonalarda ishlash ko‘z uchun juda foydali.
Yoritilganlikni o‘lchash jihozlari
Lyuksmetrning ishlash printsipi yorug‘lik oqimining fotoelementlarga ta’siri
natijasida, lyuksmetr zanjirida elektr toki hosil bo‘lishiga asoslangan. Hosil bo‘lgan
tok ta’sirida lyuksmetming ko‘rsatkichi yoritilganlikning miqdorini «lyuks»da
ko‘rsatadi. Shu sababli yoritilganlikning miqdori lyuksmetr fotoelementlariga
tushadigan yorug‘lik oqimining miqdoriga bog‘liqdir.Qurilmaning o‘lchov birliklari
lyukslarda ifodalangan.
Fotoradiometr HD2302.0
Foto-Radiometer HD2302.0 portativ asbob bo‘lib, o‘lchangan
ma’lumotlarni vizualizatsiya qilish uchun katta LCD displey bilan
jihozlangan. U yoritilganlikni o‘lchaydi va nurlanish (VIS-NIR, UVA,
UVB va UVC spektral hududlari bo‘ylab yoki UV ta‘sir egri chizig‘iga
muvofiq o‘lchangan).
Zondlar SICRAM avtomatik aniqlash moduli bilan jihozlangan b o‘lib,
zavod kalibrlash sozlamalari allaqachon xotirada saqlangan. Aniqlashdan
tashqari, o‘lchov birligini tanlash ham avtomatik tarzda amalga oshiriladi.
3
Do'stlaringiz bilan baham: |