Laboratoriya ishi shifrator 1-qism Ishning maqsadi
Download 271.64 Kb.
|
2 5226955244813944981
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.3. Qisqacha ma’lumot
- S H IFRATOR 2-qism Ishning maqsadi: “
- Hisobot tarkibi
- LABORATORIYA ISHI DES H IFRATOR 1-qism 1.1. Ishning maqsadi
LABORATORIYA ISHI SHIFRATOR 1-qism 1.1.Ishning maqsadi: “10 dan 4 ga”shifrator va “4 dan 2 ga”shifrator kombinatsion mantiqiy sxemalari ishini o‘rganish. 1.2.Uslubiy ko‘rsatmalar1.Shifratorni 10.5-rasmda ko‘rsatilgandek tashqi zanjirga ulang. №7 oyoqchani umumiy shinaga, №14 oyoqchani E4=5V manbaga ulang. 2. 10.2.jadval asosida, eksperiment yo‘li bilan shifratorning haqiqiylik jadvalini tekshiring.
Shifrator m ta kirish va n ta chiqishga ega bo‘lib, kirishlardan biriga berilgan signalni chiqishda n – razryadli parallel kodga o‘zgartiradi. Bu LABORATORIYA ISHIda shifrator 10dan 4ga shifratorda 0...9 sonlarini ikkilik-o‘nlik kodiga o‘tishi o‘rganiladi. Agar shifrator n ta chiqishga ega bo‘lsa, u holda uning kirishlari soni 2ndan kam bo‘lmasligi kerak. Agar m=2n munosabat bajarilsa shifrator to‘liq, agar m<2n bo‘lsa, u to‘liq emas deb ataladi. Bunda shifrator quyidagi vazifani bajaradi: berilgan kirishdagi signalni ikkilik ekvivalentini chiqishda uzatadi. (masalan kirish 9 signali berilgan bo‘lsa, chiqishda 1001 ikkilik signal hosil bo‘ladi). Bu tipdagi shifratordan boshqaruv pultida klavish yordamida o‘nlik sonni kiritishda foydalaniladi. Bunda sonlarning ikkili-o‘nlik o‘zgarishi “10dan 4ga” kombinatsion shifrator yordamida amalga oshadi. Klavish bosilganda kalit 10 kirishning birida kalit yopiladi va chiqishda shu signalga ekvivalent bo‘lgan ikkilik signal hosil bo‘ladi, bunda signalga ega klavish Xi=1, signalga ega bo‘lmagan klavish chiqishda Xi=0 ga teng bo‘ladi. 10.1.jadvalda “10 dan 4 ga” shifratorning haqiqiylik jadvali keltirilgan.
10.1-rasm.MSKM 155 LL1 sokolyovkasi Jadval10.1.
Jadvaldan shifrator ishini ko‘rsatuvchi quyidagi FAL kelib chiqadi:. Q3= X8+X9 Q2=X4+X5+X6+X7 (10.1) Q1=X2+X3+X6+X7 Q0=X1+X3+X5+X7+X9 (10.1.) formuladan ko‘rinib turibdiki, “10 dan 4 ga” shifrator qurish uchun to‘rtta diz’yunktordan foydalaniladi.Yuqoridagi algebraik ko‘rinishdan kelib chiqqan holda quyidagi kombinatsion sxemaga ega bo‘lamiz.(10.2rasm). 10.2-rasm. “10 dan 4 ga” shifrator blok- sxemasi. «10 dan 4 ga» shifrator sanoatda KM555IV1,K555IV3 va boshqa korinishda ishlab chiqarilgan. SHIFRATOR 2-qism Ishning maqsadi: “10 dan 4 ga”shifrator va “4 dan 2 ga” shifrator kombinatsion mantiqiy sxemalari ishini o‘rganish. Bu laboratoriya ishida minimal bazis yordamida “4 dan 2 ga” sodda shifrator sxemasini yig‘ish taklif etiladi. “4 dan 2 ga” sodda shifrator haqiqiylik jadvali 10.2.jadvalda keltirilgan. Jadval.10.2.
10.2. jadval asosida shifrator FAL tizimi quyidagi formula orqali ifodalanadi: Q0=X1+X3 Q1=X2+X3 (10.2) (10.2)dan kelib chiqqan holda “4 dan 2 ga” sodda shifrator blok sxemasi 10.3-rasmda ko‘rsatilgan. 10.3-rasm. “4 dan 2 ga” sodda shifrator blok-sxemasi Blok sxemadan ko‘rinib turibdiki, shifratorni yaratish uchun ikkita ikki kirishli diz’yunktor kerak bo‘ladi.. KM155LL1 mikrosxemasi 4 ta ikki kirishli diz’yunktorga ega. 10.4- rasmda KM155LL1 mikrosxema sokolyovkasi berilgan. 10.4-rasm. KM 155 LL1mikrosxema sokolyovkasi. 10.5-rasmda KM155LL1 mikrosxemasi asosida “4 dan 2 ga” sodda shifrator o‘rganish uchun elektr sxemasiberilgan. 10.5-rasm. Sodda shifratorni olchash uchun prinsipial sxema Hisobot tarkibi 1. Laboratoriya ishining nomi va uni bajarishdan maqsad. 2. Prinsipial sxemalari. 3. Har bir bajarilgan ish va natijalar (jadval, grafik va boshqalar). 4. Xulosa.
1.Shifratorni asosiy qo‘llanish sohasi. 2.Qanday shifrator to‘liqshifrator deyiladi. 3. Qanday shifrator to‘liq emas shifrator deyiladi. LABORATORIYA ISHI DESHIFRATOR 1-qism 1.1. Ishning maqsadi: Boshqarish indikatori o‘nlik deshifratorni ishlash prinsipi va mantiqiy sxemasini o‘rganish. Download 271.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling