Laboratoriya ishi ishlab chiqarish sexlaridagi chang konsentratsiyasini aniqlash


Download 137.04 Kb.
bet2/3
Sana18.02.2023
Hajmi137.04 Kb.
#1210574
1   2   3
Ishni bajarish tartibi

  1. Qog‘oz halqa orasidan qisqich bilan filtrni chiqarib, analitik tarozida 0,1 mg aniqlikkacha og‘irligini о‘lchab yozing.

  2. Filtrni qog‘oz halqa bilan birgalikda patronga joylashtirib, uni chang kamerasining maxsus teshigiga mahkamlang.

  3. Kameradagi changni qо‘zg‘atish uchun ventilyatorni ishlatib yuboring.

  4. Aspiratorni ishga tushirib, diafragma tugmasini burab sо‘rilayotgan
    havoning hajmini 20 l/min ga keltiring.

  5. Aspirator bilan baravar sekundomerni ham ishlatib yuboring.

  6. 2-3 daqiqadan sо‘ng aspiratorni sekundomer bilan bir vaqtda о‘chiring va tajriba davom etgan vaqtni minutlarda yozib oling.

  7. Patronni burab chiqarib oling va qog‘oz halqani ochib, qisqich yordamida filtrni avaylab, undagi chang zarralari tо‘kilib ketmasligi uchun tо‘rt buklang.

  8. Filtrni analitik tarozida tortib og‘irligini о‘lchab yozib oling. Agar filtrning tajribadan oldingi og‘irligi g1, tajribadan keyingi og‘irligini g2 bilan belgilasak, filtr orqali о‘tayotgan havoning hajmi V bо‘lsa, unda havodagi changning konsentratsiyasi quyidagicha topiladi,

(2.1)
Filtr orqali sо‘rilayotgan havoning hajmi tajriba davom etgan vaqtni /t/ bir minut davomidagi sо‘rilgan havo hajmiga /Q/ kо‘paytmasini 1000 ga nisbati bilan о‘lchanadi, yani
(2.2)
Bunda, ma’lumki Q l/min da, t minutlarda. Bu kattalikni m3 ga aylantirish uchun 1000 soniga bо‘lish kerak.
Chang konsentratsiyasini aniqlash uchun quyidagi umumlashtirilgan formuladan foylalansa ham bо‘ladi:
(2.3)



2.1-rasm.



2.2-rasm. Chang konsentratsiyasini aniqlash sxemasi:


1-ventilyator, 2-kamera, 3-filtr uchun patron, tarozi (ADV-200), 5-reometr, 6-havo sо‘ruvchi asbob (maishiy chang yutkich), 7-sekundomer, 8-sо‘rilayotgan havo hajmini rostlovchi LATR (laboratoriya avtotransformatori)

Download 137.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling