Laboratoriya ishi raqamli, elektron voltmetrlarni va
Ishonchlanayotgan nuqtalarni tanlash
Download 332 Kb. Pdf ko'rish
|
7-лаборатория иши
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mustaqil tayyorlanish uchun savollar
Ishonchlanayotgan nuqtalarni tanlash Doimiy kuchlanishdagi analogli voltmetrlar (ampermetrlar) uchun asosiy xatoliklar, ishonchlanayotgan voltmetrning o‘lchanadigan asosiy qiymatlari bo‘yicha aniqlanadi. Asosiylari sifatida butun sonlar olinadi. Qolgan boshqa oraliqlarida o‘lchash xatoliklari, shkalani yakuniy raqamli belgilari, shuningdek ilgari aniqlangan eng ijobiy va eng salbiy xatoliklari (yoki agarda barcha xatoliklar bir ishorada bo‘lsa, eng katta va eng kichik xatoliklarda) bilan aniqlanadi. O‘zgaruvchan kuchlanish uchun muljallangan V3 va V7 turidagi analogli voltmetrlar ko‘p qiymatli va keng diapozonli elektron o‘lchash vositalari hisoblanadi. SHuning uchun bunday elektron o‘lchash vositalari GOST 8.118-85 talablariga muvofiq o‘zgaruvchan kuchlanishdagi voltmetrlarni davriy ravishda qiyoslashlarda odatda o‘rnatilgan ikkita talablar asosida, ya’ni dastavval o‘lchashlarni barcha diapozondagi yakuniy raqamli belgilarini darajalash chastotasi uchun va o‘rnatilgan asosiy diapozonlarni barcha raqamli belgilari uchun xatoliklarni aniqlash lozim bo‘ladi. Keyin, yuqori samarali va yuqori chastotali o‘lchashni ta’minlashi mumkin bo‘lgan yakuniy raqamli belgilari uchun xatoliklarni aniqlash kerak bo‘ladi. O‘lchashlarni barcha oblastlarining (me’yordagi va kengaytirilgan) boshlanishi va oxiriga mos keluvchi chastotalar qiymatlarida olib boriladi. CHastotalari bir qancha kengaytirilgan oblastlarga ega bo‘lgan voltmetrlarning xatoliklarini har bir oblast bo‘yicha, yo‘l qo‘yiladigan xatoliklar chegarasi, kichik qiymatlarda bo‘lgan oraliq oblastlarini xatoliklari aniqlanmaydigan, eng chekka qiymatlarda aniqlanadi. Raqamli elektron voltmetrlar (ampermetrlar)ni qiyoslashning xususiyati bu - o‘lchanayotgan kuchlanishning hisoblashni diskretligidadir. Raqamli voltmetrlar uchun ham asosiy xatolik va ham chastotalarni ishchi diapozonidagi xatoliklarni (vaqtinchalik oraliqlarda- imulsli voltmetrlar uchun), quyidagi ko‘rsatkichlardagi asosiy diapazon o‘lchashlarda aniqlashlar tavsiya qilinadi: . A 0 , 1 9 , 0 X ; A 8 , 0 7 , 0 X ; A 6 , 0 4 , 0 X ; A 3 , 0 2 , 0 X ; A 2 , 0 1 , 0 X пр 5 пр 4 пр 3 пр 2 пр 1 Qolgan ost diapozondagi o‘lchashlar hatoliklarini X 1 va X
5 ko‘rsatkichlarda, shuningdek musbat va manfiy xatoliklarni yo‘l qo‘yiladigan qiymatlari chegaralariga ancha yaqin olingan ko‘rsatkichlarda tekshirish kerak. Doimiy tokni raqamli voltmetrlarda o‘lchashlar, kiruvchi kuchlanishni ikki qutblilik sharoitda o‘tkaziladi. Bunda manfiy qutblikda asosiy xatolik asosiy o‘lchash diapozonidagi uchta nuqtada (boshlang‘ich, o‘rta va oxirgi), hamda har bir qo‘shimcha diapozondagi bitta nuqta (diapozon oxiri) uchun aniqlanadi.O‘garuvchan tokni raqamli voltmetrlarda o‘lchash, asosiy dapozonni 0,25(fmin + fmax); 0,5(fmin + fmax); 0,25(fmin + 3fmax) chastotalarda amalga oshiriladi; qo‘shimcha diapozonlar uchun esa - fmin va fmax nuqtalarda olib boriladi. Mustaqil tayyorlanish uchun savollar 1. Analogli va raqamli elektr o‘lchash asboblarini tuzilishidagi farqlarni aytib bering? 2. Raqamli elektr o‘lchash asboblarini kamchiliklari ko‘rsatib bering? 3. Raqamli elektr o‘lchash asboblarini afzalliklari nimalardan iborat? 4. Zamonaviy ishlab-chiqarishda raqamli asboblarni ahamiyati?
Download 332 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling