Laboratoriya ishi tarmoq qurilmalarida dastlabki xavfsizlik


Download 1.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/20
Sana19.06.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1608362
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20
Bog'liq
1-amaliy

Amaliy qism 
Windows OS da Ethernet adapterining MAC-manzilini 
ipconfig /all buyrug`i yordamida aniqlanadi. Quyidagi 2.2-rasmga 
kompyuterning 
MAC-manzili 
00-18-DE-C7-F3-FB 
ko`rinishda 
keltirilgan. 
2.2-rasm. Kompyuter qurilmasining MAC-manzilini ko`rish. 


25 
Kommutator qurilmasining MAC-manzillar jadvalini ko`rish 
uchun show mac-address-table buyrug`i qoʻllaniladi (2.3-rasm).
2.3-rasm. Kommutator qurilmasining MAC-manzilini ko`rish 
Kommutatorni himoya qilishning oddiy usullaridan biri bu – 
ishlatilmayotgan portlarni o`chirib qo`yish hisoblanadi. 
Ishlatilmayotgan portlarni o`chirish. Ishlatilmayotgan portlarni 
o`chirish – bu ko`pchilik administratorlar foydalanadigan, tarmoqni 
ruxsatsiz kirishdan himoya qilishda oddiy usullardan biri. Masalan, 
agar Catalyst 2960 kommutatori 24 ta portga ega va unda 3 ta 
FastEthernet 
portlari 
ishlatilayotgan 
bo`lsa, 
qolgan 
21 
ta 
ishlatilmayotgan portlarni o`chirib qo`yish tavsiya etiladi. Buni 
amalga oshirish uchun har bir ishlatilmayotgan portga alohida 
kiritiladi va o`chirib qo`yish buyrug`i beriladi: Cisco IOSda shutdown 
Sw1(config)#interface range fastEthernet 0/5-24 
Sw1(config-if-range)#shutdown 
Agar keyinchalik portlarni yana ishga tushurish kerak bo`lsa, 
no shutdown buyrug`idan foydalaniladi: 
Sw1(config)#interface range fastEthernet 0/5-24 
Sw1(config-if-range)#no shutdown 
Cisco kommutatorlarida Port-security 
Port-securityni sozlash. Port-security interfeysni sozlash 
kommutatorning port rejimlar orqali amalga oshiriladi. Ko`pchilik 
Cisco kommutatorlarida portlar odatda dynamic auto rejimida turadi, 
ushbu rejim port-security funksiyasiga to`g`ri kelmaydi. Shuning 
uchun interfeysni trunk yoki access rejimiga o`tkazish kerak: 


26 
switch(config-if)# switchport mode  
Interfeysda port securityni ishga tushurish: 
switch(config-if)# switchport port-security
Xavfsiz MAC-manzillarni sozlash. Manzillarni dinamik saqlash 
(sticky) buyrug`i orqali ishga tushurish: 
switch(config-if)# switchport port-security mac-address sticky
Agar manzillarni statik tarzda kiritish kerak bo`lsa sticky 
buyrug`i o`rniga manzillar yoziladi:
switch (config) # interface ethernet 0/1 
switch (config-if) # switchport port-security mac-адрес 0050.3e8d.6400 
Xavfsiz MAC-manzillarning maksimal soni. switchport port-
security maximum N – bu bir vaqtda N sonli MAC-manzillar 
interfeysda ishlashini anglatadi.
Masalan: 
switch(config)# interface Fastethernet0/3 
switch(config-if)# switchport mode access 
switch(config-if)# switchport port-security maximum 3 
switch(config-if)# switchport port-security
Xavfsizlik buzilishiga javob berish (реагирование) rejimini 
sozlash 
Xavfsizlik buzilishiga javob berishning uchta usuli mavjud: 
switch(config-if)# switchport port-security violation 
shutdown>
switchport port-security violation restrictbuzilishga javob 
berish rjimini ko`rsatish. Bunda, agar interfeysda uchinchi notanish 
MAC-manzil paydo bo`lsa, undan keluvchi barcha paketlar qabul 


27 
qilinmaydi. Undan tashqari syslog, SNMP trap, violetion counter 
ka`bi jurnallashtiruvchilarga xabar jo`natiladi. 
switchport port-security violation shutdown - buzilish 
aniqlanganda interfeysni error-disabled holatiga o`tkazadi va 
o`chiradi. Undan tashqari syslog, SNMP trap, violetion counter ka`bi 
jurnallashtiruvchilarga xabar jo`natiladi. Ushbu holatdan chiqarish 
uchun shutdown va no shutdown buyruqlaridan foydalaniladi.
Agar interfeysga switchport port-security violation protect 
buyrug`i kiritilgan bo`lsa, unda notanish MAC-manzil paketlari qabul 
qilinmaydi va xech qanday xabar yaratilmaydi, hamda port shutdown 
holatiga o`tmaydi. 
Ushbu usullardan switchport port-security violation restrict 
ko`pchilik hollarda tavsiya etiladi. 
MAC-manzillar jadvalini tozalash.Boshqa qurilmalar ulanishi 
uchun MAC-manzillar jadvalini tozalash: 
switch# clear port-security [all|configured|dynamic|sticky] [address 
|interface
]: 
switch #clear port-security all
switch #clear port-security configured
switch #clear port-security dynamic
switch #clear port-security sticky 
Port-security sozlanishlari haqidagi ma’lumotlarni ko`rish 
switch# show port-security 
switch# show port-security interface fa0/3 
switch# show port-security address 

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling