7 -LABORATORIYA ISHI
JAVASCRIPT TILIDA BOSHQARUV OPERATORLARI.
Ishdan maqsad: JavaScript yordamida sohani to'g‟ri to'ldirilganligini
tekshirishni o'rganish. JavaScriptdan foydalangan
holda obyektlar yaratishni
o'rganish.
Laboratoriya ishiga topshiriq
Yangi html-hujjatda 2ta tugma ishda tushuvchi scriptlarni (onClick
hodisa), variant asosida yarating.
1 -variant
A. Foydalanuvchiga qaysi maydonning yuzini topishni taklif qilish:
to„g‟riburchakning,
trapetsiyaning, doiraning yoki uchburchakning.
Uchburchakning maydonini hisoblash Geron formulasi bo„yicha.
B. Oylarning nomlarini saqlaydigan massiv yarating. Sahifaga 5-oyni
chiqaring.
2 -variant
A. Kvadrat tenglamaning ildizlarini diskriminant orgali toping.
B. 0 dan 30 gacha bo„lgan tasodifiy 10 ta sonlarni saqlaydigan bir
o„lchamli massiv yarating.
Avval ilk massivni chiqaring, keyin massivning
elementlarini saralanganini chiqaring.
3 -variant
A. N sonning o„rta arifmetigini hisoblang (n
soni foydalanuvchi
tomonidan kirgaziladi).
B. Oylarning nomlarini saqlaydigan massivni yarating. Sahifada hamma
oylarning nomlarini qator ko„rinishida bo„sh joy bilan chiqaring.
4 -variant
A. Foydalanuvchi tomonidan kirgizilgan
n sonining faktoriylarini
hisoblang.
B. Haftaning kunlarini saqlaydigan massivni yarating. Kunlarning nomini
alfavit bo„yicha saralang va ularni shunday tartibda boshqa massivga yozing,
uni sahifaga chiqaring (ekranga chiqarish uchun siklni ishlating).
5 -variant
A. Uchburchakning uchta taraflarini kirgizing, uchburchak bo‟la olishini
tekshiring. Agarda bajarilsa unda uning perimetrini hisoblang.
B. Haftaning kunlarini saqlaydigan massivni yarating. Foydalanuvchiga 1
sondan 7 gacha bo„lgan sonlarni kirgizishni taklif qiling.
Kiritilgan songa
qarab hafta kunini ekranga chiqaring.