Laboratoriya ishi Mavzu: Informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan


Download 12.18 Kb.
bet1/2
Sana13.09.2023
Hajmi12.18 Kb.
#1677321
  1   2
Bog'liq
Laboratoriya ishi Mavzu Informatika va axborot texnologiyalari -fayllar.org


Laboratoriya ishi Mavzu: Informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan оlimpiada masalalarini yechish metodikasi



11-12-Laboratoriya ishi 

Mavzu: Informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan 

оlimpiada masalalarini yechish metodikasi 

Ishdan maqsad: 

Informatika va axborot texnologiyalari 

fanlaridan оlimpiada masalalarini yechish metodikasini 

o’rganish 

Nazariy qism: 
Ma’lumki yurtimizda har yili fan olimpiadalari o‘tkaziladi. 
O‘quvchilar ichida DTS talablarini osonlik bilan o‘zlashtiradigan,
informatikadan ko‘proq bilimga ega bo‘lishni istaydigan iqtidorli 
yoshlar doim topiladi. Yillar davomida iqtidorli bolalar bilan ishlash,
ularni informatikadan olimpiadalarga tayyorlash tajribasi to‘planib, 
taraqiy etib kelmoqda. Muhimi o‘quvchilarni o‘qish va olimpiadaga
tayyorlanish jarayoniga jiddiy qarashga o‘rgatish. Informatikadan 
o‘quvchilarni olimpiadaga tayyorlashni 6-sinfdan boshlash maqsadga
muvofiq. Lekin tajriba shuni ko‘rsatadiki, ko‘pincha o‘quvchilar 
olimpiadaga 8-sinfdan qiziqa boshlaydi. Ulardan ham aqliy mehnatdan
zavq oladigan, masalalarni uyechishni yoqtiradiganlari qoladi.
Informatikadan fan olimpiadasi ikki turda: nazariy (test topshiriqlari)
va amaliy (dastur
tuzish) turlarda o‘tkaziladi.

O‘quvchilarni informatikadan olimpiadaning amaliy turiga 

tayyorlanish
Amaliy turda o‘quvchilar asosan paskal dasturlash tilida dastur tuzishi 

kerak. Dastur tuzishga o‘quvchilarni o‘rgatish shartli ravishda uch


etapda amalga oshiriladi. Birinchi etap, eng qiyin hisoblanadi va 
tahminan bir yil davom etadi. Bu etapda elementar algoritmlar va
“Turbopaskal” dasturlash tili o‘rgatiladi. Birinchi etap uch bosqichni 

o‘z ichiga oladi. Birinchi bosqichda o‘quvchilarga masala sharti, uni


yechish algoritmi va dastur matni beriladi. Ikkinchi bosqichda masala 
sharti va uni yechish algoritmi beriladi. Qolgan ishlarni o‘quvchining
o‘zi bajarishi kerak. Uchinchi bosqichda faqat masala shrtlari beriladi. 
Asta sekin algoritmlar banki to‘planib boradi, olimpiada masalalarini
yechish ko‘nikmasi hosil bo‘ladi.
Ikkinchi etapda turli olimpiada va musobaqalarda qatnashiladi. Albatta
bu etapda “diplom” haqida o‘ylashga hali erta. O‘quvchi uchun bu 
etapda olimpiada masalalarini yechish metodikasi tushunish va
o‘zlashtirish, oz’ vaqtini to‘g‘ri taqsimlash, testlar tizimini to‘g‘ri 
tuzish (dastur ishini tekshirish uchun) muhimdir.
Uchinchi etapda o‘quvchilar bilim doirasini kengaytiradi, murakkab 
algoritmlarni o‘rganadi, tahlil qiladi va murakkab masalalarni yechadi.
Shuni aytish lozimki, uchchala etapni ham muvaffaqiyatli o‘tish uchun 
chuqur matematik tayyorgarlik zarur bo‘ladi.
Albatta o‘qituvchiga ham o‘quvchilarga og‘ir yuk tushadi. Odatda 
nazariy material ma’ruza shaklida beriladi. Unda informatika va
matematika bo‘limlaridan bilimlar beriladi. Amaliy mashg‘ulotlarda 
maruzada berilgan mavzular bo‘yicha konkret amaliy topshiriqlar
aniqlanadi, masalalar yechiladi.
Amaliy mashg‘ulotlarda o‘rganilgan mavzuga oid masalalarning
yechish usullari tahlil qilinadi. Masalan, doskaga masalardan birining 
blok-sxemasi yoki dasturning e’tiborga molik fragmenti yozib
qo‘yiladi. Amaliy mashg‘ulotlarning asosiy qismi dasturlarni tahlil 
qilishga ketadi. Bu o‘qituvchining o‘quvchi bilan individual ishlashga
qaratilgan o‘ziga hos ijodiy jarayon.
Dastur tuzish va uni to‘g‘irlash (otladka) dasturlashning juda ko‘p
nozik tomonlarini bilishni talab etadigan ijodiy jarayon.
Har bir dasturni quyidagicha baholash mumkin:


dasturning ishlashini barcha xususiy hollarni hisobga olgan testlar 


yordamida tekshirish;



o‘quvchini dasturdagi hatoni topa olish qobiliyati; • o‘quvchini 


algoritmdagi hatoni topa olish qobiliyati;

dastur matniga alohida e’tibor qaratiladi: dasturda zarur izohlar 

bo‘lishi kerak, identifikatorlar mnemonik bo‘lishi, dastur matni


strukturalangan bo‘lishi kerak;
Yillar o‘tishi bilan avlodlar almashinuvining sxemasi ishlab chiqilgan
bo‘lishi lozim.
Olimpiadaga turli yoshdagi o‘quvchilar tayyorlanadi. Kattalari
kichiklarga bilim va tajribasini qoldiradilar.
Respublikamizda 1994 yilda “yosh informatilar” yozgi maktabi tashkil
qilinib, hozirgacha ishlab kelmoqda. U yerda olimpiada viloyat 
bosqichining g‘oliblari ishtirok etib, ular kelgusi olimiadalarga
tayyorlanadilar. Lekin hamma viloyatlardan ham “kerakli” o‘quvchilar 
yuborilmaydi. Yozgi maktabga qatnashgan 28 nafar o‘quvchidan (har
bir viloyatdan ikkitadan o‘quvchi) 3-4 tasi o‘rtacha qiyinlikdagi 
masalalarni arng yechadi. Ularni qaytadan dastur tuzishni o‘rgatishga
to‘g‘ri keladi. Bunday bo‘lmasligi uchun bolalarni maktabda 
olimpiadaga tayyorlashga katta e’tibor qaratish lozim.
Olimpiadada muvaffaqiyatli ishtirok etish uchun tayyorlanish 
jarayonida o‘quvchilar matematikaning algebra, sonlar nazariyasi,
analitik geometriya, diskret matematika, algoritmlar nazariyasi 
bo‘limlarini puxta egallashi lozim.
Bir necha yildan beri respublikamiz o‘quvchilari “Butunrossiya 
dasturchilar ochiq chempionati” da ishtirok etib kelmoqda. Unda
o‘quvchilar jamoa bo‘lib ishlaydilar. Har bir jamoada 3 ta ishtirokchi. 
Olimpiadaning bunday turida har bir jamoa 5 soat ichida berilgan
masalalardan iloji boricha ko‘prog‘ini yechishi kerak. Bunday 
olimpiadalarda o‘quvchilar jamoada ishlashni, vazifalarni o‘zaro
taqsimlashni, maqsadga erishish uchun oxirgacha harakat qilishni 
o‘rganadilar.
Informatikadan olimpiadaga tayyorlanish jarayoniga Internetdan 
foydalanishni ham unutmaslik kerak. Hozirgi kunda internet
tarmog‘ida yakka va jamoa olimpiadalariga tayyorlash bo‘yicha bir 
qancha loyihalar mavjud. Masalan, har o‘quv yilining sentyabirdan


apreligacha davom etadigan Sankt Peterburg aniq mexanika va optika


instituti loyixasi. Bu loyihani 
http://neerc.ifmo.ru/school
saytidan 

topish mumkin. Quyida informatikadan olimpiadaning amaliy turiga


tayyorlanish bo‘yicha tahminiy reja keltirilgan:



Download 12.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling