Laboratoriya ishi Kalorimetriya. Kalorimetr doimiyligini topish. Tuzlarning erish issiqliklarini aniqlash
Download 369.15 Kb. Pdf ko'rish
|
Laboratoriya ishi Kalorimetriya. Kalorimetr doimiyligini topish.
- laboratoriya ishi Kalorimetriya. Kalorimetr doimiyligini topish. Tuzlarning erish issiqliklarini aniqlash Tuzning suvda erishida modda tuzilishining boshqa holatdagi o’zgarishlari kabi, issiqlik yutilishi yoki ajralishi kuzatiladi. Moddalarda sodir bo’ladigan o’zgarishlardagi issiqlik effektlarini o’rganish bilan termokimyo fani shug’ullanadi. Termokimyo asosida 1840 yilda akadimek G.I.Gess tomonidan kashf qilingan qonun yotadi. Bu qonunga binoan, reaksiyaning issiqlik effekti faqat ta’sirlashayotgan moddalarning boshlang’ich va oxirgi holatiga bog’liq bo’lib, ularning bir holatdan boshqa holatga qanday yo’l bilan o’tganligiga bog’liq emas. Bu qonun yordamida aniq o’lchov olib bo’lmaydigan joydagi modda o’zgarishining issiqlik effektini hisoblab topish mumkin. Masalan, to’g’ridan-to’g’ri yo’l bilan o’lchash yordamida kristallgidrat hosil bo’lishining issiqlik kattaligini aniq hisoblash qiyin, chunki suv va suvsiz qattiq moddadan kristallgidrat hosil bo’lishi suvsiz modda kristallarining yuza qavati suv bilan ta’sirlashishi boshlanishida juda tez boradi, so’ngra esa reaksiya tezligi sekinlashadi va tez tugamaydi. Bundan tashqari, moddaning suvda erish jarayoni qiyinlashadi. Ammo termokimyoning asosiy qonuni yordamida suvsiz tuzning va kristallgidratning erish isiqligini o’lchash va birinchi kattalikdan ikkinchisini ayirish bilan kristallgidrat hosil bo’lish issiqligini aniqlash mumkin. Q = Q suvsiz tuz – Q kristallgidrat (1) Tuz suvda erishi bilan birga yana ikki jarayon sodir bo’ladi: 1. Modda kristall panjarasining buzilishi va molekulalarning ionlarga dissosilanishi, bunda Q 1 ga teng miqdorda issiqlik yutiladi. 2. Ionlarning gidratlanishi. Bunda Q 2 ga teng miqdorda issiqlik ajraladi. Tuzning erish issiqligi bu ikkala jarayondagi issiqlik effektlarining algebraik yig’indisiga teng: Download 369.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling