Laboratoriya ishi mavzu


Tajriba o’tkazish bo’yicha maslahatlar


Download 145.63 Kb.
bet3/4
Sana20.12.2022
Hajmi145.63 Kb.
#1039464
1   2   3   4
Bog'liq
LABORATORIYA ISHI RICHARD METODI

Tajriba o’tkazish bo’yicha maslahatlar
(20) tenglama bo’yicha, idishning hajmi qanchalik katta bo’lsa, po’lat sharning ossillyasiya davri shunchalik katta. Boshqa tarafdan, tajriba aniqligi ossillyasion davrni T aniqlash aniqligi bilan belgilanib, bu davr (21) tenglamadagi kvadrat ildizdan topiladi. Shuning uchun, mazkur tajribada aspirator (so’rib oluvchi qurilma) qo’llaniladi. Po’lat sharning ossillyasiyasi soni shisha trubkaning va po’lat sharning tozaligiga juda kuchli bog’liq. Har bir tajribadan oldin 2-rasmda ko’rsatilganidek, ipga bog’langan yumshoq mato yoki teri parchasi bilan shisha trubkani diqqat bilan tozalash kerak. Shisha trubkani yumshoq mato parchasi bilan tozalashda tozalovchi vositalardan foydalaning.

.
Eslatma
Asbobdan foydalanilmagan vaqtda, presizion shisha trubkani toza saqlash maqsadida, uni rezina qopqoq bilan berkiting.
Tajriba qurilmasi
- Shisha trubkani 2-rasmda keltirilganidek tozalang
- Po’lat sharni tozalang.
Eslatma
Faqat presizision shisha trubkani va po’lat sharni tozalashgina sharning yaxshi ossillyasiyasiga olib keladi.
Shisha trubkani rezina tiqinga o’rnating. Siz rezina tiqinning oldingi tarafidan jipslagich xalqadan foydalanishingiz mumkin, buni soddagina oddiy qog’oz bilan amalga oshirish mumkin (3-rasm).

3-rasm. Tajribani o’tkazish uchun qulaylik yaratish maqsadida jipslashtiruvchi xalqa sifatida rezina tiqinga kiritilgan qog’oz o’ramidan foydalanish mumkin.
Tajribani o’tkazish tartibi
1) Aspiratorning pastki teshigi berk ekanligiga amin bo’ling.
2) Presizision shisha trubkali rezina tiqinni aspiratorning yuqorigi teshigiga perpendikulyar qilib joylashtiring
3) Agar endi shar shisha trubkaga kiritilsa, u idishdagi havo hajmi shakllantirgan havo yostig’ida garmonik tebranishlar bajaradi. Ishqalanish energiyasiga yo’qotishlar muqarrar bo’lgani uchun tebranishlar so’nadi.
4) Bir necha marta (masalan 20) tebranishlar davrini T = 10 ossillyasiya uchun o’lchang.
5) Barometr ko’rsatishi bo’yicha bosim qiymatini yozib oling.
6) 1l hajmli plastik menzurkadan foydalangan holda, idishni suv bilan to’ldirib, aspiratorning hajmini aniqlang. Suvni to’kgandan keyin idishni yaxshilab quriting.

Download 145.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling