Laboratoriya ishi raqamli, elektron voltmetrlarni va


Download 332 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana28.10.2021
Hajmi332 Kb.
#169316
  1   2   3   4
Bog'liq
7-лаборатория иши



7-LABORATORIYA ISHI 

RAQAMLI, ELEKTRON  VOLTMETRLARNI  VA  

AMPERMETRLARNI O‘RGANISH HAMDA QO‘LLASH 

 

 

Ishdan  maqsad:  raqamli  voltmetrlar  va    ampermetrlar    hamda  bunday  o‘lchash 

asboblarining ishlash prinsiplari  bilan tanishish. 



  Vazifa:    Turli  xildagi  raqamli  voltmetrlar  va    ampermetrlar    yordamida  o‘lchashlar  olib 

borish. 


Asbob  va  uskunalar:  Xar  xil  diapazondagi  o‘lchash  uchun  mo‘ljallangan  raqamli  va 

elektron voltmetr  va  ampermetrlar.    

  

Nazariy qism 

Raqamli elektr o‘lchash asboblari o‘zlarining tuzilishining soddaligi, qulayligi va xossalariga 

ko‘ra    radioelektronika  soxasida  keng  tarqalgan  o‘lchash  asboblaridan      hisoblanadi.    Raqamli  

o‘lchagichlarni qo‘llanish doirasi juda ham turli-tuman. Ular tok kuchini, doimiy va o‘zgaruvchan  

kuchlanishlarni,  o‘zgaruvchan  tok  chastotasini,  quvvatlar  va  elektr  energiyasini  o‘lchashlarda  

qo‘llaniladi.  O‘ziga xos ravishda  o‘lchagichlar sifatida ampermetrlar, voltmetrlar, chastotomerlar 

va vattmetrlardan foydalaniladi. Ular  o‘zlarining gabaritlari, bajarish uslublari, o‘lchash oraliqlari 

va aniqlik sinflari bo‘yicha farqlanadilar.  Raqamli elektr o‘lchash asboblarini qo‘llash xavfsizligi 

va ularni  ortiqcha yuklanishlardan himoyalashga ham katta e’tibor qaratiladi.

 

Raqamli voltmetrlar va  ampermetrlarni amal qilish prinsiplari  analog bo‘lgan signallarni 



raqamli  kod  impulsiga  qayta  hosil  qilishdan  iborat  bo‘lib,  u  tabloda  aks  etgan    o‘nlik  kodga  

aylanadi.  Analogli  signalni  qayta  o‘zgartirsh  uchun  analogli-raqamli    qayta  hosil  qiluvchidan 

foydalaniladi. U o‘zida raqamli mikrosxemalardan to‘plangan murakkab elektron sxemani  hosil 

qiladi.  

Raqamli  voltmetr,  ampermetr  va  boshqa  o‘lchash  asboblari    bir  qancha  afzaliiklarga  ega  

bo‘lib, shu  qulayliklari va afzalliklari tufayli ular vaqti kelib strelkali  o‘lchash asboblarini to‘lik 

o‘rnini egallaydi (8.1- va 8.2-rasmlar).  

Bunday  afzalliklariga    ularni  ixchamligi,  kichik  massaliligi  va  mexanik  harakatlanuvchi 

detallarni  mavjud  emasligi  kiradi,  hamda  ular  mexanik  silkinishlar  va  kuchli  vibratsiya 

sharoitlaridagi  elektrik  kattaliklarni  o‘lchashlarda  raqamli    asboblardan  foydalanishga  imkon 

beradi.      SHuningdek,    milli    asboblarni  mexanik  ta’sirdan    extiyotlash  zarur  bo‘lgan  holatda,  

elektron asboblar uncha kuchli bo‘lmagan zarbalarga kam ta’sirchan. Masalan, mexanik tizimdagi 

tebranishalar  chastotasini  o‘lchovchi    raqamli  chastotomerni  mexanizmga  bevosita  yaqin  joyga 

joylashtirish mumkin. 

  

 

8.1-rasm. Universal turdagi raqamli voltmetr. 




 

8.2-rasm. Universal turdagi raqamli ampermetr. 

Raqamli  asboblarni  joylashtirishni    muayyan  qo‘llash  sharoitlariga  bog‘liq  xolda  amalga 

oshirish  mumkin  va  asbobni  ishlashi  ularni  yo‘nalishlariga  bog‘liq  emas.  Masalan,  raqamli 

voltmetrni  gorizontal  yoki  ham  vertikal  o‘lchash    shchitida    ham,  va    raqamli  shkaladan 

ko‘rsatkichlarni  engil  va  tez    hisoblashga  imkon  beruvchi  istalgan    burchak  ostida  joylashgan 

o‘lchash shchitlariga   ham,  joylashtirish  mumkin.  Asboblar ko‘rsatkichlarini hisoblash va yozish 

qurilmasiga ham oson  etkazib beriladi va bu  operatorni ishtirokisiz, kattaliklarni o‘zgarishlarni 

avtomatik rejimda kuzatishga imkon beradi.  

Raqamli o‘lchagichlarni eng muxim xossasi  ularni  aniqlik  darajasi  hisoblanadi. O‘lchash 

xatoliklari    foizni  o‘nlardagi  va  yuzlardagi  ulushlarida  bo‘lishi  mumkin.  Milli  asboblarda  esa 

maksimal  nisbiy  hatoliklar,  yuqori    aniqlik  sinfiga  ega  bo‘lgan    o‘lchash  asboblarida  ham 

favqulotda xolatda, bir foiz atrofida va undan yukori qiymatlarga ega bo‘lishi mumkin.  

   Raqamli    ampermetr  va  voltmetrlarni    ustivorligiga  shak-shbha  yo‘q:    apparatlar  katta 

diapozondagi  namlikda,  atmosfera  bosimlarida  va  harortada  ham  ishlayveradi.  Bu  esa  raqamli 

qurilmalarni  ochiq  havoda,  er  osti  inshootlarida  va  boshqa  murakkab  atmosfera  sharoitlarida 

qo‘llashga imkon beradi.   

SHuntlar,  qo‘shimcha  qarshiliklarni  qo‘llash  -  o‘lchanayotgan  elektrik  kattaliklar 

diapozonini muhim darajada kengaytishga imkon yaratadi. Raqamli asboblar bir necha mkA dagi 

kichik toklarni hamda bir qancha o‘nlab kA gacha iste’mol qiluvchi qudratli qurilmalardagi katta 

toklarni o‘lchashga imkon beradi.  

Ushbu  yutuqlariga  qaramay  raqamli  chastotomer,  ampermetr  va  voltmetrlar  ham    ba’zi 

kamchiliklarga ega. O‘lchanadigan parametrlarni doimiy   va  tez-tez  o‘zgarishlari  holatlarida, 

mutlaq  kattalik  bo‘yicha    raqamli  asbobni    ko‘rsatkichini  hisoblashni  iloji  yo‘qdek  ko‘rinadi, 

bunday xolda o‘lchash uchun kattaliklarni tebranishlarini shkala bo‘yicha kuzatish oson bo‘lgan  

milli  asboblar qo‘llaniladi.   

Bundan tashqari raqamli  voltmetr  va ampermetrlar murakkakab elektron sxemaga ega va 

hamda  ularni    ta’mirlash  va  sozlashtirish  ancha  murakkab.  Bundan  kelib  chiqadiki,  raqamli 

o‘lchagichlarni ta’mirlash va sozlashtirish  ishlariga istak-xoxish  juda chegaralangan va maxsus 

ixtisoslashtirilgan ustaxonalarga murojaat qilishni talab etadi.    

Asboblarni  ushbu  sifatlariga  qaramay  ular  texnik  xizmat  ko‘rsatish  stansiyalarida,  ham 

ko‘chma  va  ham  statsionar  elektrostansiyalarda,  o‘lchash  laboratoriyalarida,  raqamli 

apparaturalarni ta’mirlash ustaxonalarida keng qo‘llaniladi.  


Download 332 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling