14-Laboratoriya ishi
Benzindagi tetraetiqo‘rg‘oshinni aniqlash
a) Sifat tahlili yordamida
Kerakli reaktiv, idish va materiallar:
5-% li yod zritmasi;
atsetat eritmasi: 10g л 1-% li etirmasi;
natriy rodizonat, 0,2%-li suvli eritmasi;
konussimon 250 ml kolba,
pipetka, kapillyar, voronka, filtr qog‘oz.
Ishdan maqsad: avtomobil benzinlari tarkibida tetraetilqo‘rg‘oshin borligini sifat tahlili yordamida aniqlash.
Ish bajarish tartibi: hajmi 250 ml bo‘lgan konussimon kolbaga 100 ml tekshirilayotgan benzin namunasi va 3 ml 5 % -li yodning spirtli eritmasi solinadi. Kolbaning og‘zi uzunligi 70 sm shisha trubka bilan jixozlangan probka yordamida yopiladi va tetraetilqo‘rg‘oshinni parchalanishi uchun suv xammomiga quyladi, so‘ngra eritma filtrlanadi. Kolba va filtrdagi yod qoldiqlari etil spirti yordamida yuviladi. Filtrdagi chukma 5 ml qaynok atsetat eritmasida eritiladi, filtrni xam pitpetkadagi atsetat eritmasi bilan yuviladi. Atsetat eritmasi foydalanilgan konussimon kolbaga yig‘iladi. Kolba devoriga yopishgan cho‘kmani eritish uchun eritma chayqatiladi, so‘ngra farfor idishga solivadi va suv xammomida quruq qoldiq hosil bo‘lguncha bug‘latiladi. Farfor idishdagi quruq qoldiqqa 1 tomchi distirlangan suv tomiziladi, hosil bo‘lgan eritmani filtr qog‘ozga tushiriladi va uning markaziga shisha kapilyar yordamida natriy rodizonat eritmasidan bir tomchi tomiziladi. Agar benzin tarkibida tetraetilqo‘rg‘oshin aralashmasi bo‘lsa, unda filtr qog‘ozdagi dog‘ning markazida och sarik, atrofida esa to‘q sariq rang hosil bo‘ladi.
b) Miqdor tahlili yordamida benzindagi tetraetilqo‘rg‘oshin miqdorini aniqlash.
Kerakli reaktiv, idish va materiallar:
yod, 1 n spirtli eritmasi;
sirka kislotasi ammoniyli tuzi 30%-li eritmasi;
benzin;
ammoniy molibdat, 0,03 n eritmasi. Eritmaning titri qayta kristallangan qo‘rg‘oshin xlorid eritmasi yordamida belgilanadi;
tanin, 0,05%-li suvli eritma;
250 ml hajmdagi konussimon kolba;
70 sm uzunlikdagi shisha trubka;
Elektr plitka, suv xammomi;
voronka, filtr qog‘oz, shisha tayoqcha.
Do'stlaringiz bilan baham: |